Eksperimental usul boshqa tadqiqot usullari biror sababga ko‘ra qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan hollarda tadqiqotning asosiy usuli hisoblanadi. Bu usuldan ko‘pincha boshqa usullar bilan olingan natijalarning qay darajada to‘g‘riligini tasdiqlash uchun kriteriya sifatida foydalaniladi.
Suyuqlik va gaz mexanikasida dinamikaning bir qator masalalari siqilmaydigan va siqiluvchan suyuqliklar uchun bir o‘lchovli statsionar izentropik oqim masalalariga Bernulli tenglamasini qo‘llab yechishdan iborat. Bunga misol qilib, kanal, sharracha va quvur shaklidagi har xil oqimlarda suyuqlik va siqiluvchan gaz oqishini tekshirish, tormozlanish parametrlarini, kritik parametrlarni, maksimal tezlikni va hokazolarni aniqlash kabi amaliy masalalarni yechishga imkon beradi. Bernulli tenglamasi yordamida esa gazlarning izentropik oqishini ifodalovchi bir qator gazodinamik munosabatlar (funksiyalar) qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |