Fizika” fani bo’yicha



Download 12,13 Mb.
bet115/190
Sana28.06.2021
Hajmi12,13 Mb.
#103866
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190
Bog'liq
Fizika” fani bo’yicha

Kirxgof qonuni.

Issiqlik nurlanish boshqa turdagi nurlanishlardan o’zining bir xususiyati bilan keskin farqlanadi. Bu xususiyatning mohiyati quyidagidan iborat. T temperaturadagi jism qobiq bilan o’ralgan bo’lsin (1-a rasm). Qobiq issiqlik o’tkazmaydi va nurlanishni to’la qaytaruvchan ideal jismdan tayyorlangan deb faraz qilaylik. Qobiq ichidan havosini so’rib olaylik. Jism chiqargan nurlanish qobiqga tushib, undan bir yoki bir necha marta qaytgach, yana jismga tushadi. Jism esa bu nurlanishni qisman yutsa, qolgan qismini qaytaradi.

Shu tarzda jism va qobiq ichidagi nurlanish energiya almashinuvi davom etib turadi, ya’ni jism o’zining birlik yuzidan birlik vaqtda nurlanish sifatida qancha energiya chiqarsa, nurlanish yutish jarayonida xuddi shuncha energiyani qabul qiladi. Shuning uchun jismning temperaturasi o’zgarmaydi. Bu holatni muvozanatli holat deyiladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, nurlangich bilan nurlanishning muvozanatda bo’lishi faqatgina issiqlik nurlanishi sodir bo’ladigan hollardagina kuzatiladi. Shuning uchun ba’zan issiqlik nurlanishini muvozanatli nurlanish ham deb ataladi. Boshqa turdagi barcha nurlanishlar esa muvozanatsiz nurlanishlar hisoblanadi. Masalan, fosforning oksidlanish jarayonida kimyoviy reaksiya davom etgan sari nurlanayotgan jism o’zining boshlang’ich holatidan uzoqlasha boradi. Termodinamik muvozanat qobiq ichida bi remas, balki bir necha jism joylashgan hol uchun ham o’rinli bo’ladi. masalan, qobiq ichida ikkita bir xil temperaturadagi ya’ni termodinamik muvozanatdagi jism joylashgan holni muhokama qilaylik (1b-rasm). Agar shu jismlardan biri ko’proq energiya nurlantirib kamroq energiya yutayotgan bo’lsa, shu jismning temperaturasi pasayib ketishi lozim. Buning evaziga ikkinchi jism temperaturasi ortishi kerak. Binobarin, birdan – bir natijasi sovuqroq jismdan issiqroq jismga energiya uzatish bo’lgan jarayon amalga oshirilgan bo’ladi. bunday jarayonni amalga oshirish mumkin emas, chunki u termodinamikaning ikkinchi bosh qonuniga ziddir. Demak, termodinamik muvozanar holatidagi jismlar sistemasiga oid har bir jism qancha energiya nurlantirsa, shuncha nurlanish energiyasini yutadi. Jismlardan birinchisi oddiy jism, ikkinchisi esa absalyut qora jism bo’lsin. U holda birinchi jismning to’la nur chiqarish va yutish qobiliyatlarini mos ravishda eT va aT deb belgilaymiz. Ikinchi jismning nur chiqarish qobiliyati ET nur yutish qobiliyati esa1 ga teng. bu ikki jism orasida nurlanish vositasida energiya almashinuvini miqdoran muhokama qilaylik.

Bu jismlar har birining birlik yuzidan birlik vaqtda mos ravishda eT va ET energiyalar nurlanadi 1-jism 2-jism nurlantirgan energiyaning a qismini, ya’ni aT ET energiyani yutadi. Demak, 1-jism uchun energiyalar balansi eT = aT ET ( 5) munosabat bilan ifodalanadi. 2-jism esa 1-jism nurlantirgan energiyaning barcha qismini , ya’ni eT energiyani yutadi. Bundan tashqari 2-jism nurlantirgan energiyaning 1-jism qaytargan qismi, ya’ni (1-aT) ET ga teng nurlanish energiyasi ham 2-jism tomonidan yutiladi. Natijada 2-jism uchun energiya balansining ifodasi quyidagicha bo’ladi: ET=eT+(1-aT)ET (6)

(5) va (6) ifodalarning ikkalasidan ham quyidagi munosabatni keltirib chiqarsa bo’ladi:

eT/aT=ET/1=ET (7)

bu ifoda Kirxgofning integral qonunidir.: har qanday jismning muayan temperaturadagi to’la nur chiqarish va to’la nur yutish qobiliyatlarining nisbati o’zgarmas kattalik bo’lib, u ayni temperaturadagi absalyut qora jismning to’la nur chiqarish qobiliyatiga teng.

Agar ikkala jism oralig’iga faqatgina λ dan (λ+∆λ) gacha intervaldagi to’lqin uzunlikli nurlanishlarni o’tkazadigan, boshqa nurlanishlarni esa tamoman qaytaradigan fil’tr joylashtirsak, yuqoridagiga o’xshash mulohazalar asosida Krixgofning differensial qonuni eλT/aλ..T=Eλ T (8) ifoda bilan aniqlanishini isbotlash mumkin.

Kirxgof qonuni quyidagicha ta’riflanadi: ixtiyoriy jismning nur chiqarish va yutish qobiliyatlarining nisbati bu jismning tabiatga bog’liq bo’lmay, barcha jismlar uchun to’lqin uzunlik va temperaturaning universial funksiyasidir va absalyut qora jismning nur chiqarish qobiliyati Eλ ..T ga tengdir. Kirxgof qonunidan quyidagi muhim natijalar kelib chiqadi:

1. (7) va (8) ifodalardan eT=aTET

eλ.. T=aλ.. TEλ.. T (9) munosabatlar hosil bo’ladi.

Demak, ixtiyoriy jismning muayan temperaturadagi nur chiqarish qobiliyati, shu jismning nur yutish qobiliyati bilan absalyut qora jism nur chiqarish qobiliyatining ko’paytmasiga teng.

2.Oddiy jismning nur yutish qobiliyati 1 dan kichik. Shuning uchun (9) ni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:

eT < ET , e λT < E λT (10)

Demak, ixtiyoriy jismning nur chiqarish qobiliyati xuddi shu temperaturadagi absalyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatidan kichik .



  1. Agar biror λ uchun jismning nur yutish qobiliyati aλ.. T = 0 bo’lsa, (9)ga asosan eλ ..T = aλ.. T Eλ.. T = 0 bo’ladi. demak, jism biror to’lqin uzunlikli nurlanishni yutmasa, u holda bu jism xuddi shu nurlanishni butunlay nurlantirmaydi.


  1. Download 12,13 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish