Fitratning nasriy asarlari
• Fitratning ilmiy-adabiy faоliyati ham sеrmahsuldir. U o`zining ijtimоiy asarlari
bilan yangi o`zbеk fanining bir qatоr yo`nalishlariga asоs sоldi. Xususan,
Turkistоn xalqlarining bоy va qadim madaniy mеrоsini har tоmоnlama, chuqur ilmiy o`rganishni bоshlab bеrdi. Uning “Adabiyot qоidalari”, “Eski o`zbеk adabiyoti namunalari”, “Aruz haqida” kabi ilmiy kuzatishlari, Yassaviy, Umar Xayyom, Firdavsiy, Navоiy, Bеdil haqidagi maqоlalari o`zbеk adabiyotshunоsligining shakllanishida muhim rоl o`ynadi.
Fitrаt hikоyalаri
“Оq mоzоr”
“Qiyomаt”
“Qiyshiq eshоn”
“Zаyd vа Zаynаb”
“Zаhrоning
iymоni ”
“Mе’rоj”
XX asr dramaturgiyasining nodir namunalaridan bo’lib qolgan “Rahbari najot”, “Oila”, “Begijon”, “Mavludi sharif”, “Abo muslim” kabi asarlarini yozadi. U nafaqat ilmiy badiiy asarlar yozdi, balki yangi usul-jadid maktablari uchun ham darslik-qo’llanmalar joriy etdi. Masalan, “O’qu”, “Muhtasar islom tarixi” “Ona tili”, “Bitim yo’llari”kabi darsliklar yaratdi. Uning nasrdan tashqari juda ham
ko’plab she’rlari mavjud. Chunonchi, “Mirrix yulduziga”, “Ovunchoq”, “Bir oz kul”, “Shoir”, “Sharq”, “Behbudiyning sog’onasini izladim” kabi nazmdagi asarlarida olam olam ma’no yotadi. Uning aksariyat asarlarida davr-ning ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy ahvolini kuzatishimiz mumkin va mulohaza yuritishimiz mumkin.
• Buxoro Xalq Respublikasining Tashqi ishlar xalq noziri, maorif noziri
singari lavozimlardagi faoliyatida Fitratning davlat arbobi sifatidagi
fazilatlari namoyon bo‘ldi.
• Fitrat o‘zbek adabiyotini istiqlol ruhidagi ajoyib she'rlar, publitsistik
maqolalar, nasriy asarlar, dramalar hamda tilshunoslik va
adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan teran
tadqiqotlar bilan boyitdi.
• Uning «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923), «Arslon»
(1925), «Vose' qo'zg‘oloni» (1927), «Abulfayzxon» (1924),
«Shaytonning tangriga isyoni» (1924) singari dramatik asarlari
muallifga katta shuhrat keltirdi. Bulardan tashqari, Fitratning yana bir
qator dramalar yozgani ma'lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan
yoxud hozirgacha topilmagan.
Yozuvchi «Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning
bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilg‘on munozarasi»
(“Munozara”), «Hind sayyohi bayonoti», “Qiyomat” nomli nasriy
asarlarida zamonning dolzarb muammolarini yoritdi, xalqni ma'rifat va
ziyoga chorladi, yurt va yurtdoshlarining taraqqiyparvar bo‘lishlarini
orzu qildi.
• Fitratning eng buyuk orzusi Vatanni ozod, elini erkin ko‘rish edi. Bu
yo‘ldagi faoliyati va ijodi esa, mustabid tuzum maqsadlariga zid edi.
U ana shu fidoiylikning qurboni bo‘ldi.
Abdurauf fitratning ilmiy-adabiy merosi
“Fitrat” so’zining lug’aviy ma’nosini o’zbek tilining izohli lug’atidan topa
olmaysiz. “Navoiy lug’ati”da “tabiat, tug’ma tabiat, yaratilish” deb izohlangan.
Garchi bu so’z tarjimasini unchalik ko’p odam eshitmagan bo’lsada Fitratdek
adibni eshitmagan kimsa uchramasa kerak?! XIX asrning oxiri XX asrning
boshlarida yashab ijod qilgan, jadid namoyondalaridan biri bo’lmish
Abdurauf Fitrat 1886-yili Buxoro viloyatida tavallud topdi.Oilada
Abduraufdan keyin yana ikki farzand-Abdurahmon va Mahbuba bor edi.
Mahbuba 20-yillarning faollaridan bo’lib she’rlar mashq qilgan. Abdurahmon
esa 10-yillarda Kogon bosmaxonasida harf teruvchi bo’lib ishlagan. Fitrat
1909-yilda tengdoshlari qatori Turkiyaga, ya’ni Istanbulga o’qishga jo’naydi.
“Ikmoli tahsil uchun Usmonxo’ja Po’latxo’ja o’g’li, uning birodarlari: Ota
Xo’ja, Mazxar Mahzum Burxon Mahzum o’g’li, Abdurauf Fitrat, Muqimbek
Istanbulga safar qildilar. Fitrat mazkur talabalarning eng iste’dodlisi va fozili
edi”,- deb yozadi Sadriddin Ayniy.
Do'stlaringiz bilan baham: |