nimarsalardin tasadduq qilmoq kerak. Toinki Tengri taolo sihhat bergay. Mening
koʻnglimga keldikim, Muhammad Humoyun(ning) mendan oʻzga yaxshiroq
nimarsasi yoʻq. Men oʻzimtasadduq boʻlayin, xudoy qabul qilsun. Xoja Halifa oʻzga
muqarrablardin arzgʻa tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihat topar “siz bu
soʻzni nechun tilingga kelturasiz. Gʻaraz budurki, dunyo molidan yaxshisini
tasadduq qilmoq kerak. Bas oʻshal olmoskim, Ibrohimning urushida tushub erdi,
Muhammad Humoyungʻa inoyat qilib erdingiz, tasaduq qilmoq kerak. Tilgʻa
keldikim, dunyo moli uning evazigʻa nechuk boʻlgʻay. Men aning fidosi
qilurmenkim, hol anga mushkil boʻlubdur.. Va andin oʻtubdurkim, men aning
betoqatligʻini toqat kelturgʻaymen…”
27
Bobur Mirzo shunday deb oʻgʻlining
atrofida uch marta aylanib, uning dardiga shifo soʻraydi. Shundan soʻng Humoyun
darddan forigʻ boʻladi va Bobur betob boʻlib yotib qoladi. Koʻp oʻtmay vafot etadi.
Garchi “Boburnoma”da uchraydigan shu real tasvir tarixiy voqea hisoblansa-
da, badiiy adabiyotdagi otaning farzandiga boʻlgan mehrini, farzandi uchun jonini
qurbon qilishga tayyorligini yana bir misolidir.
Oʻzbek mumtoz adabiyotida bu mavzu turli xil koʻrinishlarda, asosan, otaga
boʻlgan hurmat, farzandning azizligi pand-nasihat korinishida asarlarda ifodalandi.
Bu holat XX asr boshlariga qadar davom etdi.
Otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarga jadidchilik davriga kelib
qarashlar oʻzgardi. Jadid adabiyotida eski avlod bilan yangi avlod oʻrtasida
dunyoqarashdagi ziddiyatlar aks ettirildi va jamiyatdagi johillik, qoloqlik yoshlar,
umuman millat fojeasiga olib kelinayotganligi koʻproq ota-onalarning johilliklari,
farzandlarining his-tuygʻulari bilan hisoblashmasligi kabi holatlar sabab ekanligi
orqali koʻrsatib berishga urunildi. Jadidlar oʻzbek adabiyotiga yangicha qarash olib
kirishdi. Ungacha, yuqorida koʻrganimizdek, ota-onaning salbiy tomonlari, deyarli,
koʻrsatilmagan, har qanday vaziyatda ham ota onaning soʻzidan chiqmaslik, ular
faqat farzandlarining baxtini oʻylashi kabi pand-nasihat koʻrinishidagi asarlar
27
Бобурнома: [Ўрта-ёшдаги мактаб болалари учун] /[ нашрга тайёрловчи П. Шамсиев; Муҳаррир А. Ўктам ].
- Т .: Юлдузча, 1989 – 368 б.
27
mavjud edi. Jadidchilik adabiyotida esa reallik aks eta boshladi. Unda yoshlarning
huquqsizligi, jamiyatda yosh avlodning fojeasiga kattalar sabab boʻlayotganligi
yoritildi. Jadid adabiyotining yirik namoyandalari Behbudiy, Avloniy, Fitrat,
Hamza, A.Qodiriy, Choʻlpon kabilarning asarlarida ma’rifatparvarlik mavzusi
otalar va bolalarning turli aspektdagi munosabatlarida gohida keskin
ziddiyatlarga qorishiq holda aks etganligini koʻramiz.
Bunga misol qilib Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Zaharli hayot, yohud
ishq qurbonlari” tragediyasini keltirishimiz mumkin. Unda bir ota oʻz qizini koʻp
xotinli qari Eshonga uzatmoqchi boʻladi. Yana bir ota esa oʻgʻlining xohish
istaklari bilan hisoblashib oʻtirmay, uning kelajagiga bolta uradi. Asar
qahramonlari Mayramxon va Mahmudxon oʻsha davr va ota-onaning johilligi
qurboniga aylanadi.
Toʻgʻri, bu qasddan boʻlmasada, qaysidir ma’noda farzandlarning fojeasiga
olib kelishi farzandkushlikning ilk koʻrinishlari edi, desak adashmagan boʻlamiz.
Jadidchilar koʻproq millat fojeasini koʻrsatish hamda millatni taraqqiyotga olib
chiqish uchun xatto ota-onalarning johilligini ham tanqid qilib chiqishdi. Ota-ona
naqadar moʻtabar zot boʻlmasin, ularning ham salbiy illatlarini koʻrsata boshlashdi.
Buning yorqin namunalaridan yana biri deb Choʻlponning “Kecha va kunduz”
romanidagi Razzoq soʻfi, A.Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanidagi Oʻzbegoyim,
Behbudiyning “Padarkush” dramasidagi boy obrazlarini koʻrsatishimiz mumkin.
Shu jumladan, jadid adabiyotida oilaviy munosabatlarga haqqoniylik va real koʻz
bilan qarash va yosh avlod misolida Turkistonning kelajagini tasvirlash yuqori
oʻringa chiqdi. Jadidlar ota va bola munosabatlarida tarbiyaning oʻrni juda muhim
ekanligini ta’kidlaydilar.
Shuning uchun ham A.Avloniy oʻz asarida insonlar
tugʻilishdan yomon boʻlib tugʻilmaydilar, ularni muayyan sharoit yomon
qiladi, degan fikrlarni bildiradi. Yuqoridagilar esa mustaqillik davriga kelib
oʻzbek adabiyotida ham oʻz aksini topib, yangi gʻoyalarga ham sababchi boʻldi.
Lekin keying davrlarda “sotsialistik realizm” metodi talablari, kommunistik
partiyaning badiiy adabiyotga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, ijod jarayoniga bevosita
28
aralashuvi, buyruqbozlik va koʻrsatmalar adabiyot va san’at asarlarining
hayotiyligiga salbiy ta’sir koʻrsatdi, qahramonlarni milliy zamindan ayirdi.
Eng yomoni, oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasini buzdi. Adabiyotda
sohtalik va yana bir tomonlama qarash vujudga keldi. Shu boisdan otalar va
bolalar muammosi ham uzoq vaqtgacha “kommunistik axloq normalari”
asosida hal etilganligini aytish oʻrinlidir.
28
“
Oʻtgan asrning 20-30- va 40-yillarida adabiyotning asosiy e’tibori
sotsializmning shonli yurishi, xalq xoʻjaligini industrlashtirish, qishloq
xoʻjaligini kollektivlashtirish, xotin-qizlar ozodligini tarannum etish, urushda
sovet hukumatining gʻalabasini kuylash boʻlganidan otalar sinfiy dushman
sifatida qoralandi. Otalar izidan bormay, ularning ishlarini davom ettirmay,
yangicha yoʻldan yurgan yoshlar asosiy qahramon qilib olindi. Natijada
oʻzbeklarning ham oʻziga xos Pavlik Morozovlari yetishib chiqdi”.
29
Haqiqiy
millatiga sodiq ijodkorlarimiz esa bu mavzuda sukut saqlashga majbur edilar.
Hozirgi davr adabiyoti ham ogʻzaki va mumtoz adabiyot unsurlarini saqlab
qolgan boʻlsa-da, ota va farzand munosabatlariga reallik va haqqoniylik tomonidan
yondashilmoqda.
Dastlabki xulosamiz shu boʻldiki, oʻzbek adabiyotida ota va bola
munosabatlari dastlab xalq ogʻzaki ijodida oʻz aksini topadi. Ularda, asosan, dono
va mard otalar hamda ota oʻgitlariga amal qilib kamolga erishgan farzandlar tasviri
ifodalanadi. Biroq, asrlar oʻtib, insoniyat tafakkurida roʻy bergan oʻzgarishlar,
jamiyat taraqqiyoti natijasida bu munosabat oʻzgarib borgan. Mumtoz
adabiyotda ham shu an’analar qaysidir ma’noda davom etganligini koʻramiz. Jadid
adabiyotiga kelib bu munosabatlar aks etgan asarlarda tub oʻzgarishlar sodir
boʻlganini koʻrishimiz mumkin. Keyingi davr adabiyotida oʻtgan asrning 70-
yillariga qadar ota va bola munosabatlari ham sovet mafkurasining yoʻrigʻiga
yurgan boʻlsa-da, Mustaqillik adabiyotida jadid adabiyotidagi gʻoyalarni davom
28
Кийикбоев Ф. Ўзбек насрида оталар ва болалар муаммоси: генезиси реалистик талқини(1970 2000):
Филол. фан. номзоди ... дисс. автореф. – Тошкент, 2011.
29
Кийикбоев Ф. Ўзбек насрида оталар ва болалар муаммоси: генезиси реалистик талқини(1970 2000):
Филол. фан. номзоди ... дисс. автореф. – Тошкент, 2011.
29
ettirgan holda unga haqqoniy tus berila boshlandi. Eng asosiysi Sharq, xususan,
oʻzbek adabiyotida otalar va bolalar munosabati milliy an’analarga xos tarzda
tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |