Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан


Paxikarpin gidroyodid olish texnologiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/70
Sana28.06.2022
Hajmi2,35 Mb.
#715648
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi 2

Paxikarpin gidroyodid olish texnologiyasi 
Paxikarpin gidroyodid - ok kukun, nordon ta‘mli, xloroformli va spirtda oson 
eruvchi, suvda kam eriydi, atseton va efirda qiyin eriydi. T
er
- 233-236
O
S. Paxikarpin 
vegetativ nerv sistemasini tugunlarini o‗tkazuvchanligini pasaytirish xossasiga ega. 
Ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo sifatida dukkakdoshlar - Fabaceae qalin mevali 
achchiqmiya - 
vexibra pachycarpa
o‗tidan foydalaniladi. 
Paxikarpin gidroyodid kukun, 0,1 grammli tabletka, 3% eritmaning 2 ml dan 
ampulalarda, 0,1 gr paxikarpin saqlagan shamchalar ko‗rinishida chiqariladi. 
Xom ashyoni tayyorlash va alkaloidlarni ekstraksiyalash. 


Qalin 
mevali 
achchiqmiyani 
butunlay 
somonkeskichdan 
maydalaniladi. 
Kesilgan poyalar o‗lchami 5-6 sm dan oshmasligi kerak. Ekstraksiya jarayoni 12 ta 
diffuzordan iborat diffuzion batareyasida olib boriladi. 
Diffuzorga o‗rtacha 0,6-0,8% paxikarpin saqlagan achchiqmiya solinadi. 
Jarayon 
85-95
O
S temperaturasida qarama-qarshi oqim prinsipi bo‗yicha olib boriladi. 
Diffuzorga solingan xom ashyo qopqog‗i ochiq xolda bug‗latiladi. o‗tkir bug‗ 
diffuzorga pastdan yuboriladi. Ekstrakt siqilgan xavo ostida keyingi diffuzorga 
yuboriladi. Bu siqilgan xavo ta‘sirida ekstraksiya butun batareya bo‗ylab tarqaladi. Bir 
diffuzordan boshqa diffuzorga o‗tguncha kaloriferdan o‗tadi u erda 85-95
O
S gacha 
qizdiriladi. Asosiy diffuzorga ekstrakt to‗lishi bilan siqilgan xavo berilishi to‗xtatiladi 
va pastki qopqog‗i ochilib chiqindi ajratib olinadi. Asosiy diffuzorga solingan ekstrakt 
60 min
.
ga tindiriladi. Ekstrakt asosiy diffuzordan oxirgi diffuzorga issiq suv bilan 
yuboriladi. 
Ekstraktda 0,15-0,25% asos-paxikarpin saqlaydi. 
Suvli ekstraktdagi alkaloidlarni kerosin yordamida ajratish. 
Ekstrakt druk filtri yordamida 
pH 10,0-10,5 42% 
li 
NaOH
solingan 
ishqorlantirgichga solinadi. Ekstrakt ishqorlashtirgichdan 65-75
O
S da isitilgan xolda 
Badjara tipli likobchali nasadkali ekstraksion kolonkaga yuboriladi 65-75
O
S da 
qizdirilgan kerosindan alkaloidlar ekstraksiyasi o‗tkaziladi va to‗yingan kerosinli 
ekstrakt tuyingan kerosinli yig‗gichka ajratgich orqali solinadi. Jarayon kerosinni 
berish tezligi va suvli ekstraktda qancha miqdor alkaloidlarni saqlashga qarab 
ekstraksiya 5-6 soat davom etadi. 
Kerosinli ekstraktni sulfat kislota yordamida qayta ishlash.
Kerosinli ekstrakt asosiy sulfatorning injektor qismiga yuboriladi. Sulfat 
oldindan 43% li sulfat kislota eritmasi bilan to‗ldiriladi. Injektorda intensiv turbulent 
aralashtirishi sodir bo‗ladi. Buning natijasida kerosinli ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar 
yi\indisi suvli eritmaga sulfatlar ko‗rinishiga o‗tadi. Alkaloidlardan erkin xolga o‗tgan 
kerosin qayta kerosin yi\gichka solinadi. Asosiy sulfatda 15-18% ga etguncha erkin 
sulfat kislota yuboriladi. 0,5-1%ga etganda erkin sulfat kislota saqlagan sulfatorga 
kerosin yuborilishi to‗xtatiladi. Sulfatlar 1 soat davomida tindirilib montejga quyish 
ishlari olib boriladi. Bunda sulfatda 14-14,5% paxikarpin saqlanadi. Bo‗sh sulfatorga 
yangi sulfat kislota porsiyasi solinib oldingi ishlarni takrorlanadi. 
Izopropil spirt yordamida alkaloidlarni ekstraksiyalash. 
Olingan sulfat ekstraktorga solinadi va unga 8,5% izopropil spirti solinadi. 
Keyin aralashtirib turgan xolda massaga 43% 
Na
ON eritmasini kuchli ishqoriy muxit 
xosil bo‗lguncha solinadi va 2 soatga tindirishga qo‗yiladi. Aralashtirilgan 
matochnikni po‗latli emallangan likobchaga solinadi va 2 chi marta ekstraksiyalashga 
yuboriladi. Xuddi shu usul bilan 3 chi ekstraksiya olib boriladi. 
1 chi va 2 chi ekstraktdan olingan spirtli ekstrakt montejyuga yig‗iladi. 5,5-6% 
paxikarpin saqlangan izopropanolli ekstrakt vakuum bug‗latish apparatiga solinadi. 
Bug‗latish boshlang‗ich xajmning 1 5 qismi qolguncha vakuum ostida olib boriladi. 
Asos-paxikarpinni olish.
Asos paxikarpinni boshqa alkaloidlardan ajratish uchun 165-185S va 8-10 min. 
simob ustida qoldiq bosim va vakuum ostida xaydash yuli bilan ajratiladi. Asos 
paxikarpin yig‗indilari isitgichli apparatga solinadi. Asosan suv, kerosin va izopropil 
spirtdan iborat 1 chi fraksiya 50-80S ostida xaydaladi. 2 chi asos-paxikarpin 165-185 
da xaydaladi. 
Texnik paxikarpin monoyodgidratning olinishi.


 Asos-paxikarpin po‗latli emallangan idishga N
CL
ning suvli eritmasi rN 6,0-6,5 
gacha solinadi va aralashtiriladi. Neytrolizatsiyalashda aralashma temperaturasi 3-35 S 
dan oshmasligi kerak. Keyin aralashma 20-25S gacha sovutiladi. 
Aloxida kaliy yodning suvli eritmasi tayyorlanadi. Sovutilgan paxikarpin 
xloridning suvli eritmasiga aralashtirib turgan xolda kaliy yodining eritmasi tezda 
solinadi. CHo‗kmaga tushgan paxikarpin monoyodgidratli reaksion massani 18-20S 
gacha sovitiladi, sentrifugada sentrifugalanib 2 marta sovuq suv bilan yuviladi. 
Paxikarpin monoyodgidratni xavoda quritiladi. 
Texnik paxikarpin monoyodgidratni tozalash.
Apparatga distillangan suv solib qizdiriladi va texnik paxikarpin monoyodgidrat 
solinadi. Bunga yana faollangan ko‗mir solinadi. Massa qaynaguncha qizdiriladi va 
nutch filtrda filtrlanadi. Filtrat idishga solinib 10-15 S gacha sovutiladi. CHo‗kmaga 
tushgan paxikarpin monoyodgidratning oq kristallari sentrifugada sentrifugalanib 
sovuq distillangan suv bilan yuviladi. Paxikarpin kalorifer kuritgichda 50-60S 
temperatura ostida 10-14 soat davomida quritiladi. Ishlab chiqarishda olinadigan 
matochniklarga aloxida ishlov beriladi. 
Ishlab chiqarishdagi umumiy chiqish 63,78% tashkil qiladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish