Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?



Download 357,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana22.12.2022
Hajmi357,72 Kb.
#894493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fin ta\'limi amaliyotda

 
Finlyandiyada 
o‘qituvchilar va maktablar
o‘z vazifalari uchun mas’ul hisoblanadi,
biroq ular 
o‘z harakatlari uchun hech kimga
hisob bermaydilar. 
 
Uolker (2017, 122) yuqoridagi ikkita atamani quyidagicha farqlaydi: 
“hisobdorlik” 
asosan q
o‘rquvga, “mas’uliyat” esa ishonchga asoslangan. Mas’uliyat ishni 
bajaradiganlarga kuch beradi: u 
o‘qituvchilarda kuchli professional tashabbuskorlik 
tuy
g‘usini shakllantiradi (Sahlberg 2007, 155). O‘z vazifangiz uchun mas’uliyatli bo‘lish - 
bu ta
’lim jamoatchiligi va insonning o‘zi tomonidan qo‘yilgan ichki talab. Bu sizning 
faoliyatingiz muayyan natijaga olib kelishini va boshqalar bundan umidvor ekanligini bilish 
demakdir. Mas
’uliyat – bu sizning o‘z vazifangizni iloji boricha yaxshi bajarish uchun ichki 
chaqiriq. Javobgarlik esa odatda sizga boshqa birov tomonidan yuklanadigan vazifa 
natijasida yuzaga keladi. Harakatlaringiz uchun sizni javobgarlikka tortadigan bu shaxs 
sizdan ustundir. Siz vazifani bajarish uchun javobgar b
o‘lsangiz, u sizning vazifani qanday 
bajarishingiz va yakuniy natija 
uchun mas’ul bo‘ladi. 
Mustaqillik 
O‘zaro ishonchning yana bir muhim belgilaridan biri Finlyandiyada o‘qituvchilarga 
yuqori darajada akademik mustaqillik berilganidir. Fin 
o‘qituvchilari oliy ma’lumotga ega 
va shuning uchun 
o‘z ishining mutaxassisi hisoblanadi. Boshqa har qanday mutaxassis 
o‘z kasbining ustasi bo‘lgani kabi, o‘qituvchilarning ham o‘z ishlarini qanday tashkil etishni 
bilishlariga qattiq ishoniladi. Shuning uchun, ularning faoliyati hech qanday tarzda 


monitoring yoki nazorat qilinmaydi. 
O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilari va talabalari uchun nima 
foydali ekanligini eng yaxshi bilish
i e’tirof etiladi. 
O‘qituvchilikka yuqori malakali kasb sifatida qarash akademik mustaqillikning 
asosidir. Odatda mutaxassislarga nima qilish kerakligi aytilmaydi va nazorat qilinmaydi; 
ularning 
o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashishlariga va uni yaxshi bajarishlariga 
ishoniladi. Finlyandiyada 
o‘qituvchilar maktablarining asosiy bo‘g‘inidir. Shuning uchun 
ular maktab faoliyatidagi 
o‘zgarishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda faol ishtirok 
etadilar. 
O‘qituvchilar faoliyati tashqaridan tekshirilmaganligi sababli, ular o‘quvchilar 
o‘zlashtirishini yaxshilash, ularda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda 
o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ochiq, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni 
rivojlantirishga k
o‘proq e’tibor qaratishlari mumkin. (Sahlberg 2006, 281-282.) 
Pedagoglarning bunday yuksak kasbiy mahorati b
o‘lajak o‘qituvchilarning oliy 
o‘quv yurtlarida yuqori sifatli bilim olishiga asoslanadi. Finlyandiyada oʻqituvchilar 
maʼlumoti bo‘yicha yuqori darajada turishadi: ularning barchasi tadqiqotga asoslangan 
universitet dasturlarini tamomlagan va magistr darajasiga ega. Finlyandiya 
o‘qituvchilarini 
tayyorlash faqat ular 
o‘qitadigan fanlar va fan didaktikasi bilan cheklanmaydi. Qo‘shimcha 
ravishda, 
o‘qituvchilikka nomzodlar bolalar psixologiyasi, pedagogika, maxsus ta’lim, 
mamalakatdagi 
o‘quv dasturi va ta’limga oid ijtimoiy muammolarni ham puxta 
o‘rganadilar. Bularning barchasi ularni o‘z maktablaridagi jarayonlarda kengroq ishtirok 
etishlarini ta’minlaydi. Ular maktabdagi o‘quv rejalarini birgalikda ishlab chiqish, 
o‘qitishning eng samarali usullarini tanlash, o‘quvchilar natijalarini baholash, o‘zlashtirishi 
qiyin b
o‘lgan o‘quvchilarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish va shu orqali o‘qituvchi sifatida 
o‘zlarining kasbiy rivojlanishi va o‘sishini mustaqil ravishda boshqarishlariga zamin 
yaratiladi. (Sahlberg 2017b, XV.) 
O‘qituvchilarga ekspert sifatida munosabatda bo‘lish va ularga o‘z ishida erkinlik 
va mas'uliyat berish bu kasbning jamoatchilik orasidagi obr
o‘sini mustahkamladi 
(Sahlberg 2015, 105). Yoshlar 
o‘qituvchilikni eng yaxshi kasblardan biri deb bilishadi, 
shuning uchun k
o‘p Fin yoshlari kelajakda o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilishadi. Odatda 
natijalari eng yuqori b
o‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchi bo‘lishni xohlashadi, shuning uchun 
ham pedagoglarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalariga kirish juda qiyin. Darhaqiqat, 
abituriyentlarning atigi 10-20 foizigina bu y
o‘nalishda talaba bo‘lish baxtiga muyassar 
b
o‘ladi. Sahlberg (2017, XV) ta’kidlaganidek, Finlyandiyada o‘qituvchilik kasbi nufuzining 
mustahkamlanib borishi 
o‘z navbatida o‘qituvchilar va maktablarga bo‘lgan kuchli e’tibor 
va ishonchning, shuningdek
o‘qituvchilarning maqomi va yoshlar orasida o‘qituvchi 
b
o‘lishga ishiyoqning oshishiga xizmat qilmoqda. 
O‘qituvchilarning professionalligi va mustaqilligi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. 
Sahlberg (2015, 105) ta'kidlashicha, Finlyandiya 
o‘qituvchilari maktab ta'limining barcha 
darajalarida 
o‘zlari ta’lim olgan barcha narsalardan amaliyotda foydalanish uchun zarur 
b
o‘lgan to‘liq professional avtonomiyaga ega. Bu darsni rejalashtirish, o‘rgatish, o‘quv 
jarayonini diagnoz qilish, natijaga k
o‘ra bo‘shliqlarni to‘ldirish va baholash kabilarni o‘z 
ichiga oladi. Mutaxassislar 
o‘z majburiyatlarini professional tarzda bajarishlari uchun, ish 
davomida talab qilinadigan barcha resurslarga ega b
o‘lishlari kerak. O‘qituvchilar o‘z 
rejalaridagi barcha maqsadlarni amalga oshirish uchun ham sinfda, ham sinfdan 
tashqarida yetarli vaqt bilan ta'minlanadi. (Sahlberg 2015, 105).
O‘qituvchilar o‘z darslarida haqiqatan ham mustaqildir. Sahlberg (2007, 152) 
Finlyandiyada 
o‘qitish va o‘rganishning o‘ziga xos xususiyati o‘qituvchilar va o‘quvchilarni 
yangi 
g‘oyalar va usullarni sinab ko‘rishga, innovatsiyalar haqida va ulardan foydalangan 


holda 
o‘rganishga, maktablarning pedagogik merosini hurmat qilgan holda ijodkorlikni 
rivojlantirishga undash ekanligini alohida ta'kidlaydi. 
Yuqorida aytilganidek, 
o‘qituvchilarga keng akademik mustaqillik berilgan. Ular 
milliy 
o‘quv dasturiga asoslangan holda quyidagi masalalar bo‘yicha mustaqil qaror qabul 
qilishlari mumkin: 
1. 
o‘qitish jarayonida nimaga urg‘u berish kerakligi, 
2. 
muayyan mavzularni qachon o‘qitish, 
3. 
muayyan mavzularni qanday o‘qitish, 
4. 
muayyan mavzular bo‘yicha darslarni qayerda tashkillashtirish, 
5. 
o‘qitishda qanday usullardan foydalanish, 
6. 
qaysi fan va mavzularni integratsiyalashgan holda o‘rgatishni tanlash, 
7. 
dars davomida mashg‘ulotlarni qanday tashkil etish, 
8. 
qanday o‘quv materiallaridan (darsliklar, raqamli resurslar va boshqalar) 
foydalanish, 
9. 
o‘quvchilarga qancha va qanday uy vazifasini
4
berish, 
10. 
o‘quvchilar o‘zlashtriishini qanday baholash, 
11. 
boshqa o‘qituvchilar bilan qanday va qaysi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish. 
(Qarang: Finnish Education in a Nutshell 2017, 12-13; Walker 2017, 43-44.) 
Uolker (2017, 91-127) bu mustaqillikni Finlyandiya ta'limining asosiy 
elementlaridan biri sifatida ta'riflaydi. Finlandiyada nafaqat 
o‘qituvchilar, balki o‘quvchilar 
va talabalarga ham ta’lim jarayonida keng mustaqillikka berilgan. Finlyandiyalik yoshlar 
boshqa k
o‘plab mamlakatlardagi tengdoshlariga qaraganda ancha mustaqil. Ayni damda 
yaxshi 
o‘qishlari uchun ularga ko‘proq mas'uliyat yuklanadi. Uolker (2017, 93) Finlyandiya 
bolalari uyda va maktabda muayyan k
o‘rsatmalarsiz o‘zlari mustaqil ravishda 
shu
g‘ullanishlari uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega ekanligini va bu imkoniyatlar orqali 
ular 
o‘rganuvchilar sifatida ko‘proq o‘z-o‘zlarini boshqarishini keltiradi. Buni 
Finlyandiyaning oxirgi milliy 
o‘quv dasturi islohotida ham ko‘rish mumkin. Yangi milliy 
o‘quv dasturi maktab ichida va tashqarisida o‘quvchilar agentligini rivojlantirishga, 
shuningdek, 
o‘rganish zavqini birinchi o‘ringa qo‘yish, hamkorlikda o‘rganish muhitini 
rivojlantirishga ur
g‘u beradi. (Uolker 2017, 93.) 
Finlyandiya maktablari ham mos ravishda keng mustaqillikka ega. Pokka (2015, 
55) Finlyandiya maktab jamoasining mustaqilligini quydagicha ta
’riflaydi: “Maktablar milliy 
va mahalliy ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilangan tartiblar asosida boshqarilsa-da, 
maktab jamoasi 
ta’lim maqsadlariga qanday erishishlari bo‘yicha o‘zlari qaror qabul 
qilishadi”. Maktablar qonun bilan belgilangan asosiy tartib va qoidalarga amal qilgan 
holda 
o‘zlarining boshqaruv tizimi va qarashlari asosida o‘qitish va o‘rganishni tashkil 
etish huquqiga ega. Bundan tashqari, k
o‘p hollarda maktab byudjetini tasarruf etish, 
maktab uchun xaridlarni amalga oshirish va kadrlar siyosatini yuritish ham maktablar 
zimmasidadir. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 12.) 
Akademik mustaqillikni hisobga olgan holda Finlyandiya maktablari uchun eng 
katta vazifalardan biri - bu Milliy 
o‘quv dasturi asosida mahalliy va maktab uchun mos 
b
o‘lgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishdir. Maktab uchun maxsus o‘quv dasturini ishlab 
chiqish butun jamoa harakat qiladi. Bu 
o‘qituvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha o‘quv 
mazmunini ham, ushbu mazmunni 
o‘qitish usullarini ham tanlash imkonini beradi. (Pokka 
2015, 56.) 
4
Finlyandiyada 
o‘quvchilarga uyga vazifa beriladi, lekin bu tizimi boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda 
bu juda yengil tashkillashtirilgan. 


Ushbu mustaqillik umumiy ta
’lim tizimini nazorat qiluvchi tashkilotlarga ham 
tegishli. Munitsipalitetlar, maktablar va ta'lim muassasalarini boshqaruvchi organlar 
o‘quv 
dasturlarini amaliyotda k
o‘zlanganidek olib borish, ta’lim samaradorligi va sifati uchun 
mas
’uldirlar. Boshqa ko‘plab mamlakatlarga qaraganda qoidalar ham ancha erkin. Misol 
uchun, sinfda 
o‘quvchilar soni bo‘yicha muayyan qoida yo‘q yoki ta’lim tashkilotlari va 
maktablar 
o‘quvchilar va talabalarni guruhlarga bo‘lib o‘qitish kabi masalalarda mustaqil 
qaror qabul qilishlari mumkin. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 12.) 

Download 357,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish