Dorivor o‘simlik mahsulotlari oldindan mo‘ljallangan, ruxsat etilgan yerda va miqdorda yig‘iladi. Ushbu mahsulotlar qabul qilingan qoida bo‘yicha quritilishi lozim. Кo‘p yillik o‘simliklarni yer ustki qismi tayyorlanishida ularning ildizi qoldirilishi lozim. Ildiz va ildiz poyani kovlab olishda ildizning bir qismi qoldiriladi. O‘simlik mahsulotlarini tayyorlashda yaxshi taraqqiy etgan, yetilgan, gullab turgan o‘simlikni (uning mevasi yetilib, urug‘lari sochilib ko‘payishi uchun) qoldirilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |