Fitopreparatlarni taiyorlash yoki ulardagi o‘simlikdan yakka holdagi biologik faol moddasini saqlagan preparatlarni olish uchun qo‘llanadigan o‘simliklarning ma’lum qismlari yoki shu o‘simlikdan birlamchi ishlash yo‘li bilan olingan moddalar (efir moyi, daraxt yelimi, moy va boshqalar) dorivor o‘simliklar mahsuloti deb yuritiladi. Odatda, ushbu mahsulotlar biologik faol moddalarni ko‘p miqdorda saqlaydi. Dorivor mahsulot sifatida o‘simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi, urug‘i, po‘stlog‘i, kurtagi, o‘t o‘simliklarning butun yer ustki qismi (o‘ti) yoki yer ostki qismi (ildizi, piyozi, tuganogi)) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |