Fortunatoni kechirolmadi. Bunga uning vijdoni va gʻururi yoʻl qoʻymasdi.
48
Yuqoridagilardan ma’lum boʻladiki, bu yerliklar uchun sotqinlik kechirib boʻlmas
gunoh va sharmandalik edi. Matteoning koʻnglida nomus va otalik hissi kurash olib
borardi. Lekin otalik hissi nomusidan ustun boʻlolmadi. U bu sharmandalikdan va
sotqin degan tamgʻadan oilasini, oʻzini va farzandini xalos etishi kerak edi. Buning
yagona chorasj Fortunatoning oʻlimi edi. Matteo uni amalga oshirdi va farzandini
oʻz qoʻli bilan otib oʻldirdi.
Matteo jasadga qayrilib ham qaramay, oʻgʻliga goʻr qazigani belkurak olib
kelish uchun soʻqmoqdan uy tomonga yoʻl oldi. Bir necha qadam qoʻyib ulgirmay,
u oʻq ovozidan xavotirlanib, yugurib kelayotgan Juzeppaga duch keldi.
-
Nima qilib qoʻyding? – deb qichqirdi u.
-
Adolat qaror topdi!
54
Matteo oʻgʻlini oʻldirmadi, u sotqinning jazosini berdi. Va oʻzining
e’tiqodidan kelib chiqib, adolatga erishdi. U oʻgʻlining jasadiga qarab ham
qoʻymaydi. Chunki Matteo u yerda oʻgʻlining jasadini emas, bir sotqinning jasadini
koʻradi. Endigina oʻn yoshga kirgan bola uchun ogʻir jazo berildi. Qolaversa, oʻz
otasi tomonidan. Matteo oʻgʻlini oilasidan chiqqan birinchi xoinligini aytadi.
Matteo oʻgʻlini gʻazabdan yoki jinnilik qilib oʻldirmaydi. Unda tanlash imkoni
yoʻq edi. Fortunato otasining qoʻlidan oʻlim topgan boʻlsa-da, u hayotning
beshafqat va yozilmagan qonunlari qurboniga aylandi. Asarda Matteoning
pushaymonligi, yoki farzandiga achinishi bayon qilinmaydi. U or-nomus
masalasini oilaviy rishtalardan, insoniy tuygʻulardan ham ustun qoʻyuvchi shaxs
sifatida tasvirlanadi. Matteo oʻsha davr, oʻsha makon odamlaridagi xarakterlarni
oʻzidan jamlagan umumlashma obraz desak yanglishmagan boʻlamiz.
Oʻzbeklarda ham nomus va oila sha’ni azaldan juda muhim masala
hisoblanadi. Nomus, or, gʻurur, andisha kabi tushunchalar har bir oʻzbekning qon-
qonig singib ketgan boʻlib, hech kim bunga yuzaki qarolmaydi. Oʻz navbatida, bu
masalaga mentalitetdan kelib chiqqan holda oʻzbek adabiyotida ham katta e’tibor
qaratilgan. Biron bir asar yoʻqki, voqealar rivojiga ana shu tushunchalar ta’sir
qilmagan.
54
Ўша манба
49
Oʻzbek adabiyotidagi biz koʻrmoqchi boʻlgan Abdulla Qahhorning “Hur qiz”
hikoyasidagi fojea ham yuqoridagi hikoya singari nomus va oila shaniga borib
taqaladi. Voqea Abdurahmonning xonadonida boʻlib oʻtadi. Abdurahmonning
xotini ogʻir kasal boʻlib, toʻshakka mixlanib qolgan edi. Ularning ikkita farzandi
boʻlib, kattasi Sarvinso, kichigi esa Gʻafforjon. Ona vaqti-soati yaqinlashib
qolganini sezib, hech boʻlmasa qizimning toʻyini koʻrib qolay deydi. Abdurahmon
xotinining istagini bajarish uchun endigina oʻn olti yoshga toʻlgan Savrinisoni
Azim degan bolaga turmushga bermoqchi boʻladi. Toʻyni ham “kelasi oyning,
sakkizi, juma kuniga” tayin qilib qoʻyishadi. Azimni umuman yoqtirmaydigan,
unda zigʻircha ham koʻngli boʻlmagan Savriniso hali yoshligini, unga tegishni
xohlamasligini aytib, yigʻlaydi. Qizining bu gaplarini otasiga aytganlarida u
Do'stlaringiz bilan baham: