Filosofiya uzb



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

Demokrit  (er.  av.  460-370)  mantiqiy  ta`limotida  fikrning  chinligi  masalasi  muhim  urin  tutadi.  U 
kuproq induktsiya va analogiyani urganishga e`tibor beradi, haqiqatni bilish uchun  yakka buyumlarni 
kuzatish, his qilish orqali umumlashtirish zarur, deb ta`kidlaydi. Hukmni sub`ekt va predikatning uzaro 
aloqasidan iborat, deb ta`riflaydi. U etarli asos qonunini ontologik asosda tushuntiradi. Demokritning 
mantiqiy ta`limoti keyinchalik Aristotel` va F. Bekon ta`limotlariga sezilarli ta`sir kursatgan. 
Sokrat (er.  av. 469-399) ta`limotiga kura buyumlarning mohiyatini bilib bulmaydi.  Inson, avvalo, 
uz-uzini bilishi kerak. Bilim umumiylik tug`risidagi tushunchadir. Haqiqatni aniqlash uchun uziga xos 
usul darkor. Bu usul vositasida urganilayotgan buyum haqida umumiy tushuncha hosil qilinadi va shu 
tushunchaga  asoslanib  buyum  haqida  fikr  yuritiladi.  Haqiqatni  aniqlash  uchun  muxolif  fikridagi 
ziddiyatlar  urganiladi.  Predmet  haqidagi  tushunchalar  ziddiyatli  bulsa,  demak  bilim  yuzaki  buladi. 
Sokrat haqiqatni aniqlashda induktsiya va definitsiyadan foydalanishni tavsiya etadi. 


 
 
70
70
Induktsiya  -  kundalik  hayotdagi 
yakka  misollar  asosida  umumiy  tushunchalarni  hosil 
qilish  usulidir.  Definitsiya  -  bahs  jarayonida  tushunchalarni  ta`riflashdan  iborat.  Bu  usulni  Sokrat 
«mayevtika» deb ataydi. 
Platon (er. av. 427-347) ustozi Sokratning, umumiy tushunchalar buyumlarning mohiyatini ifodalaydi, 
degan  fikrini  davom  ettiradi.  U  umumiy  tushunchalarni  buyumlardan  va  insonlardan  ajralgan  mutlaq 
g`oyalar  sifatida  talqin  qiladi,  ularni  birlamchi  deb  biladi.  U  hukmni  tafakkurning  asosiy  elementi  deb 
hisoblaydi.  Hukm  ega  va  kesimning  birligidan  iborat  bulib,  tasdiq  yoki  inkor  ma`noni  bildiradi.  Agar 
hukmda birlashishi mumkin bulmagan tushunchalar birlashtirilsa, u xato buladi. 
Platon hukmlarni tashkil etuvchi tushunchalarni piramida shaklida tasvirlaydi. Piramidaning uchiga 
ezgulik tushunchasini quyadi. Borliq, uzgarish, sukunat, ayniyat, tafovut tushunchalarini eng universal 
tushunchalar,  deb  ta`riflaydi.  Chin  bilimga  intuitsiya  orqali  erishiladi.  Platon  definitsiya  masalasiga 
katta  e`tibor  bergan,  yaqin  jins  va  tur  belgisini  kursatish  orqali  ta`riflash  usulini,  tushunchalarni 
dixotomik bulishni bilgan. 
Platon  tug`ri  tafakkurning  asosiy  qonunlarini  ta`riflab  bermagan  bulsa  ham,  ularning  mohiyatini 
tushungan. Masalan, kontradiktor tushunchalar, hukmlar, bir vaqtda bir xil munosabatda bir buyumga 
nisbatan  chin  bula  olmasligini  ta`kidlagan.  «evtidem»  dialogidagi  «bir  narsaning  ham  bulishi,  ham 
bulmasligi mumkin emas», degan fikri uning nozidlik qonunini bilganligidan dalolat beradi. 
Mantiq  ilmining  alohida  fan  sifatida  shakllanishi  Aristotelning  nomi  bilan  bog`liqdir.  U  birinchi 
bulib,  mantiq  ilmi  urganadigan  masalalar  doirasini  aniqlab  berdi.  Aristotelning  «Kategoriyalar», 
«Talqin  haqida»,  «Birinchi  Analitika»,  «Ikkinchi  analitika»,  «Sofistik  raddiyalar  haqida»,  «Topika» 
nomli  asarlari  bevosita  mantiq  masalalariga  bag`ishlangandir.  Uning  «Ritorika»,  «Poetika»  asarlari 
ham  mantiqiy  ta`limotining  muhim  tarkibiy  qismlari  hisoblanadi.  «Metafizika»,  «Ruh  haqida» 
asarlarida esa mantiq masalalari ma`lum darajada bayon qilingan. 
Aristotel`  mantiqni  «ma`lum  bilimlardan  noma`lum  bilimlarni  aniqlovchi»,  «chin  fikrni  xato 
fikrdan  ajratuvchi»  fan  sifatida  ta`riflaydi.  Mantiqning  vazifasi  chin  fikrni,  haqiqatni  aniqlashdir, deb 
ta`kidlaydi. 
Mutafakkir  haqiqatning  mavjudligini,  ob`ektiv  xarakterini  e`tirof  etgan  holda,  «bilimlarimizning 
voqelikka  mos  kelishi  -  haqiqatdir»,  deb  kursatadi.  U  haqiqatni  aniqlashda  nozidlik  va  uchinchisi  istisno 
qonunlariga amal qilish zarurligini ta`kidlaydi. Aristotel`  bu qonunlarni ham  ontologik, ham  gnoseologik 
nuqtai nazardan ta`riflaydi. Bir vaqtda, bir xil munosabatda aynan bir predmetga nisbatan uzaro bir-birini 
istisno fikrlarni bildirish mumkin emasligini, chunki bu fikrlardan biri chin, boshqasi xato bulishi yoki har 
ikkisi xato bulishi mumkinligini asoslab beradi, uzaro ikki zid fikrning biri chin, boshqasi xato bulganda, 
uchinchi fikrga urin yuq, ekanligini ta`kidlaydi. 
Aristotel`  asarlarida  tug`ri  tafakkurning  ayniyat  va  etarli  asos  qonunlari  maxsus  tarzda  kurib 
chiqilmagan.  Lekin  mutafakkir  asarlarining  tahlili  ularda  bu  qonunlarga  xos  talablarning  bayon 
qilinganligini kursatadi. 
Aristotelning  mantiqiy  ta`limotida  xulosa  chiqarish  etakchi  urinni  egallaydi.  U  tafakkur  shakllari 
bulgan tushuncha va hukmni xulosa chiqarishning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qiladi. «Ruh haqida» 
asarida  mulohazalarni  ruhiy  hodisa  sifatida  tekshirsa,  «Metafizika»,  «Talqin  haqida»  asarlarida  uni 
mantiqiy  shakl  sifatida  analiz  qiladi.  Hukm  –  diayrezis  -  aqliy  analizning  natijasidir.  U  hukmni 
apofansis  deb  ataydi.  Hukm  biror  narsaga  nimaningdir  taalluqli  yoki  taalluqli  emasligi  haqida  bayon 
qilingan fikr bulib, u chin yoki  yolg`on bulishi mumkin. Har qanday gap ham hukm bulmaydi. Faqat 
qat`iy fikrlargina hukm hisoblanadi. Mutafakkir hukmning strukturasi mantiqiy ega, mantiqiy kesim va 
mantiqiy bog`lovchidan  iborat buladi, deb kursatadi: S-P (S-P emas). U hukmni quyidagicha turlarga 
ajratadi: 
 
 
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish