O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
‘‘FIZIKA-TEXNIKA’’ FAKULTETI
«FIZIKA» KAFEDRASI
« Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi » fani bo’yicha tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Yadro fizikasining tibbiyotda qo’llanilishi. Pozitron emission tomografiya. Yadro magnit rezonans
Bajardi: 19.11-guruh talabasi SH. Alijonov
Rahbar: J. Roziqov
Farg`ona -2022
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………
I.BOB. YADRO TIBBIYOTINING TARIXI, RIVOJLANISHI VA UNING XUSUSIYATLARI
1.1.Yadro tibbiyoti tarixi va bu sohaga hissa qo’shgan olimlar……………..
1.2. Yadro tibbiyotining qo’llanilish sohalari va inson tanasini skanerlash uskunalari.
II.BOB.YADRO MAGNIT REZONANS(YaMR) SPEKTROSKOPIYASI
2.1.Pozitron-emission tomagrafiyasi…………………………………………...
2.2.Yadro magnit rezonansning mohiyati va asosiy formulalari…………….
Xulosa……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..
KIRISH
“Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnalogiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo’lganini ko’ramiz, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi”
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi.
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:
birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi;
ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta va oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan;
uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda;
to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar to‘plami, praktikum, laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan;
beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv va ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab bo‘lmoqda;
yettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar ko‘lami yetarli darajada natijadorlikka yo‘naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida sohada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘rsatkichlari talabga javob bermaydi.
Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi muvofiq tasdiqlandi
Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilandi:
umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;
fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish to’g’risidagi dasturi qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |