TAFAKKUR ShAKLI fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog`lanish usuli, uning
strukturasi (tuzilishi) dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari
haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida kurib
chiqamiz.
Ma`lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (tuplami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega
bulgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida uzining maydoniga, aholisiga,
boshqaruv vositalariga ega bulgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa,
predmetlarning birorta sohasiga oid bulgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma`lum bir metod
yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bulgan bu
tushunchalar mantiq iy shakliga kura bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali
fikr qilingan. «uz maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi»,
«siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek,
«predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga
imkoniyat berishi», «ma`lum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida
bulishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A
bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya`ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak,
tushunchaning mantiq iy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar urtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud
bulish yoki bulmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-
metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) urtasidagi munosabat
qayd etilgan. «Axloq huquqdan ilgari paydo bulgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq)
urtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jixatdan turli xil bulgan bu hukmlar tuzilishiga kura bir
xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) urtasidagi
munosabat qayd etilgan, ya`ni R ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda hukmning mantiq iy
strukturasini (shaklini) S-R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |