Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан


T arkibida glikozidlar sa



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/70
Sana28.06.2022
Hajmi2,35 Mb.
#715648
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi 2

T
arkibida glikozidlar sa
q
lovchi dorivor o‘simliklar tasnifi (klassifikatsiyasi

Tarkibida glikozid saqlovchi o‗simliklar shu glikozidlar aglikonining 
kimyoviy tuzilishiga qarab sinflarga bo‗linadi. Ba‘zi glikozidlar xozirgacha etarli 
darajada o‗rganilmagani uchun sinflarga bo‗lishda ularning fizik xossalari yoki 
xayvonlar organizmiga ko‗rsatadigan fiziologik ta‘siri asos qilib olingan. 
Tibbiyotda ishlatiladigan tarkibida glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar va 
maxsulotlar quyidagi sinflarga bo‗linadi: 
1.Tarkibida tioglikozidlar bo‗lgan; 
2.Tarkibida sianogen glikozidlar bo‗lgan; 
3.Tarkibida monoterpen (achchik) glikozidlar bo‗lgan; 
4.Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bo‗lgan; 
5.Tarkibida triterpen glikozidlar (saponinlar) bo‗lgan; 
6.Tarkibida fenolglikozidlar bo‗lgan; 
7.Tarkibida antraglikozidilar bo‗lgan; 
8.Tarkibida flavon glikozidlar bo‗lgan va boshqalar. 
YUkorida keltirilgan glikozidlardan tashqari oshlovchi moddalardan katta bir guruxi 
(gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar), qisman kumarinlar (kumarin glikozidlar) va 
boshka birikmalar xam glikozidlarga kiradi.
Tarkibida tioglikozidlar bo„lgan dorivor o„simliklar
 
Aglikoni tarkibida oltingugurt bo„lgan glikozidlar tioglikozidlar (S-
glikozidlar) deb ataladi. Bu glikozidlardagi qand molekulasi aglikon qismi 
bilan oltingugurt atomi orqali birlashgan. Tioglikozidlarning ferment 
ta‟sirida parchalanishidan xosil bo„lgan aglikon qismi efir moylari xossasiga 
o„xshash xossaga ega (uchuvchan va suv bu\i bilan xaydaladi). SHuning 
uchun bu glikozidlarning ba‟zi aglikonlari efir moyi deb yuritiladi. 
T ioglikozidlar achchiq bo‗lib, organizmning shilliq qavatlariga va teriga qitiqlovchi ta‘sir ko‗rsatadi (terini qizdiradi yoki kuydiradi). Oz mikdorda 
iste‘mol qilinsa, ishtaxa ochadi. T ioglikozidlar kuchli bakteritsid ta‘sirga ega. 
T ioglikozidlar yoki izotiotsianatlar xayvonlarda bo‗qoq kasalligini paydo qilishi mumkin, degan fikr xam bor. 
Tioglikozidlarning turlari ko‗p. Ular asosan, karamdoshlar (butguldoshlar, 
krestguldoshlar) rezadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan
karamdoshlar (butguldoshlar) oilasiga kiradigan o‗simliklar (shol\om, karam, rediska, turp, 
xren, xantal va boshqa o‗simliklar) da keng tarqalgan. 
Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o‗simliklardan xozircha faqat xantal uru\i (uni 
tarkibida tioglikozid sinigrin bo‗ladi) ishlatiladi. 
Sinigrin mirozin fermenti ta‘sirida glyukoza, kaliy bisulfat va allilizotiatsianatga 
(xantal efir moyiga) parchalanadi: 
Tarkibida sianogen glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar
Glikozidlar parchalanib sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar 
deb ataladi. Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaxarli 
birikma bo‗lib, ularning ko‗pchiligi ra‘noguldoshlar oilasiga kiradigan o‗simliklarga 
xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq danakli o‗rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo‗ri, 


olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o‗simliklar uru\i (ma\zi) ning achchiq mazali 
bo‗lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bo\liq. 
Sianogen glikozidlarning parchalanishi natijasida xosil bo‗lgan maxsulotlar efir 
moylarining fizik xossasiga o‗xshash xossaga ega bo‗ladi. 
Tibbiyotda sianogen glikozidlardan asosan o‗z, tarkibida amigdalin saqlovchi 
dorivor o‗simliklar ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo‗lib, yuqorida aytib 
o‗tilgan ra‘noguldoshlar oilasiga kiruvchi o‗simliklarning uru\i, bargi va boshqa 
organlarida bo‗ladi. Bu o‗simlik organlari to‗qimasida amigdalin bilan birga emulsin 
fermenti xam uchraydi. Amigdalin ana shu ferment ta‘sirida parchalanib, ikki molekula 
glyukoza, sianid kislota va benzoy aldegid xosil kiladi: 
Gidroliz natijasida ajralib chiqqan sianid kislota benzoy aldegid bilan reaksiyaga 
kirishib, benzoaldegidsiangidrid birikmasini xosil qilishi mumkin. 
Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlari achchiq bodom uru\idan yoki 
uning o‗rnida ishlatilishi mumkin bo‗lgan o‗simliklardan tayyorlanadi. 
Maxsulotda amigdalin borligini quyidagi reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. 
1. Achchiq bodom (yoki achchiq o‗rik, shaftoli va boshqalar) uru\i (ma\zi) ni 2-3 
tomchi suv bilan chinni xovonchada ezilsa, amigdalinning emulsin ferment ishtirokida 
parchalanishidan xosil bo‗lgan sianid kislota va benzoy aldegidning o‗ziga xos xidini 
sezish mumkin. 
2. Achchiq bodom (yoki shaftoli, achchiq danakli o‗rik va boshqalar) uru\i 1-2 
tomchi konsentrlangan sulfat kislota bilan chinni xovonchada ezilsa, pushti rang xosil 
bo‗ladi. 
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom uru\idan achchiq bodom suvi tayerlanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish