Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

 

 

 

Seningdek oʻgʻilga ota ne hojat, 

 

 

Quloq sol pandimga aytay bir hikmat. 

 

 

 

Bu dargoh jilovin olgil qoʻlingga, 

 

 

Taxtu toj muntazir sening yoʻlingga.(72-b.) 

                                                           

34

 Абулқосим Фирдавсий. “Шоҳнома” достони. – Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,   



1975 й. 71-б. 

 



                                                                                      

                                                                                    34 

 

Iblisga  batamom  inon-ixtiyorini  topshirib  qoʻygan  oʻgʻil  unga  sovuq 



shabodani  ham  ravo  koʻrmaydigan,  undan  hech  narsasini,  xatto  jonini  ham 

ayamaydigan oʻz otasini oʻldiradi: 



 

 

Yomonliqqa ketdi farzandi uning, 

 

 

Nomusni unutdi payvandi uning. 

 

 

 

Otasi qoniga bulgʻondi oʻzi, 

 

 

Esga tushdi dono keksaning soʻzi: 

 

 

 

“Farzand boʻlsa hamki sher kabi goʻshna, 

 

 

Otasin qoniga boʻlmagay tashna…

35

 

Oʻz nomusini vijdonini unutib otasining qoniga belangan Zahhok oʻsha onda 

pushaymonlik hissini tuygandek boʻladi. Keksalarning   “Farzand  boʻlsa  hamki 



sher kabi goʻshna, Otasin  qoniga  boʻlmagay  tashna…”,  degan  soʻzlari  bir  zumga 

yodiga  tushadi-yu,  yana  tarqab  ketadi.  Otasining  qoni  tekkan  qoʻlllari  bilan  tojni 

boshiga qoʻndiradi. Uning qanday oʻlim topishi tushida bashorat qilinadi. Zahhok 

bu  qismatni  oʻzgartirishga  qanchalik  urinmasin,  ohir-oqibat  tushida  koʻrganidek 

otasini  oʻldirgan  Zahhokdan  xun  olish  uchun  ahd  qilgan  Faridunning  qoʻlida 

ayanchli oʻlim topadi. 

Yuqoridagi ikki asarda ham oʻzlari istamagan holda oʻz otalarining qotiliga 

aylangan  padarkush  obrazlarini  koʻramiz.  “Shoh  Eip”  tragediyasida  avvaldan 

Edipning  qismatiga  padarkushlik  bitilgan  boʻlsa,  “Shohnoma”  dostonidagi 

Zahhokning  ongini  iblis  egallab,  uning  qiladigan  amalini  belgilab  bergani  uchun 

padarkush  boʻladi.  Ular  padarkushga  aylanib,  kechirilmas  gunohga  botganiga 

shak-shubha yoʻq. Lekin tanganing ikki tarafi boʻlganidek, faqat ularnigina ayblay 

olmaymiz.  Ularning  otalari  ham  bu  mash’um  qismatning  sababchilaridan  desak 

yanglishmagan  boʻlamiz.    “Shoh  Edip”dagi  Lay  taqdirga  tan  berib,  farzandini 

oʻlimga buyurmaganida bunday hodisa sodir boʻlarmidi? “Shohnoma”dagi adolatli 

                                                           

35

 Абулқосим Фирдавсий. “Шоҳнома” достони. – Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,   



1975 й. 73-б. 

 

 




                                                                                      

                                                                                    35 

 

shoh  Mardos  esa  Zahhokning  iymonini  mustahkam  qilib,  ilmini  ziyoda  qilganida 



uning  koʻnglini  iblis  egallab,  jirkanch  ishlarga  majbur  qila  olarmidi?      Biz 

yuqoridagi  ikki  asar  voqealari  misolida  bilishimiz  mumkinki,  eng  qadimgi  badiiy 

adabiyotlarda  ham  otaning  farzand  tomonidan  oʻldirilishi  eng  ogʻir  gunoh 

ekanligiga va bu gunohning badali juda ham ogʻir ekanligiga urgʻu berilgan. 

Yoshlar  bilan    keksalarning    dunyoqarashi    har    doim    ham    bir    xil  

boʻlavermaydi.    Hamisha    bu  dunyoqarashlar  oʻrtasida  ziddiyatlar  boʻlib  turadi.

 

Tarixdan  ham  bizga ma’lumki,  otalar    va    bolalar    oʻrtasidagi    qarama-qarshilik,  



ziddiyatlar  turfa    koʻrinishlarda    –    goh    ijtimoiy-siyosiy,    goh    iqtisodiy,    goh  

maishiy-axloqiy,    goh  gʻoyaviy-mafkuraviy    koʻrinishlarda    voqe    boʻlib,    turli  

koʻlam    va    shakllarda    tabaqalar,  guruhlar,    millatlar,    hatto    mamlakatlar  

oʻrtasidagi    mojarolar,    urush-    janjallar  orqali   hal  etilgan.  Binobarin,    F.Kafka 

aytganidek,  “Oʻgʻilning    otaga    isyoni    adabiyotning    eng    qadim    mavzusi    va  

dunyoning eng koʻhna muammolaridandir”

36

 

Ota  va  farzand  oʻrtasidagi  ziddiyatlar,  noqobil  farzandlarning  otalariga 



qilgan  isyoni  tasvirlarini  jahon  adabiyoti  durdonalaridan  Uilyam  Shekspirning 

“Qirol  Lir”  tragediyasi  hamda  oʻzbek  adabiyoti  namunalaridan  Maqsud 

Shayxzodaning  “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasidagi oʻxshash taqdirlar va padarkush 

obrazlari talqinida koʻrib chiqamiz.  

V.Shekspir    “Qirol    Lir”    (1605    yil)    asarida    chirib    borayotgan    feodal  

olamining inqirozini  oilaviy  munosabatlar,  otalar  va  bolalar  oʻrtasidagi  keskin  

ziddiyatlar    oqibati  bilan    bogʻlaydi.    Chunki    tugʻilib    kelayotgan    kapitalistik  

munosabatlar,    boylikka    oʻchlik  insonlar    oʻrtasidagi    eng    nozik    rishtalar    –  

qarindoshlik,    oila,    otalar    va    bolalar    oʻrtasidagi  aloqalarni    ham    yemirib  

tashlaydi.    Otalar    va    bolalar    munosabatida    shaxsiy    manfaat  birinchi  oʻringa 

chiqa boshlaydi.

37

  



Maqtovlarni  xush  koʻruvchi  Qirol  Lir  barcha  mol-mulkini  tilyogʻlama  va 

hiylakor  ikki  katta  qizi,  Gonerilya    va    Reganaga  boʻlib  beradi.  Tili  bilan  dili  bir 

                                                           

36

 Кафка Франц. Замок. Новеллы и притчи. –М., Политиздат, 1991. – С. 550. 



37

 Кийикбоев Ф. Ўзбек насрида оталар ва болалар муаммоси: генезиси реалистик талқини(1970 2000): 

Филол. фан. номзоди ... дисс. автореф. – Тошкент,  2011. 



                                                                                      

                                                                                    36 

 

boʻlgan  sadoqatli  va  mehribon  kenja  qizi  Kardeliyani  esa  toʻgʻri  va  dildan, 



maqtovsiz aytgan gapi uchun merosdan mahrum qilib, mamlakatdan haydaydi.  

Merosga    ega    boʻlgan    qizlarining    davlatidan    ajralgan    ota    –    Lirga  

nisbatan  munosabati    tez    oʻzgaradi.  Avvallari  Lirni  “otajon”,  “otaginam”  deb 

ulugʻlab  yurgan  mehribon  qizlari  otasining  boyliklarini  qoʻlga  kiritgandan  soʻng 

uni  “chol”,  “esi  past”,  “jinni” deb haqorat qila boshlashadi.  Otaga   qaramlikdan  

qutilgan    katta    qizlari    uning    talablariga  boʻysunmay,    ota    ustidan    hukmlarini  

oʻtkazishga  kirishadilar.  Oqibatda,  ota  darbadar boʻladi.  Koʻrinadiki,  fojeada  

bosh    konflikt    tarzida    berilgan    ijtimoiy-siyosiy    ziddiyat  namoyon  boʻladi.  

Fransiya shaxzodasiga turmushga chiqqan Lirning kichik qizi Kardeliya otasining 

ahvolidan  xabar  topib,  fransuz  qoʻshinlari  bilan  yordamga  keladi.  Lirning  sodiq 

xizmatkorlaridan Kent va Gloster ularga yordam beradi. Nobakor qizlaridan zulm 

koʻrib,  badargʻa  qilingan  qirol  Lirning  iztiroblari  quyidagi  oʻrinda  oʻz  ifodasini 

topadi: 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish