Fitoterapiya



Download 1,95 Mb.
bet41/196
Sana10.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#441641
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196
Bog'liq
To\'plam fitoterapiya

Tasnifi. Sinergizm - ikkita dori moddasi qo'shib berilganda ularni alohida qo'llashga nisbatan kuchliroq bo'lgan bir yo'nalishdagi ta'sir. Bunda jamlanish va potensiyalanish yuz beradi. Jamlanishda dorilarning umumiy farmakologik ta'siri ayrim preparatlarning ta'sirlar yig'indisiga teng bo'ladi. Jamlanishning bu turida dorilarning ta'sir etadigan joyi umumiy (bitta resteptor, hujayra, tizim) va bir xil bo'ladi. Masalan, efir va azot (I) oksidning markaziy nerv sistemasiga, adrenalin va noradrenalinning adrenoresteptorlarga ta'siri.


Potensiyalanishda - umumiy farmakologik ta'sir ayrim preparatlar ta'siri yig'indisidan bir necha marta kuchliroq bo'ladi va ayrim hollarda yangi farmakologik xossalar yuzaga chiqadi (aminazin va narkoz, og'riq qoldiruvchi preparatlar). Bunda ta'sir umumiy bir yo'nalishda bo'lib, turli sistemalarga qaratilgan bo'ladi.
Tibbiyot amaliyotida bunday sinergizm turi juda keng qo'llaniladi. Masalan, antibiotiklar bilan sulfanilamidlar, uxlatuvchilar, neyroleptiklar, astiklidin, pilokarpin). Bu bevosita sinergizm deb yuritiladi. Sinergizm bilvosita bo'lishi ham mumkin. Bevosita sinergizmda qo'llanilayotgan dorilarning ta'sir etish joyi yuqorida qayd etilganidek umumiy (bitta hujayra, to'qima, resteptor) bo'lsa, bilvosita sinergizmda esa har xil bo'ladi. Masalan, atropin M-xolinoresteptorlarni bloklab, ko'z qorachig'ini kengaytiradi, adrenalin esa adrenoresteptorlarni qo'zg'atib, shu effektni keltirib chiqaradi.
Dori vositalari sinergizmining potensiyalanish turi tibbiyot amaliyotida, ayniqsa anesteziologiyada keng ishlatiladi. CHunki bunda ushbu dorilarning kichik dozasi olingani uchun ularning asoratlari, nojo'ya ta'sirlari kam bo'ladi.
Antagonizm - bir dori ta'sirini boshqa dori ta'siri bilan kamaytirish yoki butunlay bartaraf etish demakdir. Antagonizm usulini qo'llash zaharlanishning oldin olish va davolash tadbirlari yig'indisi hisoblanadi. Antagonizm - bu dorilarning bir-biriga aks (zid) ta'siri deb tushuniladi.
Antagonizm bir necha ko'rinishlarda bo'lishi mumkin :
Fizikaviy antagonizm - bir moddaning ikkinchi modda yuzasiga so'rib olinishi (adsorbentlar, faollashtirilgan ko'mir, oqsillar).
Kimyoviy antagonizm - kimyoviy reaksiya natijasida zararsiz birikmalar hosil bo'lishi. Masalan, bariy xloriddan zaharlanishda natriy sulfat yuborilsa, organizm uchun zararsiz bariy sulfat hosil bo'ladi. Og'ir metal tuzlaridan zaharlanishda unitiol ishlatiladi. Undagi sulfgidril moddasi metal bilan birikib, zararsiz kompleks hosil qiladi.
Fiziologik (farmakologik) antagonizm - dorilar bir yoki bir nechta hujayralar, resteptorlar yoki sistemalarga ta'sir etib, teskari oqibat keltirib chiqaradi (narkoz vositalar va analeptiklar). Ushbu antagonizm ikki tomonlama (dorilar o'zaro bir-birining ta'sirini yo'qotadi) va bir tomonlama (ikkinchisi esa birinchisi ta'sirini bartaraf etmaydi) bo'ladi. Ikki tomonlama antagonizmga kofein bilan fenobarbitalni misol qilib keltirish mumkin (kofeinning markaziy nerv sistemasi qo'zg'atuvchi ta'sirini fenobarbital tormozlab yo'qotadi va aksincha). Bir tomonlamaga antagonizmga esa atropin bilan pilokarpinni misol qilish mumkin. Atropin xolinoresteptorni bloklab, pilokarpin keltirib chiqargan ko'z qorachig'i torayishini bartaraf etib, uni kengaytiradi. Lekin pilokarpin esa atropin ta'sirida ko'z qorachig'i kengayishini yo'qota olmaydi. Bu degan so'z pilokarpin bilan zaharlanishda atropin davo bo'ladi, aksincha atropin bilan zaharlanishda esa pilokarpin kor qilmaydi.
Farmakologik antagonizmning quyidagi turlari mavjud.
Konkurent (raqobat)antagonizm - o'xshash kimyoviy tuzilishga ega bo'lgan birikmalar- moddalar o'rtasida resteptor bilan birikish uchun raqobat kuzatiladi (morfin va nalorfin).
Bevosita antagonizm - ikkita dori vositasi bir xil resteptorlarga to'g'ridan - to'g'ri ta'sir etib, qarama - qarshi natija keltirib chiqaradi. Masalan, muskarin M-xolinoresteptorlarni qo'zg'asta, atropin esa ularni bloklaydi.
Bilvosita antagonizm - dori vositalari turli antagonistik fiziologik sistemalarga ta'sir etib qarama - qarshi natija keltirib chiqaradilar. Masalan, pilokarpin M-xolinoresteptorlarni qo'zg'atib, ko'z qorachig'ini toraytirsa, adrenalin esa adrenoresteptorlarni qo'zg'atib uni kengaytiradi.
Ba‟zi dorilarni qo'shib ishlatilishdagi bir-biriga zidligi ularning farmakokinetikasida ham sodir bo'lishi mumkin. Masalan, dorilarning ichakdan so'rilishini kamaytiruvchilar (adsorbentlar, shilimshiqlar, surgi dorilar), qondagi oqsillar bilan bog'langan antikoagulyantlarni (neodikumarin) indometastin (yallig'lanishga qarshi dori) siqib chiqarishi, dori vositalar metabolizmida qatnashadigan monooksidaza fermentlar aktivligini kuchaytiradigan induktorlar (fenobarbital, benzonal) birga yuborilgan turli dori vositalarining farmakoterapevtik ta'sirini susaytirishi va boshqalar.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish