Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?


“Barcha uchun teng va yuqori sifatli



Download 357,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana22.12.2022
Hajmi357,72 Kb.
#894493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fin ta\'limi amaliyotda

“Barcha uchun teng va yuqori sifatli
ta
’lim olish huquqi ta’minlanishi kerakligi
Finlyandiya ta
’limining asosiy
poydevorlaridan biridir
”. 
Ijtimoiy tenglik 
Finlar uchun ijtimoiy va moliyaviy ahvoliga qaramay, barcha bolalar ta
’limda 
muvaffaqiyat qozonish uchun teng imkoniyatlarga ega b
o‘lishini ta’minlash muhim 
maqsaddir. Sahlberg (2017, XIV-XV) ushbu tamoyilni Finlyandiya sinflarida ham k
o‘rish 
mumkinligini quyidagicha ta
’kidlaydi: 
“Fin o‘quvchilarining aksariyati o‘zlarining 
qobiliyatlari yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatiga k
o‘ra farqlanmasdan yoki ajratilmasdan ijtimoiy 
jihatdan turfa xil b
o‘lgan sinflarda o‘qiydilar”.
Ushbu ijtimoiy tenglikni ta
’minlashning asosiy vositalaridan biri maktabgacha 
ta
’limdan to oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda bepul bo‘lgan umumiy ta’limdir
2

1
Yangi Zelandiya va Avstraliya ayollari Fin ayollaridan oldin ovoz berish huquqini qo‘lga kiritgan. Biroq, 
finlyandiyalik ayollar Yevropada birinchi bo‘lib ovoz berish huquqiga ega bo‘lish bilan birga dunyoda birinchi 
bo‘lib saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etish g‘alaba qozonishdi. 
2
Finlyandiyada xususiy maktablar 
deyarli yo‘q (Bir nechta diniy ta’lim yoki muayyan muqobil pedagogikaga 
asoslangan xususiy maktablar mavjud
), lekin ular ham milliy o‘quv dasturiga amal qiladi, hukumat 


Maktabgacha va asosiy 
o‘rta ta’limda darsliklar va boshqa o‘quv materiallari bepul 
tarqatiladi, maktabdan uzoqda yashovchi 
o‘quvchilar uchun kundalik ovqatlanish va 
transport xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
O‘rta va oliy o‘quv yurtlarida darsliklarni 
o‘quvchilarning o‘zlari yoki ularning ota-onalari sotib oladilar, biroq bu bosqichlarda ham 
ta’lim bepulligicha qoladi. Bundan tashqari, Finlyandiyada barcha uchun to‘liq ta’lim olish 
imkoniyatini ta
’minlash maqsadida ta’lim grantlari va kreditlar tizimi yaratilgan.
Finlyandiya hukumati yuqori 
o‘rta maktab, kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’lim 
muassasalarida kunduzgi 
o‘qish uchun moliyaviy yordam dasturlarini taklif etishi mumkin.
(Finnish Education in a Nutshell 2017, 6.) 
Gender tenglik
Finlyandiyada 
o‘g‘il bolalar ham, qizlar ham ta’lim olishda teng huquqlarga ega 
ekanligi va ular bir maktabda birga 
o‘qitilishi hammaga ma’lum. Ko‘p hollarda 
Finlyandiyada qizlar ta’lim sohasida o‘g‘il bolalarni ortda qoldiradi. IHTT (Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) 
a’zolari orasida o‘tkazilgan 2016-yildagi PISA (Xalqaro 
o‘quvchilarni baholash dasturi) testi natijalari Finlyandiya ilm-fan sohasida yuqori 
o‘rinlardagi ishtirokchilar orasida qizlar soni o‘g‘il bolalarga qaraganda sezilarli darajada 
k
o‘p bo‘lgan yagona mamlakat ekanligini ko‘rsatdi (OECD 2016, 80). 2015-yilgi Xalqaro 
matematika va tabiiy fanlarni oʻrganish tendensiyalari (TIMSS) natijalariga koʻra, 
finlyandiyalik 4-
sinf oʻquvchi qizlari ham matematika, ham tabiiy fanlar boʻyicha oʻgʻil 
bolalarga qaraganda yuqori ballarni t
o‘pladi (Mullis & al. 2015). Shunga qaramay, finlar 
bu vaziyatni gender tengligi muammosi sifatida k
o‘rishadi. Finlyandiyada maktablar o‘g‘il 
bolalarni yetarli darajada q
o‘llab-quvvatlayaptimi yoki yo‘qmi degan savol bugungi kunda 
milliy darajada muhokama qilinmoqda. 
Maxsus ehtiyojga ega 
o‘quvchilar
Tenglik tamoyili ijtimoiy va moliyaviy kelib chiqishi turli darajada b
o‘lgan o‘quvchilar 
va talabalar yoki gender muammolari bilan cheklanmaydi. Darhaqiqat, tenglik 
g‘oyasi 
Finlyandiyaning turli xil ta
’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar va talabalarni qo‘llab-
quvvatlashga k
o‘p sarmoya kiritishining asosiy sababidir. Finlyandiyada har bir o‘quvchi 
va talaba bir xil ta
’lim olish huquqiga ega. 
Fin 
ta’limidagi hozirgi eng asosiy maqsad shuki, har bir o‘quvchining salohiyatini 
maksimal darajada oshirish kerak. Bu puxta maslahatlashuv va t
o‘g‘ri yo‘naltirishni talab 
qiladi. Maslahatlashuv va t
o‘g‘ri yo‘naltirishning maqsadi - o‘quvchilar va talabalarni 
q
o‘llab-quvvatlash, yordam berish va ularning barchasi ta’lim jarayonida iloji boricha 
yaxshi natijalarga erishishlari hamda 
o‘zlarining keying akademik va professional faoliyati 
b
o‘yicha tegishlicha maqbul qarorlar qabul qilishlari uchun yordam berishdir. (Finnish 
Education in a Nutshell 2017, 7-8.) 
Finlyandiyada barcha 
o‘qituvchilar, shuningdek muassasalardagi boshqa ta’lim 
xodimlari 
o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘naltirish va maslahat berish uchun mas’uldirlar.
O‘qituvchilar o‘quvchilar va talabalarga individual shaxs sifatida munosabatda bo‘lishlari 
lozim. Shuningdek, ularning 
o‘z imkoniyatlariga muvofiq harakat qilishlariga yordam 
berishlari kerak. Barcha 
o‘quvchilar va talabalar ta’lim olish jarayonida yordam olish va 
tomonidan moliyalashtiriladi va bu maktablarda 
o‘qish uchun to‘lov olishga ruxsat etilmaydi (Finnish 
Education in a Nutshell 2017 yil, 10-11).


q
o‘llab-quvvatlanish huquqiga ega. Bu yordam alohida ko‘rsatma olish yoki o‘quvchining 
maxsus ehtiyojlarini q
o‘llab-quvvatlash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Maqsad shundaki, 
har bir 
o‘quvchi muvaffaqiyatga erishishi va o‘rganish zavqini his qilishini ta’minlash bu 
harakatlarning bosh maqsadidir. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 7-8.) 
Milliy ozchilik va muhojirlar 
Mamlakat aholisining katta qismi finlardan tashkil topgan b
o‘lsa-da, Finlyandiya 
tenglikni ta’minlash nuqtai nazaridan til yoki etnik jihatdan milliy ozchilik va muhojirlar 
huquqlarini ham hisobga oladi. Finlyandiyada til yoki etnik jihatdan milliy ozchilik va 
muhojirlarni q
o‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. 
Mamlakatda ikkita rasmiy til bor: fin va shved. Taʼlim ikkala tilda ham olib boriladi. Asosiy 
va t
o‘liq o‘rta ta’lim o‘quvchilarining taxminan besh foizi ta’lim shved tilida olib boriladigan 
maktablarda 
o‘qiydi. Oliy taʼlimda ham mashg‘ulotlar har ikkala tilda birdek olib boriladi. 
(Finnish Education in a Nutshell 2017, 8.) 
O‘z ona tilini o‘rganish huquqi kichikroq milliy til guruhlarida ham hisobga olinadi. 
Mahalliy hokimiyat organlari Laplandiyaning sami tilida s
o‘zlashadigan hududlarida 
ta’limni sami tilida tashkil etishlari shart. Ta’lim beruvchilar o‘qitishni roman va sami kabi 
tillarda tashkil qilish, shuningdek, migrantlar farzandlarining 
o‘z ona tilisida ta’lim 
olishlarini tashkil qilish uchun hukumatdan q
o‘shimcha mablag‘ olishlari mumkin. Barcha 
migrantlar uchun asosiy yoki t
o‘liq o‘rta ta’limga tahsil olishlari uchun tayyorlov kurslari 
tashkil etiladi. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 8-9.) 
Shuni ta
’kidlash kerakki, Finlyandiya ta’limidagi tenglik shunchaki qog‘ozdagi gap 
emas. Tenglik turli siyosiy qarorlarda 
o‘z ifodasini topishi bilan bir qatorda Fin ta’limining 
amaldagi kundalik jarayonlarida ham t
o‘liq namoyon bo‘ladi.

Download 357,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish