Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

 

 

Toju taxtga jazmanliging shunchalik zoʻrmi? 

 

 

Senga asli ogʻir jazo bermoq kerakdi. 

 

 

Ne qilayki, oʻz pushtimdan kelgan farzandsan. 

 

 

Ota mehri ushlab turar jazoning dastin.

42

   


Lekin Abdulatif otasini tushunmaydi.  Taxtni qoʻlga kiritish uchun otasining 

dushmanlari  bilan  til  biriktirib  Ulugʻbekka  qarshi  isyon  koʻtaradi.  Ota  va  oʻgʻil 

oʻrtasida qattiq jang boʻlib oʻtadi.  

 

 



Abdulatif kela solib hamla qilganda 

 

 

Sulton oʻqni unga qarab moʻljalladi-yu, 

 

 

Ammo yana bir zum oʻylab oʻqin uzmadi.  

 

 

“Shum zurriyod” deb oʻqin sanchdi tuproqqa. 

 

 

Sal qolgandi halokatga. Ilgʻorlar arang 

 

 

Yovni toʻsib, shahriyorni chiqardi jangdan.

43

 

Ulugʻbek  oʻgʻli  isyonchiga  aylanib,  unga  qilich  koʻtarib  kelsa  ham  oʻgʻlini 

oʻldirishga  qoʻli  bormaydi.  Abdulatifda  esa  otasiga  boʻlgan  nafrat,  mansabga 

boʻlgan  oʻchlik shu darajada ediki, otasining  jonini olish  payidan boʻladi. Farzand 

unga  borini, mehrini  bergan, barcha  qilmishlarini  kechirib kelgan,  oʻzini  dunyoga 

keltirgan otasini oʻldirishdan tap tortmaydi. Ota esa yoshlikdagi shoʻxliklari, keyin 

esa ogʻir qilmishlari bilan bezor qilgan, hozir esa davlatiga, otasiga isyon koʻtargan 

oʻgʻilni oʻldirishga oʻylanadi.    Abdulatif jangda gʻalaba qozona olmagandan soʻng, 

Samarqandni  qamal  qilib,  otasidan  taxtni  oʻz  ixtiyori  bilan  topshirishni,  buning 

evaziga  shartlarini  qabul  qilishni  aytadi.  Ulugʻbek  ilojsiz  rozi  boʻladi.  Oʻzi  esa 

safarga  ketishni,  unga  toʻsqinlik  qilmasliklarini  soʻraydi.  Ulugʻbekning  shartlarini 

Ollohning  nomi  bilan  qabul  qilgan  Abdulatif  “sobiq  sulton  va  sobiq  ota”sining 

ortidan  suiqasd  uyushtiradi.  Xizmatchisi  Abbosga  otasini  oʻldirish  uchun  oʻz 

xanjarini beradi.  

                                                           

42

 Мақсуд Шайхзода. “Мирзо Улуғбек”, - Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъати нашриёти, 1972-



йил.272 б. 

43

 Ўша  манба. 




                                                                                      

                                                                                    40 

 

 

 

Bu hukmni shafqat qilmay ijro etgaysan, 

 

 

Men ularning orqasidan chopar yuborib, 

 

 

Bir vaj bilan pastqam joyda toʻxtattiraman. 

 

 

Sen hukmni bemurosa amalga oshir. 

 

 

Joʻnab borgin! Mana senga xanjari shoshiy.

44

 

Taxtni  egallaganiga  qanoat  qilmagan  Abdulatif  otasidan  biryoʻla  qutulishni 

istaydi.  Chunki  u  taxtdan  ayrilib  qolishim  mumkin  degan  havotirga    tusha 

boshlagan  edi.  Abbos  Abdulatifning  buyrugʻini  bajarib,  u  bergan  xanjar  bilan 

Ulugʻbekning  koʻksiga  xanjar  uradi  Ulugʻbekni  oʻldirgan  bu  xanjarda  padarkush 

Abdulatifning  ismi  yozilgan  edi.  Padarkush  Abdulatif  esa  taxtni  olti  oygina 

boshqara olgani va ayanchli oʻlim topgani haqida tarix guvohlik beradi. 

Yuqorida biz ikki xil padarkush obrazlarining guvohi boʻldik.  Shekispir va 

M. Shayxzoda bir davrda ijod qilmagan boʻlsalar-da, ularning asarlari, “Qirol Lir” 

va  “Mirzo  Ulugʻbek”  tragediyalarida  bir-biriga  yaqin  davr  voqealari  aks  etgan. 

Ikkala  asarda ham  mamlakat  tanazzuli  aks  etgan boʻlib, bunga  asosiy  sabab qilib, 

odamlarning  shon-shuhrat  va  manfaatparastlikka  berilib  ketayotganligi,  oilaviy 

munosabatlarning  yemirilishi  koʻrsatiladi.  Padarkush  obrazlaridan  biri  Edmund 

otasiga nisbatan bunday riyokorlik va xoinlik qilishiga uning nikohsiz tugʻilganligi 

sabab  qilib  koʻrsatilsa,  Abdulatifning  otasini  oʻlimga  tab  tortmay  hukm  qilishiga 

uning  xudbinligi,  taxtparstligi  va,  ayniqsa  atrofidagi  odamlarning  ta’siri  sabab 

boʻlganini koʻrishimiz mumkin.     

Yana shunga oʻxshash gʻoya va motiv aks etgan padarkush obrazlari  oʻzbek 

adabiyotidagi  Pirimqul  Qodirovning  “Avlodlar dovoni”  tarixiy  romanidagi  Salim, 

Muhammad  Alining  “Tangri  qudugʻi”  romanidagi  Habashsulton  va  Elbarslon 

obrazlarida  ham  yorqin  ifodasini  topadi.  Undagi  noqobil  farzandlar  ham  jazosini 

oladi. 


Yuqoridagi  tahlilimizdan  shu  xulosa  keladiki,  “Mamlakatni  inqirozga  olib 

keladigan  dahshatli  kuch  bu  oʻzaro  ichki  kurashdir.  Ayniqsa,  bola  otaga,  aka  

                                                           

44

 Ўша  манба. 




                                                                                      

                                                                                    41 

 

ukaga,  jiyan    amakiga    qurol    koʻtarsa,    buni    Alloh    ham,    bandasi    ham  



kechirmaydi,  bunday kimsalar  yer  yuzida  yashashga  nomunosibdirlar”.

45

 



Padarkush  obrazi  haqida  gap  ketganda,  avvalo,  bizning  xayolimizga  jadid 

adabiyoti  namoyondalaridan  Mahmudxoʻja  Behbudiyning  “Padarkush”  dramasi 

keladi.  Bu  asarda  ota  va  bola  ortasidagi  noxush  munosabat  tasviri  orqali  oqibati 

daxshatli  fojea  bilan  tuggallangan  muhim  ijtimoiy-siyosiy  muammo  koʻtarilgan.

 



Asarda  jaholat  va  nodonlik,  oʻqimagan  oʻgʻil  Toshmurodning  buzuq yoʻllarga  



kirib,    oʻz    otasining    oʻlimiga    sababchi    boʻlganligini    hikoya    qilish    orqali 

dramaturg  Mahmudxoʻja  Behbudiy  Turkiston  oʻlkasining  inqirozga  yuz 

tutayotganligini  badiiy    obrazlar    misolida    koʻrsatib    beradi”

46

.  Asarda 



Toshmurodning    yomon  odamlarga  qoʻshilib,  buzuq  yoʻllarga  kirib  ketganligiga 

otasining  oʻz  farzandining  taqdiriga, uning  tarbiyasiga  loqayd  boʻlganligi  boyning 

domla bilan suhbatida aks etadi: 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish