- 2020-yilda zamonaviy fizika fanining eng yirik namoyondalaridan bo‘lgan mashhur olim – Dayson Frimen vafot etdi. Beqiyos tasavvur potensialiga ega bo‘lgan ushbu shaxsni ilmiy-ommabop nashrlarda ko‘p bora tilga olingan “Dayson sferasi” tushunchasi orqali ko‘pchilik yaxshi taniydi.
- Dayson sferasi bu shunday xayoliy megastruktura bo‘lib, unga ko‘ra, qandaydir favqulodda o‘ta taraqqiy etgan giper-ilg‘or sivilizatsiya o‘zining o‘ta zamonaviy narsalari uchun zarur bo‘lgan energiya ehtiyojlari uchun o‘zining markaziy yulduzi energiyasidan to‘liq yuz foiz foydalana oladi deb qaraladi. Hozircha astronomlar bizning galaktikamizda ham, boshqa galaktikalarda ham birorta Dayson sferasini aniqlamadi. Lekin Frimenning orzusi hali barhayot.
- Bu gap haqiqat bo‘lib chiqishi uchun juda kuchlilik qilardi: jahannam singari muhitga ega bo‘lgan Venerada bulutlarining yuqori qatlamlarida hayot mavjud bo‘lishi ehtimoli haqidagi qat’iy tasdiqlar yuzaga chiqayotgandi. Gap, Yer sharoitida anaerob bakteriyalar tomonidan chiqariladigan va o‘ziga xos qo‘lansa hidga ega bo‘lgan kimyoviy modda – fosfin haqida borayotgandi.
- Olimlarning mulohazalariga ko‘ra, Venerada aniqlanganchalik miqdordagi fosfinni ishlab chiqarilishi uchun havoda uchib yuruvchi mikroorganizmlarning katta populyatsiyasi mavjud bo‘lishi lozim deb o‘ylangandi. Lekin keyingi tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Venera atmosferasida kuzatilayotgan fosfin miqdori, aslida, olimlar o‘ylaganidan ancha oz ekan. Ba’zi tahlil namunalarida esa hatto fosfin mavjudligi ehtimoli inkor etildi ham va buni sistema xatoligi bo‘lgani aytildi.
- FRB – tezkor radiochaqnashlar bo‘lib, ushbu qiziq va yuqori energiyali signallarning manbayi astronomlar uchun bir necha o‘n yillardan beri jumboq bo‘lib kelayotgandi. FRB – bu juda tezkor va katta quvvatli radiosignallar bo‘lib, chastotasi keskin sakrashlar bilan o‘zgarib turadi va osmonning har turli taraflaridan kelishi mumkin. Shu sababli, bunday signallarning manbasini aniqlash juda mushkul.
- Va nihoyat, 2020-yilda astronomlarga bu borada omad kulib boqdi. Ular o‘zimizning shundoqqina orqa kosmik ko‘chamizda FRB radiosignallari manbasini aniqladi. Keyingi kuzatuvlar esa ushbu signallar manbasini ko‘rsatib ham berdi. U fanda magnetar deb nomlanadigan, o‘ta kuchli magnitlangan yulduzning yadrosi ekan. Aftidan, magnetarlar ba’zi-ba’zida o‘zida tutib turgan energiyaning o‘ta katta miqdorini sochib yuboradi va shu jarayonni biz Yerdan turib, radionurlanishlarning tezkor chaqnashi sifatida ko‘rar ekanmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |