Qaytgan va singan nurlarning qutblanishi. Bryuster qonuni.
Agar tekislikning ikkita dielektrikni ajratib turuvchi chegara tushish burchagi 0 ga teng bo’lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo’ladi. qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko’proq bo;ladi (3-rasm), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko’proq bo’ladi. qutblanish darajasi tushish burchagiga bog’liq. Agar tushish burchagi
tg i = n12 (3)
Shartni qanoatlantirsa (bunda n12 ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko’rsatkichi) , qaytgan nur to’la qutblangan bo’ladi. tushish burchagi ib ga teng bo’lganda singan nurning qutblanish darajasi eng katta qiymatga erishadi. Lekin bu nur faqat qisman qutblanishicha qoladi. (3) Munosabat Bryuster qonuni nomi bilan yuritiladi. i burchak Bryuster burchagi yoki to’la qutblanish burchagi deb ataladi. Yorug’lik Bryuster burchagi ostida tushganda qaytgan va singan nurlar o’zaro perpendikulyar bo’lishini tekshirib ko’rish mumkin. Qaytgan va singan nurlarning turli tushish burchaklari uchun qutblanish darajalari dielektriklarda Maksvell tenglamalarini echish yo’li bilan topiladi. Dielektriklar chegaradagi shartlarga quyidagilar kiradi. Chegaraning ikki tomonidagi E va N vektorlar potensial tashkil etuvchilarining tengligi. Natijada quyidagi formulalar hosil bo’ladi:
(A1 )┴ = (A1)·(Sin (t1 -t2)/ sin (t1 –t2)) } (A2) " = (A1)
(A2)┴ = (A1)·(2sint2·cost1/ sin(t1+t2)) }·(2sint2·cost1/sin(i1–i2)cos(i1–i2) (4)
(A1)" =(A1)" (tg(t1–t2)/ tg (t1 –t2)) }
bu erda (A1)┴ (A1)┴ (A2)┴ tegishli ravishda tushuvchi qaytgan va singan nurlar tushish tekisligi perpendikulyar tashkil etuvchilarining amplitudalaridir. (A1)" , (A1)" va (A2) " tushish tekisligiga parallel tashkil etuvchilar xuddi o’sha kattalikdir: i1 tushish burchagi, i2 sinish burchagi. Tushish burchagi kichik bo’lganda (3) formuladagi sinuslarni va tangenslarni burchaklarining o’zi bilan almashtirish mumkin
(A1)┴ = -(A1)┴(t1– t2)/(i1– i2) = - (A1)┴ (n12-1)/(n12+1)
(A2)┴ = (A1)┴(2i2/ (i1+i2))= (A1)(2/(n12-1))
(A1’)" =(A1)" (i1–i2)/( i1 +i2) = (A1)" (n12-1)/( n12+1)
(A2)" = (A1)" (2i2/(i1+ i2))= (A1)" (2/(n+1)) (5)
Qaytgan yorug’likning I1’ intensivligini ikkala tashkil etuvchilarning (I1)┴ va (I1) " intensivligining tushuvchi yorug’lik I1 intensivligiga nisbatan olib. Berilgan sirtning ρ qaytarish koeffisentini olamiz. (6) bilan muvofiq ravishda
I1’ = J((n12-1)/( n12+1)) 2
ρ = ((n12-1)/( n12 +1)) 2 (6)
I2 = n12 · J · (2/( n12 +1)) (7)
agar ikilamchi to’lqinni tarqatuvchi zaryadlaridan birini olib qarasak, zaryadning tebranishini ikkita tebranishga ajratamiz. U tebranishlardan biri tushish tezligida yuz beradi. (5-rasm). Ikkinchisi esa, bu tekislikga perpendikulyar yo’nalishda yuz beradi. Tebranishlarning har biriga yassi qutblangan ikkilamchi to’lqin mos keladi.
Tebranuvchi zaryadning nurlanish yo’nalishi bo’ladi, zaryad tebranishlar yo’nalishiga perpendikulyar yo’nalishlarda eng ko’p nurlanadi. Tebranishlar yo’nalishida zaryad nurlanmaydi. Yorug’lik to’lqin uzunligidan ko’p marta kichik zarralardan yorug’likning sochilishi vaqtida ham qutblanish yuz beradi. Sochilayotgan yorug’lik dastasi zarralarda zaryadlarning shunday tebranishlarini tug’diradiki, ularning yo’nalishi dastaga perpendikulyar tekislikda yotadi (6-rasm).
Ikkilamchi to’lqinda E vektorning tebranishlar yo’nalishi orqali o’tadigan tekislikda sodir bo’ladi. dasta bilan π /2 dan farqli burchak tashkil qiluvchi yo’nalishlarda sochilayotgan yorug’lik faqat qisman qutblangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |