NAZARİY MASHG'ULOT № 20 MAVZU: UMUMİY TONUSNİ OSHİRUVCHİ DORİVOR O'SİM-LİKLAR FİTOPREPARATLARİ.
Vitaminlar odam organizmi uchun zarur va ularning o‘rnini hech narsa bosolmaydigan moddalar hisoblanadi. Ular kimyoviy tuzilishi va kelib chiqishi bo‘yicha asosan organik moddalar bo‘lib, butun organizm va organlar, to‘qimalar normal faoliyati uchun kichik miqdorda zarur moddalardir.
Vitaminlar turli modda almashinuvida qatnashib, organizmni normal faoliyatini ta’minlaydi. Ular organizmga asosan ovqat tarkibida qabul qilinadi. Shuning bilan birga ayrim vitaminlar (V, К) ichak mikroflorasi qatnashishida hosil bo‘ladi.
Ovqat tarkibida vitaminning butunlay bo‘lmasligi natijasida kelib chiqadigan xastalikni avitaminoz, uning qisman etishmasligida esa gipovitaminoz deyiladi.
Bu holatlar faqat ovqat tarkibida vitaminlarni bo‘lmasligidan tash-qari, ularni ichakdan so‘rilishining buzilishida, organizmni vitaminga talabining oshishida (jismoniy mehnat, xomilalik, surunkali inefeksion kasalliklarida va boshqalar) va vitaminga zid antogonistlarni (kimyoviy tuzilishi vitaminlar yaqin bo‘lgan mod- dalar dezaksitrildoksam, pritiamin va boshqalar) qabul qilinganda qayd etilishi mumkin.
Ovqat tarkibida vitaminlarni etarli darajada bo‘lmasligi bilan bog‘liq gipo va avitaminozni ekzogen, ularni ichakdan so‘rilishini buzilishi natijasida kuzatiladigan gipo-avitaminozni endogen deb yuritiladi.
Vitaminlar ikki guruhga bo‘linadi: suvda eruvchilar va yog‘da eruvchi vitaminlar. Birinchi guruhga vitamin V1 – V2 – V6 – V12 – VS – S, ikkinchi gruxga: A, D, E, К lar kiradi. Ular turli ovqat mahsulotlarda, mevalarda, donlarda, sut va gosht mahsulotlarida, turli o‘simliklarda bo‘ladi.
Gipovitaminoz V1
Vitamin V1 (tiamin) dukkakli va boshoqli o‘simliklarda (noxot, loviya, suli, grechka va boshqalar), har xil mevalarda va hayvon
mahsulotlarida uchraydi. Qisman ichakda hosil bo‘ladi. Tiamin ichakdan so‘rilgandan so‘ng ATF qatnashishida fosforlanadi va fiziologik faol vitaminning profosfor efiriga kakorbaksilozaga o‘tib, pirouzum kislotaning karboksillanishini ta’minlaydi. Vitamin V1 etishmovchiligida modda almashinuvi (karbon suv almashinuvi) buzilib, to‘qimada sut va prouzumkislota yig‘ilib boradi. Shu ababli asab sistemani va yurak ishini buzilishi kuzatiladi. Gipo vitaminozning og‘ir kechadigan turlarida beri-beri yoki polinevrit kasalligi yuzaga chiqadi. Bunda yarim yoki to‘la falajlik, mushaklar atrofiyasi, yurak va me’da-ichak faoliyatining izdan chiqishi rivoj topadi. Bunday holatlarni oldini olish va ularni davolash maqsadida sintez yo‘li bilan olingan preparatlari – tiamin bromid va tiamin xloridlardan tashqari vitamin V1saqlagan piva achitqilari, noxot, loviya, suli, grechkali oziq-ovqatlar tavsiya etilishi mumkin. Bular ko‘pincha gipovitaminozning oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Vitamin V1ning ichakdan so‘rilishi yomon bo‘lgan holatlarda (ichak kasalliklari) tiamin bromid (3%) in’eksiya qilinadi.
Gipovitaminoz V2
Vitamin V2 (riboflovin) o‘simlik va hayvonlar tanasida bo‘lib, odam organizmida asosan go‘sht, sut mahsulotlari va dukkakli, boshoqli don tarkibida qabul etiladi. Vitamin V2 achitqida, sut zardobida, tuxumning oqsilida, go‘shtda, baliqda, jigarda, noxotda va donlarda bo‘ladi. O‘simliklar va mevalardan sachratqida, na’matakda, poliz ismalog‘ida, chernikada, shotutda va boshqalarda bor. Bundan tashqari qo‘ziqorin, kepakli non, kunga boqar va kunjut urug‘lari, grek yong‘og‘i, soya, loviya, noxot vitamin V2ga boy hisoblanadi.
Gipovitaminoz V2da shap ko‘rlik, konьyunktivit, stomatit, glossit, dermatit (quloq oldida va burun-lab burushig‘ida va panjalarda) kuzatiladi. Bundan tashqari xolsizlik, bosh og‘rig‘i, ozib ketish va boshqa o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarda sintez yo‘li bilan olingan vitamin V2 preparati riboflavindan (tabletka yoki 1%li ampula) tashqari tarkibida uni saqlagan go‘sht va sut, don, mevalar bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan dorivor o‘simliklardan tayyorlangan fitopreparatlar, yig‘malar gipovita- minozni oldini olish va davo ko‘rsatish maqsadida berilishi mumkin. Masalan: sachratqi bargi, shotut bargi – 2 choy qoshtqdan,
chernika – 3 choy qoshiq. Yig‘ma maydalanadi va 2 qismga bo‘linadi. Yig‘maning yarmi 300ml qaynoq suvga solinadi va 10 daqiqa qaynatiladi. 1 soatga qoldiriladi. 65 ml-dan kuniga 3 marta ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi.
Bundan tashqari, yuqorila qayd etilganidek yong‘oq, semichka (pista), noxot, loviya tavsiya etiladi. Bular asosan gipovitami- nozning oldini olish maqsadida keng istemol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |