Fizik fakulteti



Download 200,5 Kb.
bet10/19
Sana29.11.2022
Hajmi200,5 Kb.
#874805
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Fizik fakulteti

Kuch tushunchasi. Kuch muhim fizik kattaliklardan biri bo’lib, jismlarning o’zaro ta‘sirini xarakterlaydi. Fizik bilimlarni shakllanishida kuch tushunchasi massa, tezlanish tushunchalari bilan bog’langan. Ko’p hollarda kuch tushunchasi o‘z ma‘nosiga mos kelmaydigan atamalar qo’llaniladi. Masalan, fizikada “tok kuchi”, “elektr yurutuvchi kuch”, “yorug’lik kuchi”, “tovush kuchi”, “ruhiy kuch”, “sevgi kuchi” va hakozolar.
Ba‘zi hollarda metodik adabiyotlarda metodoligik jihatdan ma‘qul bo’lmagan ta‘rif-talqinlar uchraydi, ya‘ni kuchni go’yo mustaqil mavjud bo’lgan qandaydir narsaga o’xshatishlar, kuch harakatni o’zgartiruvchi sabab deb qarashlar, kuch tushunchasini o’zaro ta‘sir tushunchasiga qiyoslashlarga hali duch kelamiz.
Shuning uchun ham kuch tushunchasini o’quvchilar ongida singdirishda metodologik nuqtai nazardan quyidagilarga e‘tibor berish kerak bo’ladi.
1.Kuch-moddiy obektlarning o’zaro ta‘sirini sifat va miqdoriy jihatdan xarakterlovchi o’lchov.
2.Kuch-vektor fizik kattalik bo’lib, harakatni bir jismdan ikkinchisiga ko’chishning ham yo’nalishi, ham son qiymatini xarakterlaydi.
3.Kuch tushunchasi, nafaqat o’zaro ta‘sir tushunchasi boshqa ko’pgina tushunchalar (kuch momenti impuls momenti, maydon kuchlanganligi, ish quvvat va hokazo) bilan uzviy bog’langan bo’lib, bu tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
4.Kuch tushunchasi moddiy jismlar o’zaro ta‘sirining ham miqdoriy, ham sifat xarakteristkasi bo’lishi bilan birga hodisalarning yuz berish sababi bilan ham bog’liq (ya‘ni sababsiz oqibat bo’lmasligi).
5.Kuch tushunchasi chegaralangan bo’lib, harakatning mexanik shaklidan tashqari o’zaro ta‘sir va hodisalarga bu tushunchani qo’llab bo’lmaydi. (masalan, jismlarning isishi, kimyoviy jarayonlar, organi tabiatdagi hodisalar). Elektr, molekulyar, yadroviy kuchlar haqida gapirganda harakatning nomexanika shaklining aylanishi ko’zda tutiladi.
6.Kuchni o‘zaro ta‘sir bilan almashtirmaslik kerak. Kuch-bu o’zaro ta‘sir emas, balki o’zaro ta‘sirning o’lchovidir.
Dinamika qonunlarini o’qitishda jism harakatining o’zgarish sabablarini bilish o’quvchilarda dialiktik tasavvurning shakllanishida qulay zamin yaratadi. Dinamikaning asosi-Nyuton qonunlari. Inertsiya qonuni bu Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik asoslari” (1687-yil) kitobida keltirilgan harakat qonunlaridan birinchisidir. Nyutonning har bir qonuni, xususan, birinchi qonun ham mustaqil ahamiyatga ega. Ba‘zan birinchi qonun ikkinchisidan kelib chiqqan degan mulohaza ham uchratiladi. Bu mulohaza tashqi kuch ta‘sir etmaganda, F=0 bo’lganda tezlanish nolga teng, ya‘ni jism tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilaganda yoki tinch holatda bo’lishga asoslangan. Ammo, harakat birinchi qonunning ahamiyati bunga olib kelmaydi. Bu qonunni o’rganishda ma‘lum bo’lgan qiyinchilik an‘anaga aylanib qolgan ta‘riflashdir. “Agar jismga boshqa jismlar ta‘sir etmasa, u tinch turgan bo’lsa, tinch holatning to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo’lsa, o’zining to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi” deyiladi.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish