19-mavzu. Mantiq fani rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Reja:
1.
Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakllanishi va rivojlanishi.
2.
Urta asrlarda mantiq ilmining taraqqieti
3.
Yangi davrda mantiq ilmi.
4.
XX asrda mantiq ilmining rivojlanishi.
Har bir fan kabi mantiq ilmi ham uzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid
dastlabki an`analar Kadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan Hindiston, Xitoyda vujudga keldi.
Ularning shakllanishiga notiqlik san`ati, matematika ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta`sir
kursatdi. Shuni aytish kerakki, Kadimgi dunyoda Aristotelgacha bulgan davrda mantiq falsafa
tarkibida mavjud bulgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan.
Kadimgi Hindistonda mantiq ilmining rivojlanishi uch davrni uz ichiga oladi: 1) ilk budda
mantig`i (er. av. VI-V asrlari); 2) n`yaya, vaysheshika maktablarining mantiqiy ta`limoti (er. III-V
asrlari); 3) budda mantig`ining rivojlangan davri (er. VI-VIII asrlari).
Hind mantiqshunoslari bahs – munozarada nima isbotlanayapti va qanday isbotlanayapti, degan
masalani ajratib kursatishgan. Ular isbotlashning elementlarini (tezis, asos, misol, birxillik, har xillik,
bevosita hissiy qabullash, xulosa, avtoritet va shu kabilarni) batafsil tahlil etganlar. N`yaya
maktabining vakillari xulosa chiqarish masalasini urganishga katta xissa qushdilar. Shuningdek, ular
besh qismdan iborat sillogizm nazariyasini yaratdilar:
1.
tezis (tepalikda olov bor)
2.
asos (tepalikdan tutun chiqayapti)
3.
misol (qaerda tutun bulsa, sha erda olov bor)
4.
shu holatga nisbatan qullash (bu tepalikda tutun bor)
5.
xulosa (demak, tepalikda olov bor).
Qadimgi Hind mantiqshunoslari Dignaga, Dxarmakirti va ularning shogirdlari tomonidan
tushuncha, hukm, ayniqsa xulosa chiqarish bilan bog`liq masalalar kengroq, chuqurroq tahlil qilindi.
Dignaga xulosa chiqarishda mantiqiy asosga xos bulgan uch xususiyatni kursatib utadi: mantiqiy asos
xulosa chiqarish ob`ekti bilan bog`liq buladi, bir turdagi ob`ektlar bilan bog`liq buladi, xar turdagi
ob`ektlar bilan bog`liq bulmaydi. Bu xulosa chiqarishning asosiy shartlari bulib, ularning buzilishi
mantiqiy xatolarga olib keladi. Dxarmakirti xulosa chiqarishning «uzi uchun» va «boshqalar uchun»
turlarini, shuningdek, muhokamada uchraydigan mantiqiy xatolarni batafsil urgangan.
Kadimgi Hindistondagi shakllangan mantiq an`analari Kadimgi Gretsiyada mantiq ilmining paydo bulishiga
ta`sir kursatgan.
Kadimgi grek falsafasida mantiq masalalari, dastlab, Parmenidning «Tabiat tug`risida» asarida,
Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit ta`limotida u yoki bu darajada kurib chiqilgan.
Aristotelgacha bulgan mantiqiy ta`limotlar ichida Demokritning mantiqiy ta`limoti, Sokratning
induktiv metodi va Platonning dialektikasi diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |