51
yotqizishdi. Amakim shu yotgancha Savrinisoning yettisiga ham, yigirmasiga ham
turolmadi”.
56
Insonning eng ogʻir judoliklaridan biri bu farzand dogʻi hisoblanadi.
Abdurahmonni esa bir tomondan farzand dogʻi, bir tomondan aybdorlik hissi
tamom qildi. Abdurahmon misolida oʻsha davrdagi johil tuzum, Savriniso misolida
esa erki oʻzida boʻlmagan oʻzbek xalqini koʻrishimiz mumkin. Lekin abdurahmonni
ota sifatida oladigan boʻlsak, oʻzbek adabiyotidagi farzandining qotili, farzandkush
obrazining yorqin namunasi deb bemalol ayta olamiz.
Jahon adabiyoti namunalaridan N.V. Gogolning “Mirgorod” asariga kiruvchi
“Taras Bulba” qissasida ham xoinlik qilgani uchun oʻz oʻgʻlini oʻldirgan ota motivi
uchraydi. Asarning asosiy qahramoni Taras Bulba boʻlib, uning ikki oʻgʻli Ostap va
Andriy Kiyev akademiyasida tahsil olib, uyga qaytib kelishadi. Soʻngra ota va
oʻgʻil zaporojyelik kazaklar markazi Sechga otlanadilar. Sechda qahramonlar
boshqa kazaklarga qoʻshilib, polyaklarga qarshi jang qiladilar. Oʻqishda polyak
qizini sevib qolgan Andriy sevgilisi oldiga borib polyaklar safiga qoʻshiladi.
Bundan jahli chiqqan ota janglarning birida oʻgʻlini oʻldiradi. Ostapni esa polyaklar
asir olib, qiynab dorga osadi. Taras Bulba ham keyingi janglarda asir olinib qatl
etiladi.
Yozuvchi Taras Bulbani mard, yovqur, vatani, e’tiqodi uchun oʻlimga ham
tayyor, qat’iy fe’lli, yovga nafrati cheksiz, xatto xoinlik qilgan oʻgʻlini oʻldirishdan
zarra ikkilanmaydigan bir shaxs qilib tasvirlaydi. Yoshligidan otasidek hech
narsadan qoʻrqmaydigan, mardona oʻgʻli Ostap va bolaligidan rahmdilroq va
koʻngli boʻshroq oʻsgan Andriylarga Taras Bulbaning ikki xil munosabatini
koʻramiz. U avval, oʻgʻillari oʻqishdan kelishlari bilan ularni bosqinchilik janglariga
olib ketadi. Maqsadi oʻgʻillarining qahramonliklarini koʻrib faxrlanish va ularning
bu qahramonliklarini boshqalarga aytib maqtanish edi: “Endi boʻlsa u, ikki azamat
oʻgʻli bilan Sechga borib, undagilarga: “Koʻringlar, sizlarga qanday azamatlarni
boshlab keldim!” deb kerilishini, koʻp urushlarni koʻrib chiniqqan oʻrtoqlariga
bolalarini taqdim qilganida qanday faxrlanishini, bolalarning jonbozlikdagi va
56
Абдулла Қаҳҳор. “ Ўтмишдан эртаклар”. – T.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1988-
йил. 210- б
52
boʻzaxoʻrlikdagi polvonligini koʻrib qanday suyunishini oʻylar, ichidan shodlanar
edi...”
57
Bu yerda Taras Bulbada ham barcha otalarga xos xarakter mavjudligini
koʻramiz. Ya’ni u oʻgʻillarini qanchalik yaxshi koʻrmasin, ularga boʻlgan
muhabbatini koʻrsatmaslikka xarakat qiladi. U ham boshqa otalar singari
oʻgʻillarining yutugʻlaridan faxrlanishni chin dilidan xohlaydi. Bulba shu maqsadda
tinch yashab turgan kazaklarni urushga chorlaydi. Lekin uning bir oʻgʻli unga
sharmandalik va isnod olib keladi. Yana bir oʻgʻli esa dushman qoʻlida otasining
koʻz oldida ayanchli oʻlim topadi.
Yuqorida aytib oʻtkanimizdek, otasi va akasidan farqli oʻlaroq, koʻngli
boʻshroq Andriy kazak birodarlari bilan polyaklarni qamal qilishayotgan paytda
qamal qilingan shaxar ichida oʻqib yurgan kezlarida oshiq boʻlgan qiz ham
borligini, u bir burda nonga zor ekanligini eshitadi. Bir qop nonni olib, shaxar
ichiga kiradi. U yerda ochlikdan oʻlib yotgan odamlarni, anchadan buyon tuz
totmay qiynalayotgan sevgilisini koʻrib, birodarlariga nisbatan nafrat uygʻonadi.
Andiriy bir qarorga keladi – sevgan malikasi va begunoh aholini himoya qilib, oʻz
doʻstlariga, otasiga qarshi qurol koʻtarishga jazm etadi: “Otam, oʻrtoqlarim,
Do'stlaringiz bilan baham: