Ushbu o‘simlik mahsulotlaridagi biologik faol moddalar giyohning o‘sish-rivojlanish davriga, yilning fasliga qarab ko‘p miqdorda to‘planadi, ayni shu vaqtda ular yuqori sifatli hisoblanadi. Shunga qarab, masalan, o‘simlikning yer ustki qismi o‘simlik gullaganda, barglari gullashdan oldin yoki gullaganda, kurtaklar va pustloqlar o‘simlik tanasida suyuqlik yura boshlaganda (erta bahorda), yer ostki qismi esa odatda, o‘simlik uyquga kirganda (kech kuzda) yig‘iladi. Dorivor o‘simliklarni yig‘ishda quyidagilar talab qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |