Fitoterapiya



Download 1,95 Mb.
bet83/196
Sana10.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#441641
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   196
Bog'liq
To\'plam fitoterapiya

Gipovitaminoz V6
Vitamin V6 (piridoksin) modda almashinuvida qatnashadi. U markaziy va periferik nerv tizmning normal faoliyati uchun zarur. Ayrim fermentlar tarkibiga kiradi. Gipavitaminoz V6da nerv tizimini buzilishi (polinevritlar, paresteziya, uyqusizlik), oshqozon-ichak faoliyatini o‘z-garishi (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, stomatit, glossit), dermatit (yuz va bosh terisini yallig‘lanishi), gipoxrom anemiya (qamqonlik) yuz beradi.
Vitamin V6 turli o‘simliklarda, jonivorlar organizmida, ayniqsa, tozalanmagan boshoqli o‘simliklarda, mevalarda, go‘sht, sut mahsulotlarida, baliq jigarida bo‘ladi. Shuning bilan birga achitqida, soyada, grek yong‘og‘ida, makkajo‘xorida, sulida, petrushkada, olmada, gilosda, piyozda va boshqalar tarkibida bor.
Sintez yo‘li bilan olingan piridoksin gidroxlorid preparati gipovi-taminozda tavsiya etilishi bilan birga yuqorida keltirilgan o‘simlik va go‘sht sut mahsulotlari va vitamin V6 saqlagan meva va o‘simliklar (soya, makkajo‘xori, yong‘oq, suli, petrushka va b.) beriladi. Piridoksin gidroxlorid turli kasalliklarda (xomiladorlik toksikozida, kamqonlikda, leykopeniyada, asab kasalliklarida, radikulit, xoreya nervit va b.) ishlatildadi.
Vitamin V6 qisman ichak mikroflorasi tomonidan hosil qilinadi.
Tarkibida piridoksin saqlagan pirasin preparati aterisklerozni davolashda ishlatiladi.
Gipovitaminoz VS
Vitamin Vs (folat kislota) organizmda asosan qon ishlab chiqarishda zarur bo‘lib, megaloblastlarni etishishida va norma- blastlarni hosil bo‘lishida qatnashadi. Ushbu vitamin etishmasligida qon elementlarini megaloblastik fazasini normablast holatga o‘tishi natijasida qonda etishmagan yosh qon elementlari paydo bo‘ladi.
Folat kislota vitamin V12 bilan birga eritropoezni oshiradi, nuklein kislotalar sintezida qatnashadi.
Vitamin Vs ichak mikroflorasi tomonidan hosil qilinadi.
Bundan tashqari, turli mevalarda va o‘simliklar tarkibida bo‘ladi.
Folat kislota sintez yo‘li bilan olingan. Uning preparati poroshok va tabletka holida chiqarilib, makrositar (megaloblastik) anemiya, spru kasalligida dorilar va ionlangan radiatsiya keltirib chiqargan leykopeniya, sianokobalamin va askarbin kislota bilan birga beriladi. Pernisioz anemiyada falat kislota vitamin V12 bilan berish shart hisoblanadi.
Bunday kasaliklarni oldini olish va davo ko‘rsatish maqsadida tarkibida vitamin Vs saqlagan (qulupnoy, malina, olcha, oraxis, olma, karam, sabzi, petrushka, lovlagi, tarvuz va b.) mevalar tavsiya etiladi.
Gipovitaminoz R
Vitamin R guruhiga qon tomirlar (kapillyarlar) devorining o‘tkazuvchanligini va buzilishini kamaytiruvchi flavonoidlar kirib, ularning bunday xususiyati askarbin kislota bilan birga ishlatilganda yaqqol ko‘riladi. Ular oksidlanish-qaytarilish jarayonida qatnashib gialuronidaza fermenti faoliyatini kamaytiradi.
Vitamin R ga o‘xshash faollik rutin, kversetin flavonoidlarida qayd etilgan.
Vitamin R etishmovchiligida mayda qon tomirlar devorini o‘tkazuvchanligi oshgani sababli qon talashlar, qonashlar kuzatiladi. Vitamin R – bunday flavonoidlar, glikozidlar ko‘rinishida turli o‘simliklarda, mevalarda, na’matakda, qora choyda, limonda, pomidorda, sabzida, olmada uchraydi. Vitamin R rutin, kvarsetin preparatlari sifatida turli qon ketishida gemorragik diatez, ko‘z to‘rsimon pardasida qon oqishida va boshqa kasalliklarda nur kasaligida, endokorditda, revmatizmda, allergik kasalliklarda
ishlatiladi.
Shu bilan birga gipovitaminoz Rni oldini olishda va davolash maqsadida uni saqlagan turli o‘simliklar (yapon saforasi, xushbo‘y ruta, choy), meva, ko‘katlar (pomidor, sabzi, qora qat, smarodina, olma) tavsiya etilishi mumkin.
Gipovitaminoz RR
Vitamin RR (nikotin kislota) nikotinamidadeninnukleidit (NAD) va uni fosfolati (NAPF) shaklida ko‘p fermentlar tarkibiga kiradi. Ushbu fermentlar esa xujayralar hayoti uchun zarur bo‘lgan oqsillar metabolizmida qatnashadi. Vitamin RR etishmasligida pellagra kasalligi kelib chiqadi. Bunda badanning ochiq joylarida teri rangining o‘zgarishi (dermatit, depigmentatsiya), yallig‘lanish, me’da-ichak faoliyatining o‘zgarishi (dispepsiya, anoreksiya, stomatit, glossit) va oliy nerv faoliyatining buzilishi es-xush aqliy qobilyatning buzilishi (demeisiya) va ko‘pincha megaloblastik kamqonlik kuzatiladi. Nikatin kislota qon tomirlarni kengaytiradi, qonda xolestirin miqdorini kamaytiradi. Nikotin kislota sintez yo‘li bilan olinadi va uning preparati faqat pellagrida emas, balki organizm turli kasalliklarda (jigar, oshqozon, yurak kaslliklarida) keng ishlatiladi. Nikotin kislotaning ateriosleroz kasalligida va gipertoniyada ishlatilishi alohida o‘rit egallaydi. Shuning bilan birga tarkibida nikotin kislota turli o‘simliklar va don mevalar yong‘oq, ko‘k choy, noxot, grechka, suli, makkajo‘xori, loviya, kartoshka tavsiya etiladi. Bularni yakka tartibda yoki ovqat tarkibida qabul qilinishi qayd etilgan kasallikga (pellagra) va boshqa xastaliklarni oldini oladi va davo ko‘rsatadi. Nikotin kislota saqlagan turli kompleks preparatlar nikoverin, nikoselan, nikomilon va boshqalar mavjud bo‘lib ular tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish