O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi
3-kurs 18.12-guruh talabasi
Ortiqov Xushruzning
“Fizika o’qitish metodikasi” fanidan
Turli mutaxassisliklarga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida va ijtimoiy gumanitar fanlar yo’nalishidagi akademik litseylarda .
“.GIDROSTATIKA VA GIDRODINAMIKA”
bobini o’qitishning zamonaviy metodlari haqida
K U R S I SH I
Kurs ishi rahbar: Fizika kafedrasi o’qituvchisi:
O. Dehqonova
Farg’ona-2021
MUNDARIJA
KIRISH……..………………….……………………………………………… …..3
I.BOB. SUYUQLIKNING ASOSIY FIZIK XOSSALARI VA PARAMETRLARINI O’QITISHDA INNOVATSION USULLAR………….…..7
1.1 Suyuqlikning asosiy fizik xossalari va fizika o`qitish usullari............................7
1.2 Suyuqlikning asosiy fizik xossalarini o’rgtishda interfaol metodlardan foydalanish……………………………………………………………………......13
II. BOB. GIDRODINAMIKA VA GIDROSTATIKA …………........................19
2.1 Ideal suyuqlik gidrodinamikasining tenglamalari …………….……………..20
2.2 Bosim taqsimotining gidrostatik qonuni va Paskal qonunining tadbiqlari..................................................................................................................22 2.3. Bosim o‘lchagich asboblar.............................................................................29
X U L O S A ………………………………………….…………………………..32
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………….….34
K I R I S H
Jismoniy va ma`naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlari-mizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir !
Shavkat Mirziyoyev
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Suyuqliklar mexanikasida «gidrodinamika» tushunchasi juda keng ma’noda ishlatiladi. Ushbu bobda bu tushuncha o‘zining klassik nuqtai nazarida ishlatiladi. Unda, suyuqlik harakatini yuzaga keltiruvchi sabablarni hisobga olmay suyuqlik oqimi o‘rganilgan kinematikadan farqli ravishda, harakatning o‘zi ham va uning paydo bo‘lishiga olib keluvchi sabablari ham o‘rganiladi. Suyuqlikning harakati kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. Agar bosim – bu kuchning yuzaga nisbati ekanligini e’tiborga olsak, u holda suyuqlik zarrachalarining biror tezlik bilan harakati paydo bo‘lishiga bosimlar farqi sabab bo‘ladi deyish mumkin. Shunday qilib, suyuqlik oqimini hisoblash uchun nuqtadagi bosimni suyuqlik zarrachasi tezligi bilan bog‘lovchi tenglama zarur bo‘lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |