Aim.uz
Marketing tadqiqotlari va ularning uslubiy asoslari
Bozor sharoitida korxonalar, xaridorlarning talablari asosida o‘z mahsulot turlari va xizmatlarini tashkil etishlari, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishlari, mahsulotning «hayotiy jarayoni»ga asoslanib, korxonaning faoliyat yo‘nalishini aniqlashlari, o‘z firma uslublarini ishlab chiqishlari shart va hokazo. Bunday vazifalarni so‘nggi vaqtlarda qiziqishlarga sabab bo‘layotgan marketing tadqiqotlari majlisini o‘tkazmasdan hal etib bo‘lmaydi.
O‘zbekistondagi korxona va firmalar ham marketing tadqiqotlari o‘tkazishmoqda. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan yirik qo‘shma korxonalar marketing tadqiqotlarni bosh mahkama rahbarligida, boshqa korxonalar esa mustaqil ravishda shunday tadqiqotlar o‘tkazadilar. Marketing tadqiqotlari quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: marketing masalalarini hal etishga to‘siq bo‘layotgan noaniqliklarni kamaytirish maqsadida ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish. Tadqiqot obyektlari sifatida bozor, raqobatchilar, xaridorlar, baho korxonaning ichki quvvatiga xizmat qiladi. Marketing tadqiqotlarini, iste’molchi, xaridor va jamoatchilikning marketing bilan kerakli mashg‘ulotlari, marketing imkoniyatlari va muammolarini aniqlashga va ajratib olishga, harakatlarni baholash, takomillashtirish va ishlab chiqarish, marketing faoliyati natijalarini kuzatish, shuningdek, marketingni boshqarish jarayonini yaxshiroq tushunishga xizmat qiladi.
Tadqiqotlarning asosiy faoliyati favqulodda va umumiy o‘rganishdan boshlanib, sotib oluvchi va xaridor talabini qondirish darajasini aniqlash bilan tugatiladi.
Marketing tadqiqotlar bu firma faoliyati bilan bog‘liq ma’ruzalar majmuyini doimiy aniqlash, ularni to‘plash, tahlil qilish va natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlashdir (1-rasm).
Shuningdek, marketing tadqiqotlari uzoq davom etuvchi jarayon hamdir, shunday bo‘lsa-da, ularni kichik firma va savdo-sotiq bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar ham olib borishadi, vaholanki, ular nazariy jihatdan yirik kompaniyalar ekspertlari tomonidan qo‘llaniladigan murakkab tadqiqot usullariga qaraganda kamroq, arzon va sodda usullardan foydalanishni afzal ko‘radilar. Yirik firma marketing tadqiqotlarini o‘z kuchi bilan olib boradi. Kichik firma bu maqsad uchun ixtisoslashgan firmani yollashi mumkin. Korxonaning marketing faoliyatini tayyorlash va amalga oshirishda foydalaniladigan ishlanmalar marketing tadqiqotlarining aniq natijalari bo‘lib hisoblanadi.
Vazifalarni belgilash. Firma oldida turgan muammolarni aniqlash
Marketing izlanishi maqsadlarini aniqlash
Axborot to’plash va klassifikatsiyalash
To’rlangan ma’lumotlarni tahlil etish
10-rasm. Marketing izlanish tartibi.
Kerakli tavsiyalarni bermoq
Marketing uslubiy asoslari tahlili axborotli usullardan, shuningdek o‘zaro bog‘liq turli sohadagi bilimlardan foydalanishdan iboratdir. Marketing tadqiqotlari umumiy tarzda qilingan bozor raqobatlari qoidalariga, shuningdek, me’yorga muvofiq, umumiy tarzda qilingan bozor raqobatlari qoidalariga, shuningdek, me’yorga muvofiq, umumiy ilmiy usullarga asoslangan holda olib borilishi zarur.
Ilmiy, tahlil - axborot usullaridan keng foydalangan tadqiqotchilar bozorni, shuningdek korxonaning ichki quvvatini o‘rganadilar. Mahalliy vosita va dala tadqiqotlari, shuningdek, turli manbalardan olingan ma’lumotlar to‘plami marketing tadqiqotlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Har qanday marketing tadqiqotining muvaffaqiyati pirovardida unga nisbatan jamiyatda paydo bo‘lgan ishonchga bog‘liq ekan, tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchi, vositachi, keng iste’molchilar ommasining talabi, qarashlari, tabiati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Marketing tadqiqotlari qoidalari va usullariga suyangan holda tadqiqotchilarga muayyan talablarni qo‘yadi. Tadqiqotchi belgilangan dalillar sharhiga ta’sir ko‘rsatmaslik uchun holis bo‘lishi va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. Shu bilan birga, har qanday qilinayotgan uslubning mukammal emasligini sezgan holda, bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘tkazib yubormaslik uchun tadqiqotlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanib, o‘z ma’lumotlarining xatoligi darajasini ham ko‘rsatish kerak.
Marketing tadqiqotining tartibi alohida ketma-ket harakatlar majmuyidan iborat.
Asosiy holatini aniqlash.
-
Tadqiqot yo‘nalishini ishlab chiqish.
-
Umumiy holatni aniqlash.
-
Muammolarning qo‘yilishi.
-
Ishchi fikrni hosil qilish.
-
Ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash.
-
Empirik ma’lumotlarni olish va tahlil qilish.
-
Ishchi qurollarni ishlab chiqish.
-
Ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlab chiqish.
-
Asosiy xulosalarni shakllantirish va tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish.
-
Xulosalar va tavsiyalarni ishlab chiqish.
-
Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish.
Marketing tadqiqotlari yo‘nalishi tadqiqot buyumining mazmunini to‘laligicha aniqlashni, umumiy qo‘yiladigan vazifaning tadqiqot fikri chegarasida bo‘lishini, tadqiqotning birinchi ko‘zlangan maqsad va muammolarni ishlab chiqishni, ishchi fikrlarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
Hosil bo‘lgan bozorning holatiga qarab tadqiqotning maqsadi aniqlashtiriladi. Bu vazifaning umumiy qo‘yilishi. U korxonaning marketing ish faoliyatidan kelib chiqadi va boshqaruv qarorini qabul qilishdagi noaniqlik darajasini pasaytirishga qaratiladi.
Marketing tadqiqotlari muammoni aniqlash va hal qilishga yo‘naltirilgandir. Shu bilan birga, bunday tadqiqotlar muammosi mahsulot turlari va uning iste’mol qilinishi, bozorning to‘lalik darajasi, harakatidan paydo bo‘lishi mumkin.
Muammo qo‘yilishidagi bosqichda marketolog va tadqiqotchi uzviy bog‘liqlikda ishlashi lozim. Marketolog qarorni qabul qilish uchun qanday ma’lumot kerakligini yaxshi tushunadi, tadqiqotchi esa marketing tadqiqotini olib borish sohasida va ma’lumotlarni olish usuli bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi.
Marketing tadqiqotining loyihasini quyida keltirilgan uch maqsaddan birini o‘z ichiga oladi: qidiruv tadqiqoti, muammoni aniqlashda va aniq fikrni oldinga surishda yordam beruvchi, oldindan olingan marketing ma’lumotlarni saralashni o‘z ichiga oladi.
Tasvirni, tadqiqot - marketing muammolarini aniqlash holatlari va bozorlar potensialini yoki iste’molchilarning qarashlari demografik tavsiyanomalarni aniqlash uchun o‘tkaziladigan marketing tadqiqotidir yoki sabab, tekshiruv, bog‘liqlik tadqiqoti - tekshiruv munosabatlari haqidagi ishchi fikrini tekshirishdagi marketing tadqiqoti hisoblanadi.
Marketing tadqiqotining ishchi fikri ko‘rib chiqiladigan, o‘ziga xos tadqiqot muammosini hal qilishga doir algoritmlarni o‘z ichiga oladi. Ishchi fikrining ishlab chiqilishi keyingi tadqiqot poydevorini yaratuvchi murakkab ijodiy jarayondir. U butun ishlanmaning asosiy yo‘nalishi va tuzilishini tiklashga yordam beradi. Ishchi fikri quyidagilarni ta’minlashi kerak: ishonchlilik, fikr va muammoning uzviy bog‘liqligi, oldindan ayta bilish ya’ni, empirik ma’lumotlar yordamida uni tekshirish mumkinligi, shuningdek, rasmiylashtirishning mumkinligi asosiy taxminlarni, nafaqat, so‘z bilan, balki bevosita bog‘liqliq bo‘lgan iqtisodiy matematik tuzilishlar yordamida ifodalashning mumkinligi.
Marketing tadqiqotidagi keng yoyilgan yo‘nalish - bozor tadqiqotidir, qaysiki u korxona ish faoliyatini aniqlash uchun bozor holatlari haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadida o‘tkaziladi.
Iste’molchi mahsulotni tanlashda qo‘llaydigan butun undovchi omillar majmuyini aniqlash va tahlil qilish uchun iste’molchilarning tadqiqoti o‘tkaziladi. Raqobatchilar tadqiqotining asosiy vazifasi bozordagi raqobat ustunligini ta’minlash uchun kerakli ma’lumotlar olish hamda mumkin bo‘lgan raqobatchilar bilan hamkorlik va kooperatsiyani topishdan iborat.
Bozorda firma tuzilishini o‘rganish mumkin bo‘lgan vositachilar haqida kerakli ma’lumotlar olish maqsadida o‘tkaziladi, qaysiki ular yordamida korxona tanlagan bozoriga kirishi mumkin. Mahsulot tadqiqotidan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘nalishi mahsulot sifati hamda raqobatbardoshligining mos kelishini aniqlashdir.
Yakka mahsulotlar va raqobatda turgan mahsulotlar talab darajasi iste’molchilarning yangi mahsulotga munosabati, mahsulot assortimenti, qadoqlash, servis darajasi, mahsulotning qonun normalari va qoidalariga mos kelishi, iste’molchilarning aniq talablari marketing tadqiqoti obyekti hisoblanadi.
Oz harakatda ko‘proq daromad olish darajasi ham xos kelishini aniqlash, narx tadqiqoti asosida bo‘lishi mumkin.
Mahsulotni iste’molchiga zudlik bilan yetkazish va uni sotishning yo‘llari, yo‘nalishi va mablag‘larini aniqlash uchun mahsulot harakatlanishi va sotuvchi tadqiqoti o‘tkaziladi.
Marketing tadqiqotining asosiy yo‘nalishlaridan yana biri - qanday, qachon va qay yo‘l bilan mahsulotlarga qiziqishni orttirish, reklama tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish, mahsulot ishlab chiqaruvchining bozordagi obro‘sini oshirishni aniqlashga yordam beruvchi reklamalar va tizimlar tadqiqotidir.
Ichki muhit tadqiqoti tashqi va ichki muhitlar omillarini solishtirish natijasida korxonaning raqobatbardoshlik darajasini aniqlashni qamrab oladi. U tadqiqotchilik jarayonining asosi bo‘lib, tadqiqotning muammo va maqsadlarini tuzish hisoblanadi. Marketingning tadqiqoti jarayonida bozorlarning imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Marketing tadqiqotlarining mohiyati mavjud mahsulotning yetkazilishi, ya’ni bozorlarda ham imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishda, bozor chegaralarining uzoq muddatga mo‘ljallab kengaytirilganligida mahsulotlarni ishlab chiqarishda, yangi va eski mahsulotlarning bozordagi modifikatsiyasini kengaytirishda ko‘rinadi. Marketing tadqiqotini o‘tkazish natijasida mahsulotlarni yetkazishni yaxshilash imkoniyatlari sof foydaning ko‘tarilishidagi firma maqsad va resurslari qo‘llanilishida aniqlanadi.
Maqsadli bozor tanlovi aniq bir mahsulotga talabni belgilash, bozor segmentlarini saralash va mahsulotning bozorda o‘z o‘rnini egallashini ko‘zda tutadi. Bunda yetkazib beruvchilar, aloqachilar va raqobatchilar o‘rtasidagi munosabatlar hisobga olinishi kerak. Natijada firmaning qanday mahsulot ishlab chiqarishi, uni qayerda, qanday xaridorga sotishini aniqlab olinadi.
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bir qator mahsulotlar taxminlarini, ularning narxlarini tarqatish yo‘llarini va xaridorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘tkazishni maqsad qilib qo‘yadi. Xizmat alohida ishlab chiqilgan rejaga binoan, mukammal o‘ylab topilgan ishni tashkil qilish va tuzish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Marketingni boshqarish jarayoni aniq qurshovda uning muhitida amalga oshadi. Bu muhitning tashkil etuvchi asosan firma, uning yetkazib beruvchilari, vositachilari, xaridorlari, raqobatchilari va aloqa auditoriyalaridir ya’ni odamlarning har qanday guruhi firmaning ishlariga qiziquvchi va aniq bir ta’sir etuvchi shaxslardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |