Takrorlash uchun savollar
1.
Biofaol moddalarni ajratishda qanday usullardan foydalaniladi?
.
2.
Ajratib olingan moddalarni qanday tozalanadi?.
3.
Texnologik jarayonlarda qanday apparatlardan foydalaniladi
.
Mustaqil ish mavzusi:
Texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan
apparatlar turlаri
Adabiyotlar
1.
X.X.Xalmatov
,
U. A. Axmedov. «Farmakognoziya». Toshkent, 1995
2. A. F. Maxsumov, I. M. Pirmuxamedov. «Bioorganik kimyo».
3. V. P. Zaxarov, I. M. Libizov, X. A. Aslanov «Lekarstvennыe veщestva iz
rasteniy i sposobы ix proizvodstva». Tashkent, fan.1980.
3
-
Ma‟ruza
Mavzu:
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma‘lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi
va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi.
Reja: 1.
Alkaloidlarni ochilishi, tarixi.
2.
Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor
o‗simliklar tasnifi.
3.
Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari.
4.
Miqdoriy va sifat taxlili
.
5.
Alkaloidlarni ajratish usullari.
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma‘lumotlar
O‗simliklar (qisman xayvon) to‗qimalarida tayyor xolda bo‗ladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik
ta‘sirga ega bo‗lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha alqali ishqor va
yunoncha eydos o‗xshash (simon) so‗zlaridan iborat bo‗lib, ishqorsimon birikma degan ma‘noni bildiradi. Bu
alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o‗simligidan asos xossali
birikma ajratib oldi va uni birinchi bo‗lib alkaloid deb atadi.
Tarkibida alkaloid bo‗lgan o‗simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan
taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o‗rganish va tekshirish soxasida ilmiy ishlar
boshlandi. 1792 yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po‗stlo\i tarkibidagi alkaloidlarni
tekshirdi va ularni mumsimon xolida ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi
xamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va
uni opiy tuzi deb atadi. SHunday bo‗lsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis
dorixonachisi Sartyurner xisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall xolda alkaloid ajratib
oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish
uy\otdi, chunki shu paytgacha o‗simlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega
bo‗lgan moddalar bor deb o‗ylashgan, asosli xossaga ega bo‗lgan sintetik organik
moddalar esa keyinroq (1848) ochilgan.
YAngi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin o‗sha
yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun
alkaloidlar bilan tanishish yuzaki bo‗lib qoldi. Ularni yanada chuqurroq o‗rganish,
strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib ko‗rish keyingi davrda, aniqrog‗i o‗tgan asr
oxirlariga to‗g‗ri keladi. Xozirgi kunda kimyoning bu bo‗limi yaxshi va tez
rivojlanmokda.
Kuyida keltirilgan jadvalda juda muxim alkaloidlarning ochilishi sanasi keltirilgan.
Alkaloid nomi
Ochilish
yili
Kim tomonidan ochilgan
Morfin
1806
Sertyurner
Xinin
1820
Kabentu
Nikotin
1828
Paselt va Reymant
Atropin
1831
Layn
Kodein
1832
Robiks
Okonitin
1833
Reychir va Resse
Teofillin
1842
Voskresenskiy
Garmin
1847
Fritge
Kokain
1860
Niman
Pilokarpin
1875
Ardi
Efedrin
1887
Nagal
Skopolamin
1888
SHmidt
Ioximbin
1896
SHpigel
Lobelin
1921
Viland
Anabazin
1926
Orexov
Salsolin
1933
Orexov va Preskurnina
Paxikarpin
1933
Orexov, Robinovich,
Kanovalova
Platifillin
1935
Kanovalova va Orexov
Sferofizin
1944
Rubinshteyn va Menshikov
Alkaloidlar o‗simliklar dunyosida keng tarqalgan. quyidagi oilaning vakillari
alkaloidlarga
boy:
lolaguldoshlar (l
iliaceae
); chuchmomadoshlar (amaryllida
cea
e);
kendirdoshlar
(arosupaseae);
ayiqtovondoshlar
(
Ranun
su
laceae
);
ko‗knordoshlar
(Rara
v
eraseae); dukkakdoshlar (Fabaseae); ituzumdoshlar (
Solan
aseae) va boshqalar. SHu
davr ichida bugun er yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat
birgina kendirdoshlar oilasiga 897 tasi to‗\ri keladi.
O‗simliklarning tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15%, ba‘zan 25% gacha
alkaloidlar bo‗lishi mumkin. O‗simliklarda bir-biriga yaqin ko‗pgina alkaloid bo‗ladi.
Alkaloidlar uchun eng xarakterli bo‗lgan o‗rni o‗simlik organizmida tayyor xolda
bo‗lishi va ular o‗simlikning xayot faoliyati natijasida xosil bo‗lishi.
Alkaloidlar qimmatbaxo dorivor modda bo‗lganligi uchun uni o‗rganishga va
kimyoviy strukturasini tuzishga qiziqish oshdi. Alkaloidlar strukturasini o‗rganish bizlarga
bir qator izlanishlarni olib borishga va shu bilan birga yangi dorivor preparatlarni olishga
olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |