70
70
Induktsiya - kundalik hayotdagi
yakka misollar asosida umumiy tushunchalarni hosil
qilish usulidir. Definitsiya - bahs jarayonida tushunchalarni ta`riflashdan iborat. Bu usulni Sokrat
«mayevtika» deb ataydi.
Platon (er. av. 427-347) ustozi Sokratning, umumiy tushunchalar buyumlarning mohiyatini ifodalaydi,
degan fikrini davom ettiradi. U umumiy tushunchalarni buyumlardan va insonlardan ajralgan mutlaq
g`oyalar sifatida talqin qiladi, ularni birlamchi deb biladi. U hukmni tafakkurning asosiy elementi deb
hisoblaydi. Hukm ega va kesimning birligidan iborat bulib, tasdiq yoki inkor ma`noni bildiradi. Agar
hukmda birlashishi mumkin bulmagan tushunchalar birlashtirilsa, u xato buladi.
Platon hukmlarni tashkil etuvchi tushunchalarni piramida shaklida tasvirlaydi. Piramidaning uchiga
ezgulik tushunchasini quyadi. Borliq, uzgarish, sukunat, ayniyat, tafovut tushunchalarini eng universal
tushunchalar, deb ta`riflaydi. Chin bilimga intuitsiya orqali erishiladi. Platon definitsiya masalasiga
katta e`tibor bergan, yaqin jins va tur belgisini kursatish orqali ta`riflash usulini, tushunchalarni
dixotomik bulishni bilgan.
Platon tug`ri tafakkurning asosiy qonunlarini ta`riflab bermagan bulsa ham, ularning mohiyatini
tushungan. Masalan, kontradiktor tushunchalar, hukmlar, bir vaqtda bir xil munosabatda bir buyumga
nisbatan chin bula olmasligini ta`kidlagan. «evtidem» dialogidagi «bir narsaning ham bulishi, ham
bulmasligi mumkin emas», degan fikri uning nozidlik qonunini bilganligidan dalolat beradi.
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotelning nomi bilan bog`liqdir. U birinchi
bulib, mantiq ilmi urganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar»,
«Talqin haqida», «Birinchi Analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topika»
nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag`ishlangandir. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari
ham mantiqiy ta`limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida»
asarlarida esa mantiq masalalari ma`lum darajada bayon qilingan.
Aristotel` mantiqni «ma`lum bilimlardan noma`lum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato
fikrdan ajratuvchi» fan sifatida ta`riflaydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni, haqiqatni aniqlashdir, deb
ta`kidlaydi.
Mutafakkir haqiqatning mavjudligini, ob`ektiv xarakterini e`tirof etgan holda, «bilimlarimizning
voqelikka mos kelishi - haqiqatdir», deb kursatadi. U haqiqatni aniqlashda nozidlik va uchinchisi istisno
qonunlariga amal qilish zarurligini ta`kidlaydi. Aristotel` bu qonunlarni ham ontologik, ham gnoseologik
nuqtai nazardan ta`riflaydi. Bir vaqtda, bir xil munosabatda aynan bir predmetga nisbatan uzaro bir-birini
istisno fikrlarni bildirish mumkin emasligini, chunki bu fikrlardan biri chin, boshqasi xato bulishi yoki har
ikkisi xato bulishi mumkinligini asoslab beradi, uzaro ikki zid fikrning biri chin, boshqasi xato bulganda,
uchinchi fikrga urin yuq, ekanligini ta`kidlaydi.
Aristotel` asarlarida tug`ri tafakkurning ayniyat va etarli asos qonunlari maxsus tarzda kurib
chiqilmagan. Lekin mutafakkir asarlarining tahlili ularda bu qonunlarga xos talablarning bayon
qilinganligini kursatadi.
Aristotelning mantiqiy ta`limotida xulosa chiqarish etakchi urinni egallaydi. U tafakkur shakllari
bulgan tushuncha va hukmni xulosa chiqarishning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qiladi. «Ruh haqida»
asarida mulohazalarni ruhiy hodisa sifatida tekshirsa, «Metafizika», «Talqin haqida» asarlarida uni
mantiqiy shakl sifatida analiz qiladi. Hukm – diayrezis - aqliy analizning natijasidir. U hukmni
apofansis deb ataydi. Hukm biror narsaga nimaningdir taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida bayon
qilingan fikr bulib, u chin yoki yolg`on bulishi mumkin. Har qanday gap ham hukm bulmaydi. Faqat
qat`iy fikrlargina hukm hisoblanadi. Mutafakkir hukmning strukturasi mantiqiy ega, mantiqiy kesim va
mantiqiy bog`lovchidan iborat buladi, deb kursatadi: S-P (S-P emas). U hukmni quyidagicha turlarga
ajratadi:
Do'stlaringiz bilan baham: