O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI TA’LIM VA MASOFADAN O’QITISH BO`LIMI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH: O’ZBEK TILI YO’NALISHI 4-KURS
407-guruh talabasi
XOLBOYEV SIROJIDDINNING
O’ZBEK ADABIYOTI TARIXI fanidan
“FITRATNING ADABIY MEROSI”
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: ________ F. Sultonqulova
Topshirdi: ________ S. Xolboyev
FITRATNING ADABIY MEROSI
REJA:
I.Kirish. Ma’naviy merosimiz
II.Asosiy qism:
1.Jadidchilik harakatining vujudga kelishi.
2. A.Fitratning hayot va ijod yo‘li.
3.Fitrat lirikasi
4. Fitrat- buyuk dramaturg.
III.Xulosa.
Kirish. Ma’naviy merosimiz
Biron-bir jamiyat ma’naviy inkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan ablodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho madaniy va ma’naviy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘ztaqdirining chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi.
Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr- bardoshi ma’naviy Uyg‘onishing yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan vat inch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi.
Etnik sabr-toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an’analarini, shu hududda mavjud bo‘lgan davlatchilik an’analarini avaylab qabul qilganlar.
Bugun biz tarixiy bir davrda- xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch- osoyishta hayot kechirayotgan, avvalombor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqoralik jamiyati qurish yo‘lida ulakan natijalarini qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob intilishlar bilan yahsyotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‘lda erishayogan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani- bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan bahsriy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
Hech kimga sir emaski, biz o‘qigan davrda maktabda ham oily oily o‘quv yurtlarimizda ham sobiq ittifoq tarixini o‘rganar edik. Vaholanki, osha paytda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e’tibor berish mumkin edi. Biz tarix darslarida buyuk sarkarda Amir Temur siymosida “kallakesar”, “vahshiy qonxo‘r” ,”bosqinchi” sifatida o‘rganar edik. Milliy g‘ururimiz, insoniy sh’animiz, urf- odatlarimiz toptalib, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas meroslarini yaxhsi tanimas ham edik. O‘zbekistonni dunyoning boshqa davlatlari tan olmasdi, dono, mehtankash xalqimiz esa ta’na- malomatlarni boshdan kechirdi.
O‘tgan davr mobaynida eski tuzumdan og‘ir meros bo‘lib qolgan ana shunday illatlarga, el- yurtimizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik holatlariga barham berish, ko‘hna qadriyatlarimiz, din-u diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan olijanob maqsadlarga yetishda hal qiluvchi mezon deb qarash va sgu asosda ish olib boorish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini ta’kidlash lozim.
O‘rta Osiyo muhitida jamoa, mahalla bo‘lib, bir- biraga mehr – oqibatli bo‘lib yahsaydigan insonlar, davr qanchalik o‘zgarmasin, tarix sinovidan o‘tgan o‘z qadriyatlariga sodiq bo‘lib yashsashni ma’qul ko‘rar ekan, buni zamonaviy fikrlaydigan, dunyoga teran nazar tashlaydigan odam to‘g‘ri tushunishi, tan olishi va uni xurmat bilan qabul qilishi lozim.
Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, byo‘sindirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalombor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.
Shuni aytib o‘tish joizki, ota-onalar, biz ustozlar bu masalada hushyorlikni yo‘qotmasligimiz, o‘quvchi-yoshlar tarbiyasida also beparvo bo‘lmasligimiz zarur.
Ma’naviyatimiz yuksak bo‘lishi uchun, birinchidan kishi o‘zligini anglashi kerak. Ikkinchidan, o‘tmishimizni bor holicha o‘rganishimiz zarur, ya’ni Muhammad al –Buhoriy, Iso at-Termiziy, Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Fag‘oniy, Burxoniddin al-Marg‘iloniy, Mahmud as-Zamahshariy, Ahmad Yassaviy kabi yuzlab mutafakkirlarning asarlarini o‘quvchilaga o‘rgatishimiz lozim. Uchinchidan, ma’naviyatni belgilovchi, bildiruvchi mezon, bu dunyoqarashdir. Yurtboshimiz aytganlaridek, biz o‘quvchi- yoshlarimizni g‘ururli qilib tarbiyalashimiz zarur.
Davlatimiz mustaqilikka erishgan dastlabki yillardanoq ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berib,u kelajagimizning hal qiluvchi omili ekanliigi yuksak darajada e’tirof etildi. Insonning ma’naviy dunyosini osonlikcha tuzatib bo‘lmaydi. Uni shakllantirish uchun yillar davomida sabr-toqat bilan tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish, amaliy chora- tadbirlar, hayotiy o‘zgarishlar joriy etish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |