Filosofiya uzb


-mavzu. Mantiq ilmi va til



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

20-mavzu. Mantiq ilmi va til. 
 
Reja: 
1. Til-axborot belgilari sistemasi. 
2. Tabiiy va sun`iy tillar, ularning uzaro aloqasi. 
3. Tilning semantik kategoriyalari. 
 
Til  tafakkur  bilan  uzviy  boshlangan,  fikrimizning  bevosita  mavjud  bulishini  ta`minlaydigan  va 
kishilar urtasida aloqa urnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari sistemasidan iborat. Tilni urganish 
mantiq fanining muhim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma`lumki, tafakkur olamni mavhumlashtirib 
va  umumlashtirib  aks  ettiradigan  ideal  hodisadir.  Mavhum  narsalarni,  umumiylikni  faqat  til 
yordamidagina qayd qilish mumkin. 
Til va tafakkurning birligi nutqda uz ifodasini topadi. Nutq og`zaki va yozma holda mavjud bulib, unda 
fikrimiz moddiy shaklga, ya`ni xissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, 
balki jamiyatga tegishli bulib qoladi. 
Til kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana 
shuning uchun ham u chuqur ijtimoiy mazmunga ega hamda madaniyatimiz va tariximizning 
muhim bir qismini tashkil etadi. 
Til  yordamida  bilimlar  hosil  qilinadi,  tuplanadi  va  bir  avloddan  boshqa  avlodga  etkazib  beriladi. 
Shu tariqa u ta`lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniyatimizni taraqqiy ettirishga yordam 
beradi. 
Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqda ma`lum 
bir  xabarlar  berish,  uni  saqlash,  qayta  ishlash  va  uzatishga  imkoniyat  yaratuvchi  moddiy  predmetdir. 
Har qanday belgi ham til belgisi bula olmaydi. Tilga aloqasi bulmagan belgilar qatoriga nusxa-belgilar 
(masalan, fotografiya kartochkasi, barmoq izi va shu kabilar), indeks-belgilar yoki kursatuvchi belgilar 
(masalan,  badan  haroratining  kutarilishi  –  kasallik  belgisi,  tutun  –  olovning  belgisi  va  shu  kabilar) 
kiradi. 
Til  belgisi  simvol-ramzlar  shaklida  mavjud  bulib,  uzi  ifoda  qiladigan  predmetlar  bilan  tuzilishiga 
kura hech qanday uxshashlikka ega emas. Mantiq uz e`tiborini ana shunday til belgilarini urganishga 
qaratadi. 
Til  belgilari  uz  ma`nosiga  va  mazmuniga  ega.  Til  belgisining  mazmunini  u  ifoda  qilayotgan, 
kursatayotgan ob`ekt tashkil etadi. Masalan, «auditoriya» suzi real mavjud ob`ektni - auditoriyani aks 
ettiruvchi  fikr  mazmunini  ifoda  etadi.  Til  belgisining  ma`nosini  esa  u  ifoda  qilayotgan  ob`ektning 
xarakteristikasi  (tavsifi)  tashkil  etadi.  Masalan,  «Auditoriya»  suzining  ma`nosini  «  Mashg`ulot 
utkazish  uchun  muljallangan  xona»,  «Maxsus  jixozlangan  xona»  va  shu  kabi  ekanligi  xaqidagi 
axborotlar tashkil etadi. 
Belgilarning  bilishdagi  vazifasini  urganishga Aristotel`,  Leybnits  kabi  mutafakkirlar  katta  e`tibor 
berganlar. Belgilar haqidagi ta`limotni taraqqiy ettirish XIX asrda aktual masalaga aylangan. Mana shu 
davrda amerikalik faylasuf Charl`z Pirs (1839-1914) belgilar haqidagi fan-semiotikaga asos solgan. Bu 
fan  til  belgisini  uch  xil  yunalish  buyicha  analiz  qiladi.  Birinchisini  semantika  tashkil  qilib,  u  belgi 
bilan  u  ifoda  qilayotgan  ob`ekt  urtasidagi  munosabatni  urganadi.  Ikkinchisi  pragmatika  bulib,  u 
kishilarning  belgilarga  munosabatini  hamda  belgilar  yordamida  kishilar  urtasida  vujudga  keladigan 
munosabatlarni  urganadi.  Uchinchisi,  sintaksis  deyilib,  u  belgilar  urtasidagi  munosabatlarni  (tilni 
qurish qoidalarini) urganadi. Mantiq fanini kuproq til belgilarining semantikasi qiziqtiradi. 
2. Tilning  ikkita  turi  mavjud.  Ular  tabiiy  va  sun`iy  tillardir.  Tabiiy  yoki  milliy  tillar  tarixan 
shakllangan  tovushlar  (nutq)  va  grafika  (yozuv)  ning  axborot  belgilari  sistemasidan  iborat.  Tabiiy 
tilning  alohida  olingan  har  qanday  belgisi  uz  xolicha  hech  narsani  ifoda  qilmaydi.  Bu  belgilar  inson 
amaliy  faoliyati  va  tafakkuri  taraqqiyotining  negizida  vujudga  kelgan  til  sistemasiga  kirgandagina 
ma`lum bir ma`no va mazmun kasb etuvchi belgilarga aylanadi. 
Tabiiy til ob`ektiv olamning va bilishning turli xil sohalariga tegishli bulgan predmetlar, hodisalar 
hamda ularning xossalari va munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U 
semantik  jixatdan  yopiq  sistema  hisoblanadi.  Boshqacha  aytganda,  tabiiy  til  boshqa  tillarga  murojaat 
qilmagan holda, mustaqil ravishda uzini qurishi va ifoda qilishi mumkin. 


 
 
73
73
Shuning  bilan  bir  qatorda,  tabiiy  tildan  foydalanish bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni 
ham  keltirib  chiqaradi.  Ular  quyidagilar  bilan  bog`liq:  1)  tabiiy  tildagi  suzlarning  ma`nosi  vaqt  utishi 
bilan  uzgarib  turadi;  g`)  tabiiy  tilda  bir  suz  bir  qancha  tushunchani  ifoda  qilishi  (omonimlar)  yoki  bir 
tushuncha  bir  qancha  suzlarda  ifoda  qilinishi  (sinonimlar)  mumkin;  q)  tabiiy  tildagi  ba`zi  suzlar 
yordamida  ifoda  qilingan  fikr  aniq  ma`noga  ega  bulmay  qoladi  (masalan,  «Karim  chet  tilini  yaxshi 
bilmaydi»  degan  fikrda  Karimning  kimga  nisbatan  yoki  qanday  vazifani  bajarishga  nisbatan  chet  tilini 
yaxshi  bilmasligi  kursatilmagan).  Tabiiy  tildagi  mana  shu  kabi  hodisalardan  xoli  bulish  uchun  ilmiy 
bilishda  atamalardan  (terminlardan)  foydalaniladi. Atama  uzining  qat`iy  va  aniq  ma`nosiga  ega  bulgan 
suz bulib, bu ma`no definitsiya  (ta`rif)  yordamida kursatiladi. Shuningdek, tabiiy tilda  aniqlikka sun`iy 
tildan foydalanish yuli bilan ham erishiladi. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish