MUQADDIMA
S
o‘nggi yillarda Finlyandiya ta’limiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ko‘p
mamlakatlar oʻqituvchilari, direktorlari va boshqa taʼlim ekspertlari Finlyandiyaning PISA
kabi xalqaro baholash dasturlaridagi yuqori taʼlim natijalari ko‘plab
mamlakatlardagi
oʻqituvchilar, direktorlariva boshqa taʼlim ekspertlari uchun birdek qiziq. Finlyandiya
nafaqat eng yaxshi
ta’lim natijalarini ortiqcha yuklamalarsiz va bolalarga yo‘naltirilgan
yondashuv bilan birlashtira oldi, balki barcha bolalarga ushbu sifatli ta’limni teng darajada
taqdim etdi. Shu sababli ham, Finlyandiya ta’lim tizimining
muvaffaqiyati dunyo
hamjamiyatida katta qiziqish uy
g‘otdi. Ko‘pgina o‘qituvchilar, direktorlar va ta’lim sohasi
vakillari ushbu dunyoga mashhur ta’lim tizimi amaliyotda qanday ishlashini bilishni
xohlashadi. Finlar bunday ajoyib ta’lim natijalariga erishish uchun aslida nima qilishadi?
Bizning Learning Scoop kompaniyamiz Finlyandiya ta’limining turli jihatlarini
amaliyotga samarali joriy etish orqali 50 dan ortiq mamlakatlarda xalqaro ta’lim
beruvchilarni tayyorlab kelmoqda. Bu orqali biz Finlyandiya ta’limining qaysi omillari
global miq
yosdagi ta’lim beruvchilarni ko‘proq qiziqtirayotgani haqida tushunchaga ega
b
o‘ldik. Bizning yurtimizda boshqa mamlakatlardagi taʼlim mutaxassislarini qiziqtiradigan
gʻoyalar va amaliyotlar mavjud boʻlganligi sababli, oʻz tajribalarimizni barcha bilan baham
koʻrishimiz tabiiy. Biz uchun baham ko‘rish g‘amxo‘rlikdir.
S
o‘nggi yillarda Finlyandiya ta’limi haqida bir qator ajoyib kitoblar nashr etildi.
Shunga qaramay, muayyan mavzularning umumiy tavsifi (Nima?), Finlyandiya ta’limining
o‘ziga xos xususiyatlarining mantiqiy asoslari (Nima uchun?)
hamda ushbu
tashabbuslarning kundalik ta’lim jarayonida qanday qilib (Qanday?) amalga oshirilishiga
oid amaliy misollarni
o‘zida jamlagan Finlyandiya ta’limining amaliyotga yo‘naltirilgan
nashri yetishmayotgan edi. Mazkur kitob bilan biz shu ehtiyojni t
o‘ldirishga umid
bo
g‘laganmiz. Bu kitob boshqa davlatlardagi kabi ta’limdagi tajribalarning katalogidan
k
o‘chirma emas. Ta’lim har doim mahalliy shart-sharoitlar, madaniyat va tarix bilan bog‘liq
b
o‘lgan. Shunga qaramay, boshqa davlatlardan yangi g‘oyalarni olish, ularni o‘z davlati
va tizimiga mosligini tekshirish
uchun sinab k
o‘rish mumkin. Finlyandiya bugungi ta’lim
tizimini bunyod etishda boshqa davlatlardan juda k
o‘p narsalarni o‘rgangan. Biz uchun,
bir-birimizdan
o‘rganish ta’limni global miqyosda rivojlantirishning muhim yo‘lidir.
Ushbu kitob Fin ta’limining asosiy mavzulari bo‘lgan oltita asosiy maqolani taqdim
etadi.
1.
Fin ta’limining tamoyillari
2.
Finlyandiyaning yangi milliy o‘quv dasturi: Nima uchundan qanday qilibgacha
3.
Finlyandiya usulida ta’limni qo‘llab-quvvatlash
4.
Finlandiyada pedagogik liderlik
5.
Finlyandiyadagi erta yosh ta’limi hayot davomida ta’lim olish yo‘lining asosi
sifatida
6.
Ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limi haqida nimalarni bilishi kerak – Fincha
dunyoqarash
Bu maqolalarning har biri Fin ta’limining yetakchi g‘oya
va maqsadlarining
amaliyotda qanday q
o‘llanilishini tavsiflovchi bir nechta amaliyotga yo‘naltirilgan
misollarni
o‘z ichiga oladi. Bu misollar Fin ta’limining tajribali ekspertlari: sinf rahbarlari,
fan
o‘qituvchilari, maxsus ta’lim mutaxassislari, direktorlar,
trenerlar va pedagoglar
tomonidan yozilgan.
Ushbu loyihaga hissa q
o‘shgan har bir mutaxassis ko‘p yillik ish tajribasiga va
ushbu kitobda k
o‘rib chiqiladigan mavzular bo‘yicha amaliy bilimga ega.
Bu haqiqat,
ayniqsa, muhokama qilinayotgan masalalarning real hayotdagi ta’lim sharoitida qanday
ishlashi haqida birinchi q
o‘ldan ishonchli ma’lumot izlayotgan o‘quvchilar uchun kitobning
dolzarbligini oshiradi. Mualliflar yoritgan mavzular sinchkovlik bilan tanlab olingan, bu esa
o‘quvchiga Finlyandiya ta’limidagi eng so‘nggi tajribalarni taqdim etadi. Ayrim sabablarga
k
o‘ra, biz xohlasak ham berilgan maqolalarni to‘la taqdim etishning imkoni bo‘lmadi. Biz
ushbu kitobni yozishda beqiyos yordami uchun Learning Scoop jamoasiga
minnatdorchilik bildirmoqchimiz: tajriba,
g‘ayrat va moslashuvchanligi uchun Satu
Herrala, Riitta Juusenaho, Yoxanna Kämäräinen, Juha Lahtinen,
Jukka Miettunen,
Teemu Nieminen, Tommi Roininen va Kaisa Tuomarlalarga rahmat! Eng yaxshi jamoa
b
o‘lganingiz uchun tashakkur! Doktor Kennet Vellaga alohida minnatdorchiligimizni
bildirmoqchimiz. Uning doimiy yordamisiz bu kitob bugun yaratilmagan b
o‘lardi. Kitobni
tarjima va taxrir qilishda professional darajada bergan yordami uchun Iiris Liljaga
tashakkur. Ushbu q
o‘lyozmani yakunlashimizga yordam bergan cheksiz dalda va qo‘llab-
quvvatlagani uchun bosh direktorimiz Ellimaiya Ahonenga minnatdorchilik bildiramiz!
Shuningdek, Kite Group kompaniyasiga ishonchi va jarayondagi yordami uchun rahmat
aytamiz.
Bundan tashqari, biz
Finlyandiyada va xorijda
o‘qitgan barcha o‘qituvchilar,
direktorlar va ta’lim bo‘yicha mutaxassislarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Umumiy
maqsadimiz
, ya’ni barcha uchun sifatli ta’lim olishni ta’minlash sari intilayotganimizda siz
biz uchun ilhom manbaisiz!
Yoxanna Järvinen-Taubert
Päivi Valtonen
Elena Chuxlantseva
2021-yil 4-aprel
Tampere shahri