O‘rta qiymatlar usuli hammabobroq usullardan biri bo‘lib, bu usul moddaning tuzilishi haqidagi sodda farazlarning asosiy gipotezalariga tayanadi. Bunda asosiy tenglamalarni chiqarish ko‘p hollarda molekulyar-kinetik nazariyasi bilimlariga ega bo‘lishni talab qiladi. Bu usul bilan olingan tadqiqod natijalari esa «sog‘lom fikr»ga qarshi bo‘lmaydi va asoslangan bo‘lib ko‘rinadi. Bu usulning kamchiligi tadqiqot predmeti haqida ba’zi aprior farazlarga ega bo‘lish zarurligida.
O‘lchovlar tahlili usulini tadqiqotning qo‘shimcha usullaridan biri sifatida qarash mumkin va u o‘rganilayotgan mexanik jarayonlarni har tomonlama bilishni taklif etadi.
Analog usuli o‘rganilayotgan mexanik jarayon kabi moddaning o‘zaro ta’sirlashish turiga oid mukammal o‘rganilgan jarayonlar bor bo‘lganda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |