Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


                                                                                      

                                                                                    30 

 

II  BOB.  BADIY ASARLARDA PADARKUSH VA FARZANDKUSH 

OBRAZLARINING OʻXSHASH VA FARQLI JIHATLARI 

   2.1. Jahon va oʻzbek adabiyotidagi padarkush obrazlarining qiyosiy 

tahlili   

  Mana  endi  mavzuimizning  eng  asosiy  masalasiga  yetib  keldik.   

  Nihoyat,    jahon  va  oʻzbek  adabiyotidagi  padarkush  obrazlarini    qiyoslab  

tahlil    qilamiz.  Ajdodlar    va    avlodlar    almashinuvi    insoniyat    hayotida    doimiy  

ravishda    roʻy    berishi  tufayli    otalar  va  bolalar    oʻrtasidagi    munosabatlar  butun 

jahon  xalqlari ijtimoiy  hayoti va adabiyotining  bosh  muammolaridan  sanaladi.  

Adiblar    va    adabiyotshunoslar    mazkur  muammo    sabablariga    oʻzlari    mansub  

boʻlgan  millat  mentalitetidan  kelib  chiqib yondashadilar.  Bu  muammo  rus  va  

gʻarb    adabiyotida    nisbatan    keng    qamrovda    tadqiq  etilgan

30

.    Har  bir  davrda 



ajdodlar  va  avlodlar  almashinuvi  doim  ham  silliq  kechavermagan.  Bu 

munosabatlar  ota  va  farzand  oʻrtasida  murakkablik  va  ziddiyatlarni  keltirib 

chiqargan.  Biz shu oʻrinda, hayotning badiiy koʻzgusi boʻlgan adabiyotda aks etgan 

ota qotiliga aylangan padarkush obraziga e’tiborimizni qaratamiz.  

 Jahon  adabiyotida  padarkush  obrazining  yorqin  namunasini  eng  qadimgi, 

antik  davr    adabiyotida  qadimgi  yunon  dramaturgi  Sofoklning  “Shoh  Edip” 

tragediyasida  uchratamiz.  “Mash’um  igʻvolar  toʻriga  tushib  qolgan,  lekin  hech 

narsadan xabari boʻlmagan odamning fojeasi bu”.

31

  Asarda yurtning farovonligini 



oʻylaydigan,  qoʻl  ostidagi  xalqning  gʻamini  yeydigan  adolatli  shoh  tasvirlanadi. 

Shaharga  vabo  tarqalib,  qachonki,  oldingi  shohning  qotilini  topib  shahardan 

quvmasa,  kulfat  yoʻq  boʻlmasligi  ayon  boʻladi.    Shoh  Edip  yurtga  kelgan  kulfatni 

daf  qilish  uchun  jonini  qurbon  qilishga  ham  tayyor  ekanligini  quyidagi  oʻrinda 

koʻrishimiz mumkin: 

 

 



…Bordiyu u mening xonadonimda 

 

 

Biron panoh  topsa, men boʻlsam sabab 

                                                           

30

 Лебедев  Ю.В.  Роман  И.С.Тургенева  “Отцы  и дети”.   -  М.:  Просвещение,  1982. 



31

 Софокл. Шоҳ Эдип. – Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1979 – 14-б  




                                                                                      

                                                                                    31 

 

 

 

Qasamyod etayki, birinchi galda 

 

 

Meni qatl etsangiz, roziman, rozi

32

Shunday odil shoh boʻlishiga qaramay, u oʻzi bilmagan holda ogʻir gunohga 

botgan edi. Aslida, Edib oʻz taqdiridan qochib , shu oʻlkaga kelib qolgandi. 

 

 

Ammo mening shoʻrlik yolgʻiz boshimga  

 

 

Ming balo, kulfatlar qildi bashorat: 

 

 

Taqdirda onamga uylanarmishman, 

 

 

U tuqqan bolalar jirkanch boʻlarmish, 

 

 

Otamning qotili boʻlar emishman. 

 

 

Bunday bashoratki, eshitgandan soʻng, 

 

 

Men uzlatga ketdim. Korinfdan uzoq, 

 

 

Volidamdan uzoq, otamdan uzoq, 

 

 

Mudhish taqdirimdan  qochdim uzlatga.(44-b.) 

Ammo  taqdirdan  qochaman  deb  taqdirining  domiga  tushgan  Edip  oʻzi 

bilmagan  holda  shu  balolarga  giriftor  boʻladi.  Bu  bashorat  Edip  tugʻilgandayoq 

ma’lum boʻlib, uning haqiqiy otasi Lay oʻgʻlini oʻldirish uchun xizmatkoriga bergan, 

xizmatkor esa unga qoʻli bormay boshqa mamlakatning  choʻponiga berib yuborgan 

boʻladi. Shoh Edip taqdiridan qochib  Fivaga kelayotib, Fivaning hukmdori, ya’ni 

oʻzining  otasi  Layga  duch  keladi  va  uni  oʻldiradi.  Lekin  u  Laynig  oʻz  otasi 

ekanligini bilmaydi. Lay uning otasi ekanini bilishdan oldin, Edip shaharga kelgan 

baloda  oʻzidan  shubhalana  boshlaydi  va  qotillik  tavsilotlarini  xotini  va  onasi 

Iokastaga bayon etadi. 

 

 

Bir jarchi va bir chol menga duch keldi. 

 

 

Jilovdor bilan chol zoʻrlik ishlatib 

 

 

Meni yoʻldan chetga hayday boshlashdi. 

 

 

Jilovdor meni bir urganda, men ham 

 

 

Dangal bir tushurdim jahl aralash. 

 

 

Keyin oʻtayotgan foytun yonidan 

 

 

Cholning oʻzi turdi nayza oʻqtalib. 

 

 

Bir dam oʻtgani yoʻq – gurzim zarbidan 

                                                           

32

  Софокл. Шоҳ Эдип. – Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,  1979 – 23-б 




                                                                                      

                                                                                    32 

 

 

 

Oyogʻim tagiga shilq etib tushdi.

33

 

Shundan  keyin,  Edip  elchidan  ota  deb  yurgan  odami  Polib  oʻz  ajali  bilan 



vafot  etganini  eshitib,  taqdirini  oʻzgartira  olganidan  quvonadi.  Lekin  taqdir  oʻz 

soʻzini aytib ulgurgan edi.  

Shoh  Edipning  qismati  achinarli  yakun  topadi.  U  oʻz  otasini  oʻldirib 

padarkushga  aylanganini  bilgach  qattiq  faryod  solib  yigʻlaydi  va  koʻzlarini  oʻyib 

oladi.  Uning  bu  azobdan  qanchalar  qaygʻuga  tushganini,  uning  kechinmalarini 

quyidagi jumlalar ochib beradi: 

 

 

O taqdir yoʻlimga tushgan chorraha, 



 

 

Yodingdami oʻsha tengsiz jinoyat? 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish