Qo'shimcha
M.N.Nabieva, E.Djo'raev. “fitoterapiya va bitu”. Toshkent.
M.N.Maxsumov. “Nazariy mashg'ulotlar matni”. 2000y., 1994.
X.U.Aliev, M.N.Maxsumov. O'quv – uslubiy qo'llanma. Toshkent.. 2003y.
Internet va ZiyoNet saytlari
www.ziyonet.uz
www.Lex.uz.
www.uzpharm-control.uz
www.doridarmon.uz www.uzpharmsanoat.uz
NAZARIY MASHG'ULOT №-4 MAVZU: DORİLARNİNG TA'SİR TURLARİ VA TURLİ OMİLLARGA BOG'LİQLİGİ.
Dori vositalarining ta'siri
Dorilarning qaytar va qaytmas ta'sirlari
Tayanch so'zlari: mahalliy ta'sir, reflektor ta'sir, rezorbtiv ta'sir qo'shimcha ta'siri, Ijobiy ta'siri
Dori vositalarining ta'siri. Ko'pchilik dori vositalarining ta'siri natijasida organizm tomonidan turli fiziologik, biokimyoviy o'zgarishlar bilan birga boradigan javob reaksiyasi yuzaga chiqadi. Ushbu javob reaksiyalari turlicha namoyon bo'ladi. Boshqacha aytganda dori vositalari turli-tuman bo'lgani singari, ularning ta'sir turlari ham xilma-xil. Ularning ta'siri asosan ikki xil- mahalliy va umumiy bo'ladi.
Dori vositalarining mahalliy ta'siri ularning qonga so'rilishidan oldin sodir bo'ladi va shuning uchun ham ushbu ta'sir turini prerezorbtiv ta'sir deyiladi. Bunda organizmning javob reaksiyalari dori moddasi kiritilgan yoki to'qimaga tushgan joyida yuz beradi. Masalan, malham- surtma dorilar teri yuzasida turli sezgilar va o'zgarishlar keltirib chiqaradi. Mahalliy ta'sir Me'da-ichak yo'lida, bo'g'im bo'shlig'ida, shilliq qavatlar yuzasida ham sodir bo'ladi. Bunga misol tariqasida dikain va lidokain dorilarini ko'zga tomzilsa yoki shilliq qavatga surtilsa, o'sha erdagi to'qimada joylashgan sezuvchi nerv oxirlari falajlanadi va og'riq sezgisi yo'qoladi.
Dori vositalarining bunday ta'sir turi dermatologiyada, oftalmologiyada, xirurgiyada ko'p ishlatiladi. Mahalliy ta'sirni butun organizm reaksiyasidan ajralgan holda qarab bo'lmaydi, chunki ko'pchilik dori vositalar (simob preparatlari, anestezin va b.) so'rilib qonga o'tadi. Demak, mahalliy ta'sir nisbiy tushunchadir.
Dori vositalarining umumiy ta'siri ular qonga so'rilganidan so'ng boshlanadi. SHu sababli bu ta'sirni rezorbtiv ta'sir deb ham yuritiladi. Dori vositalarining ta'siri xilma-xil bo'lib, ularni kiritish usuliga va organizmning turli biologik to'siqlaridan o'ta olish faoliyatiga, to'qimaning qon bilan ta'minlanishiga va boshqa bir qator omillarga bog'liqdir.
Mahalliy hamda rezorbtiv ta'sirlar reflektor ta'sirga sabab bo'lishi mumkin. Natijada ekstero- yoki intraresteptorlar ta'sirlanishi tufayli nerv markazlari yoki bajaruvchi azolar faoliyati o'zgaradi. Masalan, lobelin yoki sititon eritmasi vena qon tomirlariga yuborilganda karotid koptokchalarning ta'sirlanishi tufayli reflektor ravishda nafas markazi qo'zg'olib, nafas tezligi va hajmi ortadi. Novshadil spirtini hidlash natijasida nafas kuchayishi yoki xloroform va efir hidlanganda nafasning to'xtab qolishi ham reflektor ta'sir bilan tushuntiriladi.
Dori vositalarining rezorbtiv ta'sirlari asosiy va qo'shimcha ta'sir shaklida bo'lishi mumkin. Dorilarni davo maqsadlarida ishlatilishi ularning asosiy ta'siriga bog'liq. qo'shimcha ta'sir esa dorilarning asosiy ta'siri bilan bir qatorda boshqa azo va sistemalarga qo'shimcha o'zgacharoq ta'sir etishidir. Bunday rezorbtiv ta'sir turiga ko'pgina dori vositalari misol bo'la oladi. Masalan, morfin markaziy nerv sistemasining og'riq sezish markaziga ta'sir ko'rsatib, og'riqni qoldiradi. Bu morfinning asosiy ta'siri hisoblanadi. SHu bilan bir qatorda u engil uyqu chaqiradi, yo'talni qoldiradi, nafas markazini susaytiradi. Ushbu ta'sirlar morfinning qo'shimcha ta'siri hisoblanadi.
Dorilarning qo'shimcha ta'siri tanaga nisbatan ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Keltirilgan misolda morfinning uxlatishi va yo'tal markaziga ta'siri tufayli yo'talni to'xtatishi uning ijobiy qo'shimcha ta'siridir. Nafas markaziga bo'lgan susaytiruvchi ta'sir esa salbiy yoki organizm uchun xavfli-zararli hisoblanadi. Dori vositalarining ushbu salbiy ta'siri nojo'ya ta'sir deb ham yuritiladi. SHunday dorilar mavjudki, ishlatilish maqsadiga qarab, ularning nojo'ya ta'siri ijobiy hisoblanadi. Ijobiy ta'siri salbiy bo'lishi mumkin. Masalan, atropinning farmakologik ta'siri turlicha va shu sababli ishlatilishi xilma-xildir. Agar u Me'da-ichak yara kasalligi tufayli og'riqda spazmolitik sifatida ishlatilsa, bu uning ijobiy, shu bilan bir qatorda taxikardiya berishi esa salbiy ta'siri hisoblanadi. Aynan u bradiaritmiyaga davo sifatida berilsa, unda ushbu ta'sir ijobiy, Me'da shirasini va harakatini susaytirishi esa salbiy ta'sir hisoblanadi. Bunday xususiyat ko'pchilik dori vositalarga xosdir (efedrin, uxlatuvchi dorilar va b.).
Dorilarning nojo'ya ta'siri ularni qo'llashda moneliklarga olib keladi va bu holat farmakoterapiyada xisobga olinishi zarur.
Dori vositalarining rezorbtiv ta'sirida ularning Ma'lum bir azoga yoki sistemaga tanlab ta'sir ko'rsatishi alohida o'rin tutadi. CHunki ularning bunday ta'sir etishi ijobiy xususiyat hisoblanadi va u ko'pgina preparatlarga xosdir.
Bularga nerv sistemasiga tanlab ta'sir etadigan neyrotrop, bachadonga ta'sir etadigan dorilar (oksitostin, vetrazin), Yurak faoliyatiga ta'sir etadigan Yurak glikozidlari, silliq mushaklarga ta'sir etadigan miotrop dori vositalar (papaverin, no-shpa) misol bo'la oladi.
Dori vositalarining rezorbtiv ta'sir turlaridan birlamchi (bevosita) va ikkilamchi (bilvosita) ta'siri ayrim dori vositalariga xosdir. Bunda dorining asosiy ta'siri qandaydir bir azoga qaratilgan bo'lsa (birlamchi ta'sir) va unda sodir bo'ladigan o'zgarishlar oqibatida boshqa bir azo faoliyatida ham siljish yuz beradi (ikkilamchi ta'sir). Misol uchun Yurak glikozidalarini olsak. Ular Yurak faoliyati zaiflashganida (dekompensastiyada) bemorga berilsa, Yurak mushaklarining qisqarish kuchini oshiradi (birlamchi ta'sir) va natijada qon aylanishi (gemodinamika) yaxshilanadi, tezlashadi. Buning oqibatida esa buyrak faoliyati zo'rayib peshob ajralishi ko'payadi yoki diurez ortadi (ikkilamchi ta'sir).
Do'stlaringiz bilan baham: |