Zamonaviy dars mezonlari quyidagilardan iborat:
dars о‘quvchi va talaba shaxsiga yо‘naltirilgan bо‘lib, о‘qituvchi va talabaning о‘zaro faol munosabatlariga asoslanadi;
dars jarayoni tabaqalashtirish va о‘quvchi-talabalarning shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida amalga oshiriladi;
dars о‘quvchi-talabalarning yuqori darajadagi qiziqishi, akdiy faolligi va muvaffakiyatiga erishuviga qaratiladi;
dars pedagogikaning barcha turdagi metodologik asoslaridan kelib chiqib amalga oshiriladi;
darsda beriladigan bilim mazmuniga kо‘ra, turli pedagogik usul va uslublardan foydalaniladi;
darsda nazariya va amaliyot о‘zaro bog‘likdikda talqin etiladi; .
dars sifat va samadorligini ta’min etuvchi nazorat turlarida foydalaniladi;
darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi;
dars majmu yondashuv tamoyili asosida amalga oshiriladi
Zamonaviy dars tashkil etishda о‘qituvchi uchun zarur bо‘lgan bilimlar majmui:
«О‘z oldiga yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilib olgan kishining ijtimoiy mohiyati, ya’ni о‘qituvchi-muallimlarning ijtimoiy sifatlari qanday bо‘ladi?» degan savolga quyidagicha javob qaytarish mumkin.
О‘qituvchi-muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon tala-bidan kelib chiqib, pedagogga qо‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan.
Zardо‘sht ta’limotida, «muallim — kohinlarning burchlari bolalarga bilimlarni yaxshilik yо‘sinida о‘rgatib, ularni yaxshi bilan yomonni ajratadigan qilib tarbiyalash va tо‘g‘ri yо‘lga hidoyat etishdir» deyilgan. Uning «yasht»larida aqlu farosat bilan, yomonlikka qarshi kurashni amalga oshirib, bo-lalar ruhiyatiga rost sо‘z, pok aqida, halol niyatni singdiradigan ustoz-muallimlar peshvosi madh qilinadi.
Shuningdek, «Avesto»ning «yasht»larida tanballigi, befarqligi, mas’uliyatsizligi, loqaydligi, farosatsizligi, uquvsizdigi, bilimi va malakasini takomillashtirmasligi oqibatida bolalar zehnini, ularning mustaqil tafakkurini о‘tmaslashtiradigan, ayni chog‘da, yoshlarning aqlini «zanglatadigan», hayotga, mehnatga munosabatlariii susaytiradigan, imon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’anaviy jihatdan qashshoqlashtiradigan «yomon ustozlar» qattiq qoralanadi.
Zardushtning Oliy Tangri Ahuramazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida shunday deyiladi: «Noshud yomon muallim о‘quvchi qalbidan hunarmandchilikni yо‘qotar ekan, ey Yazdon, yomon ustozdan о‘zing asra».
Talabalarga bilim berish о‘qituvchining mas’uliyatli burchidir, deb Ibn Sino о‘qituvchining shaxsiyati qanday bо‘lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
Ta’lim oluvchi bilan muomalada bosiq, jiddiy bо‘lish;
beriladigan bilimni talabalar qanday о‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish;
talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
fanga qiziqtira olish;
berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib о‘qitish;
bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
har bir sо‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasi-da bо‘lishiga erishish zarur.
Kо‘p yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar о‘qituvchi va pedagog, ya’ni о‘ziga yosh avlodni tarbiyalashni kasb qilib tanlagan inson quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bо‘lishi shart ekanini qо‘rsatdi.
Birinchidan, о‘qituvchi falsafani yaxshi bilishi shart. Chunki falsafa odamga abstrakt fikr yuritishni о‘rgatadi. О‘qituvchi sinf yoki auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur sust rivojlangan bо‘lsa, о‘zini yо‘qotib qо‘yadi. Sinf va auditoriyadagilar diqqatini о‘ziga qaratib olishi uchun, kishidaabstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bо‘lishi kerak.
Undan tashqari, falsafa dars paytida kechadigan bilish jarayonini о‘rgatadi. Bilish jarayonini, ya’ni gnesologiyani bilmagan о‘qituvchi dars о‘tishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelib, darsni amalga oshira olmaydi, oshirganda ham notо‘g‘ri dars о‘tadi.
Shu bilan bir qatorda, falsafaning asosiy qonunlari insonning barcha amaliy faoliyatida, shu jumladan, pedagogik faoliyatida ham umumiy metodologik asos vazifasini о‘taydi.
Ikkinchidan, pedagog aholi ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishni о‘ziga kasb qilib olgan ekan, pedagogikaning jamiyat hayotidagi о‘rnini, uning paydo bо‘lish tarixini yaxshi bilishi kerak. Pedagogika tarixini о‘rganish jarayonida kishi pedagogik faoliyatning insoniyat hayotidagi о‘rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillari hamda asosiy tushunchalarning shakllanish tarixini bilib oladi.
О‘qituvchi, pedagogika nazariyasini, shu jumladan, didaktikani juda yaxshi bilishi kerak. Chunki didaktika о‘qituvchini pedagogikaning nazariy asoslari bilan qurollantirib, bilim berish va uni hayotda qо‘llashga о‘rgatish jarayonini amalga oshirishning asosiy tamoyillariga amal qilishlikni ilmiy tomondan asoslab beradi. Shuningdek, pedagogikaning nazariyasi, о‘qituvchilik kasbida qо‘llaniladigan asosiy tushunchalarning ishlatilish о‘rni, qoidasi, ya’ni kategorial apparatini tushuntirib beradi.
Shu bilan bir qatorda, pedagogika kasbini tanlagan kishi, didaktika tamoyillaridan kelib chiquvchi umumiy pedagogikaning tadqiqot obyekti, predmeti va maqsadini kо‘rsatib beruvchi hamda pedagogikaga oid barcha umumiy masalalarni yechib beruvchi «Pedagogika»ni yaxshi bilishi shart. Har qanday о‘qituvchi va pedagog didaktika tamoyillariga suyanuvchi va umumiy pedagogikaning barcha qonun-qoidalaridan kelib chiquvchi xususiy pedagogikaning о‘ziga xosliklari hamda didaktika tamoyillarini о‘zi tanlab olgan xususiy fanda qо‘llashni tо‘liq bilishi kerak. Bolalarga bilim bermoqchi bо‘lgan о‘qituvchi dars berish usullarining majmuini metodikani mukammal egallab olgan bо‘lishi lozim. Dars berish usul va uslublarini bilmagan pedagog dars о‘tolmaydi. U didaktikaning barcha tamoiillariga suyangan holda, pedagogikaning qonun-qoidalarini о‘zi о‘tayotgan fanda qо‘llashni yaxshi bilishi, pedagogikada mavjud usullar ichidan о‘ziga moslarini tanlab olishi, dars jarayonida о‘z о‘rniga qо‘ya olish yо‘li bilan о‘z uslubini to’za oladigan kishi bо‘lishi lozim.
Uchinchidan, о‘qituvchi didaktika, umumiy va xususiy pedago-gika hamda metodikalardagi bilimlarni tо‘liq egallab olganidan keyin, muayyan fandan bilim berish uchun, shu fandagi bilimlarni puxta egallagan bо‘lishi shart. О‘z fani bо‘yicha bilimlarni yaxshi о‘zlashtirmagan kishi, pedagogika nazariya-si va amaliyotini qanchalik yod olgan bо‘lmasin bolalarga tо‘liq bilim bera olmaydi. О‘qituvchi о‘kitayotgan predmetini va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib о‘quvchi va talabalarga yetkaza olishi ularning shu predmetga bо‘lgan qizi-qishini oshiradi. Bu esa о‘qituvchi obrо‘sini kо‘taradi.
Tо‘rtinchidan, о‘qituvchi bilim berishni amalga oshirayotganda, muayyan yoshdagi ta’lim oluvchilar vujudida sodir bо‘layotgan fiziologik va ruhiy hodisalarni yaxshi bilishi lozim. Aks holda, о‘zini ham, bolalarni ham qiynab; dars oldiga qо‘yilgan maqsadiga yeta olmaydi. Buning uchun pedagog bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini hamda nsixolo-giya fanlaridan tо‘liq bilimga ega bо‘lishi kerak. Aks holda, bolalarning asabi bo’zilishiga sababchi bо‘lishi mumkin. Maktabda uchrab turadigan bunday hodisalar, о‘qituvchilarning bola fiziologiyasini yoki yosh psixologiyasini yaxshi bilmaganidan kelib chiqadi.
Beshinchidan, О‘zbekiston Konstitusiyasiga kо‘ra din davlat ishlariga aralashmaydi. Shunga qaramay, u ijtimoiy hayotdan chetlatilgan emas. Din kundalik hayotimizda muhim rol о‘ynab kelmoqda. Dinni yaxshi bilmagan yoshlar ba’zan diniy ta’limotga zid bо‘lgan, oilasi hamda jamiyat tinchligini bo’zuvchi turli diniy oqimlarga kirib qolmoqsalar. Ularni bu yо‘ldan qaytarib, tо‘g‘ri yо‘lga solib yuborish uchun о‘qituvchining о‘zi dinni yaxshi bilishi shart. Shuning uchun ham pedagog dinning asl maqsadi, uning qonun-qoidalarini batafsil bilmog‘i kerak. Buning uchun esa u dinshunoslik fanini о‘qigan bо‘lishi lozim.
Oltinchidan, о‘qituvchi bolalarga o`z fanidan bilim berish jarayonida, ularni muayyan jamiyat va unda olib borilayotgan siyosat bilan tanishtirib borishi shart. Shu sababli о‘qituvchi va pedagoglar siyosatshunoslik bilimlarini puxta egallab, ularni hayotda qо‘llay olishlari lozim. Endi qiqacha bо‘lsa ham siyosat tushunchasi va uni amalga oshirish yо‘llari bilan sizni tanishtirib о‘tamiz.
Yettinchidan, pedagog muayyan jamiyatda tarixan shakllangan ijtimoiy guruhlardan ham talabalarni xabardor etmog‘i lozim. Buning uchun о‘qituvchi va pedagog sotsiologiya bilimlaridan xabardor bо‘lib, ulardai pedagogik amaliyotida foydalana olishi kerak. Shuning uchun о‘qituvchi sotsiologiya fanini puxta egallagan bо‘lishi shart. Shu bilan bir qatorda, о‘qituvchi bolalarga madaniyat tо‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar berib, ularda madaniyat elementlarini shakllantirib borishi lozim. Buning uchun о‘qituvchining о‘zi madaniyatshunoslik bilimlarini egallagan va ularni pedagogik amaliyotida qо‘llay oladigan bо‘lishi kerak.
Sakkizinchidan, yosh avlodga muayyan fan bilimlarini о‘rgatuvchi pedagog, ularni axloq va odobga ham о‘rgatishi shart. Bu о‘qituvchi va pedagoglarning burch va mas’uliyatiga kiradi. Buning uchun, avvalo, о‘qituvchining о‘zi axloqiy tarbiyalangan bо‘lishi lozim. О‘qituvchining yuksak ma’naviyati, uning teran bilim doirasi, ayniqsa, О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng halqimiz tarixini, madaniyatini va urf-odatlarini chuqur bilishi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Hozirgi zamon о‘qituvchisi, ayniqsa, guruh murabbiysi milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, sinfda uning otashin targ‘ibotchisi ham bо‘lishi kerak.
О‘qituvchining asl fazilatlaridan yana biri, u kimni, qanday odamni shakllantirayotganligini tо‘liq bilibgina qolmay, о‘qitayotgan bolasi shunday ijtimoiy sifatlarga albatta ega bо‘lishiga chin dildan ishonishi kerak. Shu bilan bir qatorda, bolalarni halq pedagogikasi durdonalari bilan tanishtirib, milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalashi, nutqi ravon, tili boy bо‘lishi, ifoda usuli va tasvir vositalarining adabiy til uslubi va meyorini tо‘la egallagan bо‘lishi zarur.
О‘qituvchilik kasbiga xos bо‘lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik odob shakllantiradi. Pedagogik odob bu — о‘qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U о‘qituvchiga sabotli bо‘lish, о‘z hissiyotini idora qila olish, bolalarga pedagogik ta’sir о‘tkazish vosita va meyorini belgilash, aniqlashda yordam beradigan fazilat hisoblanadi. Yuksak pedagogik odobga ega bо‘lgan о‘qituvchigina sinfda mо‘tadil psixologik muhit о‘rnata oladi, bolalar qalbiga tez yо‘l topa oladi.
О‘z xizmati xususiyatiga kо‘ra о‘qituvchi tashkilotchilik fazilatiga ham ega bо‘lmog‘i lozim. Buning uchun о‘kptuvchi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bо‘lib, har doimgedik, g‘ayratli, о‘z kuchi va imkoniyatiga ishongan bо‘lishi kerak. Tashabbuskor va g‘ayratli о‘qituvchigina bolalarni о‘z ortidan ergashtira oladi, о‘quvchilar esa unga ergashadilar.
О‘qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning uchun uning salomatligiga ham ma’lum talablar qо‘yiladi. О‘qituvchining ovoz paychalari rivojlangan, kо‘rish qobiliyati yaxshi bо‘lishi kerak, o’zoq vaqt tikka tura olish, kо‘p yurish, epchil harakat qilish kabi fazilatlarga ega bо‘lmog‘i shart.
Tо‘qqizinchidan, ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi inson, sо‘zsiz, estetik tarbiyalangan bо‘lishi shart. Estetik tarbiyaning jamiyat taraqqiyotida naqadar muhim rol о‘ynashi hammaga ma’lum. Estetik tarbiya ma’naviy tarbiyaning muhim va tarkibiy qismi ekanini unutmaslik kerak. Estetik didning pastligi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga salbiy ta’sir о‘tkazadi. Jumladan, ba’zi yosh oilalarda iqtisodiy kamchilik tufayli emas, balki ma’naviy, asosan, estetik didning pastligidan bo’zilib ketish hollari kam emas. Tuyg‘ularning pastligi, qashshoqligi, gо‘zallikni seza bilmaslik, qadrlay olmaslik kabi omillar erxotin о‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |