Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

D o m l a .   Shariat  ilmi  va  zaruriyot  dinni  bilmoq  uchun  boyvachchani 

oʻqutmak, albatta, sizga lozimdur. 

B o y .   Shariat  ilmini  oʻqutmak  ne  lozim,  chunki  ani  mufti  yo  imom  va 

muazzin qilmoqchi emasman. Azbaski, davlatim anga yetar. 

D o m l a .  Zaruriyoti diniyaga na dersiz? 

B o y .   Man oʻzum besh  vaqt namozni  keraklik  duolari ila bilarman.  Oʻzum 

oʻrgaturman. 

D o m l a .   Xat  va  savodgʻa  na  dersiz?  Holbuki,  savodi  yoʻq  odam  hech 

nimaga yaramaydur. 

B o y .   Bu  fikringiz  gʻalat,  chunki  mani  savodim  yoʻq,  bovujud  shul 

shahrimizni katta boylaridandurman va har ishni bilarman.

47

 

Koʻrinadiki,  domla  farzandlarni  oʻqitib,  tarbiyali  va  ilmli  qilish  kerak  deb 



ming  gapirmasin,  boy  uning  gaplariga  quloq  solmaydi.  Ana  shu  baxs  ustidan 

chiqib  qolgan  ziyoli  ham  boyga  farzand  tarbiyasi  haqida  gapiradi.  Lekin  u 

                                                           

45

 Кийикбоев Ф. Ўзбек насрида оталар ва болалар муаммоси: генезиси реалистик талқини(1970 2000): 



Филол. фан. номзоди ... дисс. автореф. – Тошкент,  2011. 

46

 Кийикбоев Ф. Ўзбек насрида оталар ва болалар муаммоси: генезиси реалистик талқини(1970 2000): 



Филол. фан. номзоди ... дисс. автореф. – Тошкент,  2011. 

47

To’xliyev B., Shermurodov T., Isayeva Sh. Adabiyot(majmua): akademik litseylarning III bosqich o’quvchilari 



uchun. – T.: “Bayoz”, 2016. – 9-b. 


                                                                                      

                                                                                    42 

 

ziyolining  gaplarini  eshitishni  ham  istamaydi.  U  dunyoning  izzati  boylikda  deb 



hisoblaydi.  Ilmsizlik  oqibatida  buzuq  yoʻlga  kirib  ketgan  Toshmurod  oʻrtoqlari 

bilan  mayxonada  “kayf”  qilishmoqchi  boʻladilar  va  ularga  ozgina  pul  yetmay 

qoladi. Toshmurod Davlatning taklifiga binoan tngriqul bilan oʻz uyiga, oatasining 

sandigʻiga  oʻgʻrilikka  tushadilar.  Shovqindan  uygʻonib  ketgan  boy  Tangriqulga 

tashlanadi, Toshmurod otasini ushlab qoladi va Tangriqul boyga pichoq urib boyni 

oʻldiradi.  Soʻngra  ikkalasi  pulni  olib,  qochib  ketadilar.  Uyga  yugurib  kirgan 

Toshmurodning onasi nobakor oʻgʻlining qilmishidan dod solib yigʻlaydi: 

B o y b u c h a .  Voy, zolim dastidan, bu qanday kun edi, voy, dod-ey! (Chapak 

chalar...  Boy  ustiga  ozini  tashlar,  yuzu  sochini  yular).  Hey,  juvonmarg 



Toshmurod!  qon  qus,  koshki  chechakga  ketayding.  Hay,  padarkush  Toshmurod. 

Voy, dod-e-y!

48

 

Shundan  soʻng  Toshmurod  asarda  koʻrinmaydi.  Uning  bu  qilmishi  sabab 

kechirgan hissiyotlari aks etmaydi. Lekin padarkush provardida oʻz jazosini oladi. 

Behbudiy  bu  asar  misolida  ilmsizlikning  oqibati  qanday  fojealarga  olib 

kelishini  koʻrsatib  beradi.

 

Unda    oʻz    farzandining    taqdiriga    mutlaqo  beparvo,  



loqayd  ota  jaholat  botqogʻiga  botgan  Turkiston,  oʻgʻli  Toshmurod  esa,  uni 

yanada  kuchliroq  inqirozga    olib  kelayotgan    yosh    avlod    qiyofasida  namoyon  

boʻladi.  Bu  haqda    adabiyotshunos    Y.Solijonov    quyidagilarni    ta’kidlaydi:  

“Dramada  Boyni  oʻgʻli Toshmurod  emas,  uning  ulfati  Tangriqul  pichoqlaydi.  

Ammo    bu    asarning    “Padarkush”,  ya’ni    ota  qotili    deb    atalishiga    xalaqit  

bermaydi.    Aksincha,    bu    yerda    umumlashma  xulosa    kuchayadi.    Otaning  

oʻlimiga  (keng  ma’noda  butun  Turkistonning  inqiroziga) oʻgʻildagi  (umuman  

yoshlardagi)    johillik,    norasolik,    ilmsizlik,    maishatbozlik,    xudbinlik  sababchi 

boʻladi”

49



Demak,  yuqoridagilardan  shuni  xulosa  qilishimiz  mumkinki,  qaysi  davrda, 

qanday  holatda  va  qanday  sabab  bilan  boʻlmasin,  har  bir  davrda  hamda  barcha 

xalqlar  adabiyotida  padarkushlik  qoralangan.  Biz  yuqorida  koʻrgan  jahon  va 

                                                           

48

 To’xliyev B., Shermurodov T., Isayeva Sh. Adabiyot(majmua): akademik litseylarning III bosqich o’quvchilari 



uchun. – T.: “Bayoz”, 2016. – 9-b. 

49

Солижонов Й. Зулматдан нур  қидирганлар.  –  Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2007.  –  Б.  



23.    


                                                                                      

                                                                                    43 

 

oʻzbek  adabiyotlarida  uch  xil  sabablar  bilan  padarkushga  aylangan  farzandlar 



qismatining  guvohi  boʻldik.  Bu  asarlarda  ham  padarkushlikning  qanchalik  ogʻir 

gunoh  ekanligiga  urgʻu  beriladi  va  otalarning  farzandlar  taqdiriga  befarq  qarash 

oqibati qanday boʻlishi haqida ogoh qiladilar. 

 

 



 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish