1. Yangi bilimlarni egallash darsi yoki uni tushuntirish darsi ham deb yuritiladi. Bu tipdagi dars qismlarining taxminiy oylashuvi quyidagicha.
Ilgari о‘tilgan bilimlarni eslash.
Yangi bilimlar berish.
Yangi bilimning о‘zlashtirilganligini tekshirish.
Nazariyani qо‘llash namunasini kо‘rsatish.
Uyga vazifa berib, darsni yakunlash.
2. Egallangan bilim va kо‘nikmalarny mustahkamlash darsi, quyidagi elementlarni о‘z ichiga oladi:
Nazariy bilimlarni eslash.
Egallagan bilimlar bо‘yicha mashqlar qilib, kо‘nikmalarhosil qilish.
Darsni yakunlash.
Uyta vazifa berish.
3. Takrorlash darsi. Egallangan bilimlarni mustahkamlash bilan takrorlash darslari orasida ancha umumiylik mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur darslarning vazifalari va darsning ichki tuzilishiga taallukdidir. Shu bilan birga bu darslarning orasida takrorlanayotgan avvalgi darslarda material tо‘liq berilmagan, ba’zi joylari takrorlanadi. Bilgan narsasini hadeb takrorlayvermaydi. Takrorlash darslarida avvallari bilmay qolgan joylari takrorlanadi.
4. Egallagan bilimlarni umumlashtirish va bilim hamda kо‘nikmalarini takomillashtirish darsi.
Bu darsning elementlari quyidagicha:
Umumlashtiruvchi bilimga doir bilimlarni eslash.
Bilimlarni umumlashtirish va ular orasidagi funksional aloqadorlikni kо‘rsatish.
Nazariy bilimlarning о‘zlashtirilganligini tekshirish.
Bilimlarni qanday qilib umumlashtirilgan qoidasi bilan tanishtirish.
Mavzu bо‘yicha egallangan bilimlarga hosil qilgan kо‘nikmalarni takomillashtirib, malaka darajasiga yetkazish.
Darsning natijalarini yakunlash.
Uyga vazifa berish.
Egallagan bilim va kо‘nikmalarni tekshirish (kontrol) darsi.
Nazorat ishi о‘tkaziladigan darsning tuzilishi murakkab emas. О‘qituvchi topshirikdarni e’lon qiladi, о‘quvchi va talabalar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar yig‘ib olinadi. Nazorat ishining savollari va topshiriklari shunday ifodalanishi kerakki, о‘quvchilarning javoblaridan ular bilimlarni shunchaki eslab qolgani emas, balki ishning mohiyatini tushungani ham kо‘rinib turishi lozim.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamla-katlar qatoridan munosib о‘rin olish uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqgisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashini о‘zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga kо‘tarish zarur..
Hozirgi paytda zamonaviy dars tushunchasi tez-tez tilga olinmokda. Zamonaviy dars deganda — о‘qituvchi о‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga solib, rivojlanishini ta’minlaydi. О‘quvchi esa, о‘z navbatida, bilimlarni chuqur о‘zlashtiradi va kо‘-nikmasiga aylantirib, ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |