eritmani haydash uchun apparatga yuboriladi. Rutin esa quritgichda 80-85
O
S da quritiladi.
Tamom bo‗lgandan keyin, xom-ashyodan rutinni tarkibini spektrometrik analiz qilinadi.
Rutinning kim‘yoviy tuzilishi. 1927 yilda rutin A.Perkin tomonidan aniqlangan.
Rutinning vitamin R tasirga ega ekanligi 1942 yilda aniqlangan. 1962 yilda rus olimi
N.A.Preobrajenskiy o‗z ishchilari bilan birgalikda rutinni sintez yuli bilan olish usulini
ishlab chiqishdi. Rutin kim‘yoviy tuzilishi jihatdan flavanolglikozidlar qatoriga kirib,
uning tarkibi kvarsetin-aglikoni va D-glyukoza bilan va
l
-ramnozadan tashkil topgan
disaxaridrutinozadan iborat.
Rutin sof holda sarg‗ish - yashil, mayda kristall kukun bo‗lib, spirtda qiyin
eriydi, suyultirilgan ishqorlarda eriydi, suv efir, xloroform va benzolda erimaydi. U
183-194
0
S haroratda suyuqlanadi.
Rutinning chinligini aniqlashda qizil rangli sianin xlorid hosil qilish reaksiyasidan
foydalaniladi. Bunda preparatning spirtdagi eritmasiga konsentrlangan xlorid kislota
ishtirokida rux yoki magniy qirindisi ta‘sir etirilsa, qizil rang paydo bo‗ladi. Bu rutinning
chinligini aniqlashda asosiy reaksiya sifatida Davlat farmakopeyasiga kiritilgan bo‗lib, uni
sianin reaksiyasi nomi bilan yuritiladi.
Reaksiyadan ko‗rinib turibdiki, sianin- moddasining hosil bo‗lishi
flavonoidlardagi karbonil guruhi va 2,3 holatdagi qo‗shbo\li uglerodlarning
vodorod ta‘sirida gidrirlanishi va so‗ngra esa degidridlanishi hisobigadir.
Keyinchalik aralashmaga neytral muhitgacha natriy gidroksid eritmasi qo‗shilganda
ranglanish kuchayib boradi. Bu sianin moddasining avval psevdoizomer, sungra esa
oksixinon shakliga o‗tib ketishi natijasidadir, deb tushunish mumkin.
Rutinning chinligini aniqlashdagi sianin xosil qilish reaksiyasi barcha
flavonoidlarga xosdir. Ammo ularning kimyoviy tuzilishiga qarab rang ham har xil
(oltinsimon sariq rangdan, to‗q qizil rangacha) bo‗ladi.
Rutinning 1 mol
¦
l natriy gidroksiddagi eritmasi to‗q sariq rangga bo‗yaladi. Rang
eritmaning turishi natijasida yana ham to‗qlashadi. Bu rutindagi geteratsiklik xalqaning
"ochilib" xalqon - moddasiga o‗tishi natijasidadir.
Ishqor ta‘sirida eritmada rangning to‗qlashib ketishi bu barcha polifenol
xildagi flavonoidlarga hosdir.
Rutinni xlorid kislota bilan qizdiridganda, u gidrolizlanib kversetin, glyukoza va
ramnozalarga parchalanadi:
Hosil bo‗lgan glyukoza va ramnozani aldegidlarga xos reaksiyalar yordamida
aniqlash mumkin. Masalan, ularni kumush ko‗zgu hosil qilish yoki feling suyuqligidan
qizil rangli cho‗kma holida mis-1-oksid ajratib chiqarishi reaksiyasidan foydalaniladi.
Rutinning spirtdagi eritmasiga qo‗rg‗oshin atsetat qo‗shilsa, sariq ninasimon
cho‗kma shaklida kompleks tuz hosil bo‗ladi.
YUqorida keltirilgan reaksiyalardan tashqari, flavonoidlarni, jumladan rutinning
chinligini aniqlashda yana bir qator boshqa reaksiyalar adabiyotda uchraydi.
Rutinning miqdori Davlat farmakopeyasi buyicha spektrofotometrik usul yordamida
aniqlanadi. Uni spirtdagi 0,00125% eritmasining optik zichligi 375 va 362,5 nm to‗lqin
uzunligida o‗lchab aniqlanadi.
Rutinning miqdorini tortma usulda xam aniqlash mumkin. Buning uchun
preparatning ma‘lum miqdorini xlorid kislota ishtirokida qaynatib gidrolizlanadi. Bunda
cho‗kma hamda ajralib chiqqan kversetinni yig‗ib olib yuviladi va quritib tortiladi.
SHuningdek, rutinning miqdorini ishqor ta‘sirida uning sariq rangi to‗qlashib ketishidan
foydalanib, fotokolorimetrik usul bo‗yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: