Fizik fakulteti



Download 200,5 Kb.
bet7/19
Sana29.11.2022
Hajmi200,5 Kb.
#874805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Fizik fakulteti

O’rtacha tezlik. Bu kattalik ko’chishning sodir bo’lgan vaqtiga nisbati orqali yoki jism bosib o’tgan yo’l uzunligining shu yo’lni bosib o’tish uchun ketgan vaqtga nisbatidan aniqlanadi. O’quvchilarga jism butun vaqtning birinchi yarmida 10 m/s tezlik bilan ikkinchi yarmida 20 m/s bilan harakatlangan degan shart bilan o’rtacha tezlikni tanishishni taklif qilish mumkin. Bu holda o’rtacha tezlik 15 m/s.
Oniy tezlik. Oniy tezlik tushunchasini kiritishning qiyinchiligi shundaki, bunda o’quvchilarga mavzutik tushunchalardan ham ma‘lum bo’lmagan chegaraviy o’tishdan foydalanish kerakligi bilan bog’liqligidir. Shuning uchun o’rtacha tezlik topilishi kerak bo’lgan vaqt oralig’ining cheksiz kamaytirilishi haqida gapirish o’rniga, ya‘ni benihoya kichik kattalik o’rnida juda kichik, lekin cheklangan vaqt oralig’i-fizik kichik kattalik kiritiladi. Misol tariqasida qiya tekislikdan dumalayotgan sharchaning stroboskopik suratlaridan foydalanib ikki jism orasidagi o’rtacha tezlik bir-biri bilan farq qilgani holda, bir qismda sharchaning har 0,002 sekunddan keyingi vaziyatlari tahlil qilinadi. Bu holda o’rtacha tezliklar orasidagi farq deyarli yo’qligini ko’rsatish mumkin.
Kinematikani o’rganish mexanik harakat tushunchasidan boshlanadi. Bunday harakat bir jismning boshqa jismga nisbatan vaziyatning o’zgarishi bilan aniqlanadi. Mexanik harakat, tekis harakat, notekis harakat, trayektoriya kabi tushunchalarni o’rganishdagi metodika shunday bo’lishi kerakki, darsda va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlarga imkoniyat yaratish juda muhim. O’quvchilarda kuzatishlarga, solishtirishlarga va xulosalarga qiziqishlar paydo bo’la boshlashi ular tajribalarda fizik hodisalarni topa bilishga o’rganishlari va aniq fizik tasavvurlarga tayangan holda mexanika tushunchalaridan foydalanishlari muhimdir.
Mexanik harakatning universialligi shundan iboratki, zarralardan tashkil topgan barcha moddiy jismlar harakat qiladi. Jismlarni tashkil etgan barcha zarralar doimiy harakatda bo’ladi. Mexanik harakat materiya harakatining tarkibiy qismi bo’lishi bilan birga eng murakkab shakli hisoblanadi. Nisbiylik muammosi hozirgi zamon fizikasining asosiy g’oyalaridan biridir. Nisbiylik tushunchasining shakllanishi mexanik harakatning nisbiyligidan boshlanadi. Chunki mexanikada harakatning tarektoriyasi, yo’li, tinch yoki harakat holatini baholaganda biror sanoq boshiga nisbatan baholanadi. Jismning harakati turli sanoq sistemasiga nisbatan turlicha bo’ladi. Demak, har qanday harakat har qanday tinchlik nisbiy ekan.
Kinematika bo’limini o’rganishni tugatgach, o’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Umumlashtirish uchun jadval tuzib, jadvalda to’g’ri chiziqli harakat, tekis va tekis tezlanuvchan harakatda tezlik, tezlanish, ko’chish va koordinatalarning vaqtga bog’liqligini ham analitik ham grafik usulda keltiriladi. Bilimlarni umumlashtirishda tekis va tekis tezlanuvchan harakatni taqqoslashda bunday grafiklar ustida ishlash o’quvchilar bilimini mustahkamlash nuqtai nazaridan juda foydalidir. O’rganilgan o’quv materialini jadvallar yordamida umumlashtirish bilimlarni takrorlash va chuqurlashtirishdan tashqari taqqoslash va sistemalashtirish kabi fikrlash jarayonlariga o’rganish borasida ham afzalliklarga ega.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish