Mustaqil ta’lim mavzulari
1. Ko‘chish va yo‘l. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Tekis, notekis, tezlanuvchan, sekinlanuvchan harakat, tezlik va tezlanish, uning tashkil etuvchilari. Tortishish kuchlari.
Butun olam tortishish qonuni. Tortishish maydoni. Og‘irlik kuchi va vazn. Vaznsizlik. Kosmik tezliklar. Qattiq jismlar mexanikasi. Inersiya va kuch momentlari. Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining tenglamasi. Qattiq jism deformatsiyasi.
2. So‘nuvchi tebranishlar, ularning parametrlari Majburiy tebranishlar. Rezonans. Ultratovush. Ultratovush manbalari. Ultratovush jism bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlari. Biologik to‘qima va qattiq jismlarning mexanik xususiyatlari.
3. To‘lqinlar. To‘lqin tenglamasi. To‘lqin soni. Fazoviy va gruppaviy tezliklar. To‘lqin energiyasi oqimi. Umov vektori. Doppler effekti. Turg‘un to‘lqinlar. To‘lqinlar interferensiyasi.
4. Djoul – Tomson effekti. Farmatsiya va tibbiyotda past temperatura qo‘llanilishi. Sirt aktiv moddalar va ularning farmatsiyada qo‘llanilishi. Kapillyar bosim. Laplas formulasi. Qattiq, kristall va amorf jismlar. Biopolimerlar, umumiy xususiyatlari va tuzilishining o‘ziga xosligi.
5. Sikl. Isitish va sovitish mashinalari. Karno sikli.
6. Termodinamik potensiallar. Standart erkin energiyaning o‘zgarishi. Dissipativ funksiya va entropiya o‘sish tezligi. Statsionar holat barqarorligi va kriteriy darajasi. Prigojin tenglamasi.
7. Qattiq jismlar. Kristal va amorf qattiq jismlar. Polimerlar. Suyuq kristallar. Qattiq jism va organizm to‘qimalarining mexanikaviy xossalari.
8. Plazma xaqida tushuncha. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarda elektr toki. YArim o‘tkazgichlarni tuzilishi. Zonalar nazariyasi. r–tipidagi o‘tkazuvchanlik. n–tipidagi o‘tkazuvchanlik. Elektromagnit to‘lqinlar va ularning farmatsiya va tibbiyotda qo‘llanilishi.
9. Organik molekulalarning tebranma va aylana spektrlari. Meditsina va farmatsiyada fotolyuminession miqdor va sifat tahlillari. EPR, Xemilyuminessensiya, YAMR.
10. Turli muhitlarda elektr toki. Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar. Suyuqliklarda elektr toki. Elektrolitlar. Elektroliz. Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizni qo‘llanilishi.
11. Qon aylanish sistemalari biofizikasi. Qonning reologik va gemodinamik xarakteristikalari. Eritrotsitlar cho‘kish tezligi. Frank modeli.
12. Hujayra biofizikasi. Membrananing suyuq kristall holati. Qo‘zg‘algan membrananing ekvivalent elektrik sxemasi. Nerv impulsining tarqalishi. Elektrokinetik hodisalar.
13. Ko‘rish biofizikasi. Ko‘rishning molekulyar mexanizmi. Elektron mikroskop va ularning qo‘llanilishi.
14. Elektronlar, neytron va boshqa zarrachalar difraksiyasi. Radioaktiv emirilishlar. Nishonli atomlar, qo‘llanilishi.
15. Biosfera va fizik maydon. Atrof muhit va insonning fizik maydoni.
16. Biologik membranalar. Biologik membranalar, ularning funksiyasi va asosiy holatlari. Biolipidli membrana (BLM) modeli. Liposoma. Biomembranalar dinamikasi. Lipid molekulalarning membranadagi harakatchanligi. Lipid va oqsil molekulalarining diffuziyasi (lateral va flip-flop). Gel-suyuq kristall tipidagi lipid qo‘sh qatlamining mikroyopishqoqligi. Membranalar patologiyasi. Membranalarda fazoviy o‘tishlar.
17. Moddalar transporti. Moddalarning biologik membranalar orqali transporti. Passiv va aktiv transport. Gradient bo‘yicha va gradientga qarshi bo‘ladigan jarayonlar. Passiv transport va uning turlari: oddiy va engillashgan diffuziya, osmos, filtratsiya. Aktiv transport. Ussing tajribasi. Elektrogen ion nasoslari.18. Bioelektrik potensiallar, ularning turlari. Tinchlik potensiali. Biopotensiallarni qayd qilishning fizik usullari. Mikroelektrod usuli. Nernst-Plank tenglamasining echimi. Goldman-Xodjkin tenglamasi. Nerv impulsi biofizikasi. Harakat potensiali. O‘rganish usullari. Kuchlanishning fiksatsiya qilish usuli. Qo‘zg‘aluvchi membranalar ekvivalent elektr sxemalari. Xodjikin-Xaksli tenglamalari. Organlarning elektroaktivligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |