Fitoterapiya



Download 1,95 Mb.
bet84/196
Sana10.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#441641
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   196
Bog'liq
To\'plam fitoterapiya

Gipovitaminoz S
Vitamin S (askarbin kislota) organizmning faoliyatida muhim ahamiyatga ega. U oksidlanish, qaytarilish jarayoning bir ma’rlomda bo‘lishini ta’minlaydi, uglevod almashinuvi, qonning ivishida to‘qimalarni regenirasiyasida, steroid gormonlarning hosil bo‘lishida, qon tomirlarni o‘tkazuvchanligida, kollogenlarning sintezida qatnashadi.
Vitamin S organizmda sintez qilinmaydi va shuning uchun u ovqat tarkibida organizmga tushib turadi. Askarbin kislota etishmasligida singa kasalligi rivojlanadi. Bunda milkdan qon ketishi, shilliq pardani o‘zgarishi, terida nuqtali qon oqishi, og‘ir holatlarda teri ostida qon eg‘ilishi, kamqonlik va boshqa o‘zga- rishlar kuzatiladi.
Askarbin kislota sintez yo‘li bilan olingan. Uning preparati gipovitaminoz S ni oldini olish va davo ko‘rsatish maqsadida, singa
kasalligida, gemorrogik diatezida, burundan, o‘pkadan, bachadon- dan, jigardan va boshqa qon ketishda, yuqumli kasalliklarda jigar kasalliklarida, intoksikatsiyada, bitishi qiyin bo‘lgan yaralarda, xomiladorlikda va boshqa holatlarda ishlatiladi.
Vitamin S ko‘p miqdorda turli o‘simliklarda, mevalarda, ko‘katlarda, limon, apelsin, mandarin, na’matak mevasida, karamda, chakanda moyida, pomidorda, kartoshkada, rediskada, turupda, olmada, olchada va boshqalarda bo‘ladi.
Shuni qayd etish lozimki askarbin kislota yuqori temperaturada parchalanadi va o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Qaynatilganda, qovirilganda vitamin S deyarli butunlay parchalanadi.
Shuning uchun vitamin S ni saqlagan mevalar, ko‘katlar va boshqalar tabiiy holda tavsiya etiladi.
Bulardan tashqari gipovitaminoz S da fitoyig‘malar ham ishlatilishi mumkin. Masalan:

    1. Na’matak mevasi, qoraqat mevasi – 1 osh qoshiqdan olinadi. Bir osh qoshiq yig‘mani 400ml qaynoq suvga solinadi, 2 soat qoldiriladi, filtrdan o‘tkaziladi va kerakligicha asal yoki shakar qo‘shiladi. 70-100ml-dan iliq holida kuniga ovqatdan oldin 3-4 marta ichiladi.

    2. Maymunjon mevasi, limono‘t bargi, odiiy chetan mevasi, qirqbo‘g‘in o‘ti, na’matak mevasi-2 choy qoshiqdan olinadi. Yig‘mani 700ml qaynoq suvga solinadi va 2 soat qoldiriladi. 200ml- dan kuniga 2-3 marta ichiladi.

    3. Marjondaraxt mevasi-1 qism, gazanda bargi, na’matak mevasi 3 qismdan. Yig‘madan 1 osh qoshiq olib, 400ml qaynoq suvga solinadi. 2 soat qoldiriladi, filtrdan o‘tkaziladi, keragicha asal yoki shakar qo‘shib 70-100ml-dan iliq holda kuniga 3-4 marta ovqatdan oldin ichiladi.

Gipovitaminoz A
Vitamin A (retinol) yog‘da eriydigan vitaminlar qatoriga kiradi. Oziq-ovqat (sarig‘ yog‘, tuxum sarig‘i, jigar, baliq moy va b.) tarkibida bo‘lib, o‘simlikli oziq-ovat tarkibida uchramaydi. Lekin bir qator o‘simliklar, ko‘katlar, mevalar (sabzi, ko‘k piyoz, ismalog‘, otquloq, pomidor, o‘rik, mandarin va b.) tarkibidagi karotin provitamin A hisoblanadi. Organizmda karotin vitamin A ga o‘tadi. Vitamin A qorong‘ulikda ko‘rishni ta’minlaydigan
rodobsinning biosintezi uchun zarur. Bundan tashqari, vitamin A epitelial xujayralar butunligini saqlaydi. Glikokortikoidlar, xoles- tirin sintezi va tananing o‘sishi uchun zarur.
Gipovitaminoz A da shapko‘rlik (gemorolopiya), ko‘z shoxpardasining qurib qolishi (kseroftalmiya), ko‘z qovoqlarining yallig‘lanishi, terida o‘zgarishlar kuzatiladi.
Ushbu xolatlarda sintez yo‘li bilan olingan retinal asetat, retinol palьmitat va vitamin A saqlovchi oziq-ovqat (jigar, baliq moyi , sariq yog‘ va b.)lardan tashqari prvitamin A bo‘lgan karotin saqlagan ko‘katlar, mevalar (sabzi, ko‘k piyoz, otquloq, qovoq, qovun va b) tavsiya etiladi.
Bularni ayniqsa, gipovitaminozni oldini olish maqsadida istemol qilish foydalidir. Vitamin A yog‘da eruvchan bo‘lgani uchun orga-nizmda yig‘ilab, turli asoratlarni (ishtaxani pasayishi, ko‘ngild aynishi, qusish, teri va shilliq pardalarni qurib qolishi, kam qonlik va b.) berishi mumkin.
Gipovitaminoz E
Vitamin E (alfa tokoferol) yog‘da eruvchan bo‘lib, organizm uchun zarur hisoblanadi. Bu vitamin etishmasligida laboratoriya hayvonlarida (tajribada) ularning urchish qobiliyati buzilgan. Erkak hayvonlarda urug‘-sperma ishlab chiqarish to‘xtagan. Xomiladorlik davrida esa xomilaning taraqqiy qilishi sekinlashgan. Urchigan tuxum xujayrasining implantasiyasi (bachadon shilliq pardasiga yopishishi) buzilgan. Shu bilan birga mushaklarda degenirativ o‘zgarishlar yuz bergan, yurakning faoliyati zaiflashgan. Bundan tashqari, vitamin E tibbiy antioksidant hisoblanib, to‘yinmagan yog‘ kislotalarni, vitamin S va provitamin A ning o‘zicha oksidlanishini bartaraf etadi.
Tokoferol chakanda, shirin mindalь, kedr yong‘oq, fistashka, suli, kungaboqar urug‘ida, na’matak, karam, noxot, petrushka tarkibida bo‘ladi. Ayniqsa, tokoferol o‘simlik moylarida (kungaboqar, paxta, makkajo‘xori, araxis, soya, chakanda) ko‘p miqdorda bo‘ladi. Bundan tashqari, hayvon mahsulotlarida (go‘sht, yog‘ to‘qimasi, tuxum va sut) ham kam miqdorda bor.
Vitamin E etishmasligini oldini olish va davolash maqsadida sintez yo‘li bilan olingan tokoferol asetat preparatidan tashqari yuqorida ko‘rsatilgan tokoferol saqlagan mahsulotlar keng
miqyosda tavsiya etiladi. Shuning bilan birga tokoferol boshqa kasalliklarda (ateroskleroz, stenokardiya, mushaklar distofiyasida, dermatit miozitlarda, menstrual siklni buzilishida, xomilalikni buzilish xavfi tug‘ilganda, erkaklarda jinsiy bezlar faoliyatining pasayishida va b.) beriladi.
Gipovitamingz К
Vitamin К yog‘da eruvchanlarga kirib, uning 2 turi mavjud – vitamin К1 va vitamin К2. Vitamin К1 (filloxinon) bir qator o‘simliklarda (karamda, na’matak mevasida, achchiq toronda, bedada, poliz ismalog‘ida, qizilchada, chakandada, qulupnoyda va b.) sintez qilinadi va tarkibida bo‘ladi. Vitamin К2 ingichka ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi. Organizmga vitamin К asosan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida kiradi va qonning ivishi jarayonida qatnashadi.
Aniqrog‘i vitamin К qonning ivish jarayonining faol va zarur faktorlaridan biri bo‘lgan protrombinning jigarda sintez bo‘lishi uchun zarur. Ushbu vitaminning etishmasligi ko‘proq ovqat tarkibida kam miqdorda bo‘lishi yoki uning turli kasalliklarda (jigar- o‘tini ichakka tushmasligida-obstruktiv sariqlik, o‘t yo‘lini torayib qolishida, dioreyada, yaralik kolitda, dizenteriyada, va b.) ichakda so‘rilish buzilishi natijasida yuzaga chiqishi mumkin. Gipovitaminoz К ning asosiy belgisi qon ivishini pasayishi natijasida turli ko‘rinishda organ, to‘qimalardan qon ketishidir (burundan qon ketishi, terida qontalashi, bachadondan qon ketishi, jaroxatlanganda qon ketishi va b.).
Gipovitaminozni oldini olish va davo ko‘rsatishda sintez yo‘li bilan olingan (vikasol, fitomenadion) preparatlaridan tashqari vitamin К ni saqlagan yuqorida keltirilgan o‘simlik mahsulotlari tavsiya etiladi. Bular asosan gipovitaminozni oldini olish maqsadida ishlatiladi. Ular fitopreparat shaklida (damlama, qaynatma, nastoyka, ekstrakt va b.) berilishi mumkin.
Masalan: (gazanda bargi damlamasi, achchiq taron suyuq ekstrakti) ichillishi mumkin.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish