Fizik fakulteti


Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g’oyalari



Download 200,5 Kb.
bet5/19
Sana29.11.2022
Hajmi200,5 Kb.
#874805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Fizik fakulteti

Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g’oyalari. Fizikadan o’rta maktabda o‘qitish uchun ajratilgan o‘quv materiali umumiy, ilmiy va metodik g‘oyalar bilan birlashtirilgan. Butun fizika kursida jumladan mexanika bo’limida fizikadan olinayotgan bilimning rivojlantira olish mantiqiga alohida ahamiyat beriladi.
VII sinf fizika darsligida keltirilgan mexanikani o’rganishdagi asosiy metodik g‘oyalardan biri-har bir yangi kiritilayotgan tushunchani shu fan hal qilishi kerak degan g‘oyani, ya‘ni mexanikaning asosiy masalasini yechishda zarurligi asoslab berilgan. Butun mexanika bo’limining mazmuni uning asosiy masalasini yechish asosida birlashtirilishi fizika kursining asosiy metodik g‘oyasini amalga oshirishga o‘quv materialini shu fanning prinsiplari, nazariyasi, asosiy ilg‘or fikrlari atrofida mujassamlashtirildi. Mexanikada kuchlarning uch turi tortishish, elastiklik va ishqalanish kuchi bir yerda o’rganiladi. Muvozanat sharti, dinamika qonunidan kelib chiqadigan natija va uning xususiy holi singarilar qaraladi.
Hamma vaqt eksperimentni o’tkazish mantiqini, natijani va undan chiqadigan xulosalarni tushuntirib berish tavsiya qilinadi. O’quvchilarda eksperiment asosida izlanayotgan yechim, fizik eksperiment-tabiatni o’rganish metodi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Mexanikadan o’quv tajribasini ko’rsatish uchun imkoniyatlar katta. Odatdagi asboblardan tashqari mexanik hodisalarni o’rganish uchun zamonaviy asboblardan harakatni stroboskopik yozish, mexanik kattaliklar (tezlik, tezlanish, kuch )ni o’lchashni elektr usuli, mexanik hodisalar va jarayonlar grafigini avtomatik ravishda yozishda foydalanish maqsadga muvofiq. Barcha texnik vositalar mexanikani eksperimental asosda o’rganishni ta‘minlaydi.
Kinematikadagi asosiy tushunchalar va jismlar harakatini o’rganish
Kinematika-mexanikaning bir bo’limi bo’lib, bunda uning asosiy masalasining bir qismi hal qilinadi. Bu bo’limda o’quvchilar butun fizika kursini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tushunchalar bilan tanishadilar. Bu tushunchalarga moddiy nuqta, koordinataviy tizim, sanoq tizimi, ko’chish, tezlik, o’rtacha va oniy tezlik, tezlanish, vektor va uning proyektsiyalari tushunchalari kiradi. Shuningdek, bu bo’limda o’quvchilar butun fizika kursini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan harakatning nisbiylik nazariyasi tushunchasi bilan tanishadilar. Ushbu mavzuda shakllantirilayotgan tushunchalar fizika kursining boshqa bo’limlarida ko’p qo’llaniladi. Shuning uchun bu tushunchalarni o’zlashtirilishi katta ahamiyatga ega.
Mexanikani o’rganish moddiy nuqta kinematikasidan boshlanadi. Mexanik harakatlarni klassifikatsiyalash uchun moddiy nuqta harakat trayektoriyasi tushunchalarini kiritish zarur. Harakat vaqtida jismning istalgan nuqtasi hosil qiladigan chizig’i trayek-toriya deyiladi, degan tushuncha murakkab emas. Bu tushuncha konkret misollar ustida oydinlashtiriladi: bo’rning doskaga qolgan izi va hokazo. Moddiy nuqta tushunchasi esa juda abstraktdir. Shuning uchun bu tushunchaning kiritilishi o’quvchilarga yetarli darajada batafsil asoslab berilishi lozim. Jismlar harakatining ba‘zi turlarini o’rganishda bu tushunchaning zarurligini va undan foydala-nishga to’g’ri kelishini tushuntirish lozim. Biz fizikaning mexanika bo’limini o’rganishda modellashtirish usulidan foydalanib ko’plab kinematik masalalarni hal etamiz. Misol uchun, jismning ilgarilanma harakatini yozishni o’rganishda uning bironta nuqtasining harakat qonunlarini bilish kifoya. Shuning uchun ham jismning ilgarilanma harakatini o’rganishda uni moddiy nuqta deb, modellashtirib tushuntirish mumkin.
O’quvchilar jism vaziyatini uning koordinatalari bo’yicha aniqlash usulini o’zlashtirib olishlari uchun ularga biron harakatlanayotgan jismning bir necha turli vaziyatini qayd etishni va tanlab olingan sanoq sistemasiga nisbatan vaziyatdagi koordinatalarini aniqlashni taklif etish lozim. Koordinata tushunchasi faqatgina biror sanoq sistemasiga nisbatan ma‘noga ega ekanligini uqtirib o’tish muhimdir. Doska bo’yicha ko’chirilayotgan bo’r, suyuqlik bilan to’ldirilgan uzun shisha naydagi havo pufagi harakatlanayotgan jism bo’lishi mumkin. Sinf doskasiga ikkita koordinatalar sistemasini chizib o’quvchilarga ularning har birida A va B jismlarning koordinatalarini aniqlashni taklif etish shu va shunga o’xshash mashqlar orqali koordinatalarning nisbiyligini o’zlashtirishga yordam berish maqsadga muvofiqdir.

Download 200,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish