Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

  

 

 

 

 

 

 

 

 


                                                                                      

                                                                                    19 

 

1.2.  Oʻzbek adabiyotida ota va farzand masalasi 

Barcha    musulmon    xalqlari    kabi  oʻzbeklarda  ham  oilaviy    munosabatlar  

tizimi,  shu  jumladan,    ota-ona    va    farzandlar    oʻrtasidagi    munosabatlar    hamda  

farzand    tarbiyasi  an’analari,    asosan,    islom    e’tiqodi    negizida    shakllantirilgan.  

Islom  e’tiqodining  asosiy  manbalari   –  Qur’oni  karim  va   hadisi  shariflarda  

jamiyatda    kishilar    oʻrtasidagi  munosabatlar,    oilaviy    –    maishiy  

munosabatlarning    shunday    murakkab    va  takomillashgan    dasturi    ishlab  

chiqilgan    boʻlib,    uning    mazmun-mohiyati    barkamol  insonni    tarbiyalashdan  

iboratdir. Otalar va bolalar munosabati oʻzbek adabiyotida ham turli koʻrinishlarda 

aks  etadi.

 

Demak,    bugungi    adabiyotda    mavjud    boʻlgan    otalar    va    bolalar  



muammosining  ildizlari  xalq    ogʻzaki  ijodining    turli    janrlari,    qadimgi    miflar,  

afsona  va  rivoyatlar hamda mumtoz  adabiy  merosga  borib  taqaladi.  Shu  bilan  

birga,  adabiy-madaniy   aloqalar ta’sirida   muammoning  badiiy  talqiniga  jahon  

adabiyoti  namunalarining  ham  ta’siri boʻlgan va boʻlaveradi.  

Oʻzbek    xalq    ertaklari    orasida    ham    donishmand    otalar,    ota    niyatini  

amalga    oshirib,  murod-maqsadlariga  yetgan    oqil    farzandlar,    ota    vasiyatlari,  

oʻgit    va    nasihatlariga    amal  qilmay    rasvoyi    olam    boʻlgan    noshud    oʻgʻillar,  

otalari  bir,  lekin  boshqa-boshqa onalardan tugʻilgan  farzandlarning  yoki  bir  ota,  

bir  onadan    yaralgan  zurriyotlarning    bir  birlariga  va  oʻz  ota-onalariga  turlicha 

boʻlgan munosabatlari aks etgan ibratli namunalar koʻp  uchraydi.  Ertaklarda  ota-

ona  va  farzandlar  munosabati  masalasi  yaqqol  koʻzga tashlanadi.  Koʻpchilik  

ertaklarda  bosh  qahramon  xulq-atvorining  qanday    boʻlishi  sababi  u    qanday  

oilada    tarbiya    koʻrgani    bilan    izohlash    mumkin.    Erka-tantiq    boʻlib 

tarbiyalangan  farzandning  voyaga  yetgach,  oʻz  ota-onasiga  ham  pand  berishi  

yoki  taqdiridagi    qiyinchilik    va    kulfatlarga    duch    kelishi,    ota-onaning    yuzini  

yerga  qaratishi, kambagʻal,  lekin  halol  ota-onaning  farzandlari  ulgʻaygach  esa  

ularni    toʻrga    olib  chiqishi,    orzu-maqsadlariga  yetkazishi    kabi    gʻoyalar    ochib  

beriladi.  Ana shunday  oʻzbek xalq ertaklaridan biri “Uch ogʻa-ini botirlar”

13

 dir. 


                                                           

13

 Ўзбек халқ эртаклари. Зумрад ва Қиммат. – Т.: Ўзбекистон, 1990. – Б. 163-171 




                                                                                      

                                                                                    20 

 

Bu  ertakda  ham  otaning  oʻgʻillariga  boʻlgan  iliq  munosabati,  muhabbatini,  ham 



oʻgʻillarning otaga boʻlgan hurmat va sadoqatini koʻrishimiz mumkin. 

Ertakdagi  ota  oʻgʻillariga  shunday  nasihat  qiladi: “Toʻgʻri  boʻlinglar  –  

bexavotir  boʻlasiz,    maqtanchoq    boʻlmang  -  xijolat    tortmaysiz,    dangasa  

boʻlmang  –  baxtsiz boʻlmaysiz”.  Ota  nasihati  tufayli  farzandlar  yuksak  axloqli,  

mustahkam    irodali,  qoʻrqmas,    jasur,    bir    -    biriga    mehr    -    shafqatli    boʻlib  

ulgʻaygan.  Botirlarning  ertak syujetidagi  harakatlari,  munosabatlarida  axloq  va  

odobning    yuksak    namunasini    koʻrish  mumkin.    Ular  bir  ota,    bir  onaning  

farzandlari,  bir    manzil  tomon  birga  safarga  chiqadilar  va    murod-maqsadlariga  

yetadilar.    Aksincha,    “Bulbuligoʻyo”

14

 ertagida    esa    uch    ogʻa-inilarning    oʻz  



otalariga    boʻlgan    munosabatlari,    mehri,    sadoqati,    mas’uliyati    xulqidan,  gap-

soʻzi-yu,  xatti-harakatidan anglashilib  turadi. Bu  ertakda ham  xuddi “Uch ogʻa-

ini  botirlar”dagi  singari  uch  aka  -  uka    ota  topshirigʻini  bajarish  uchun  safarga 

chiqadilar. Ammo yomon xulqlari sababli maqsadlariga yetolmaydilar. 

Xalq ogʻzaki ijodi namunalridan otalar  va  bolalar  oʻrtasidagi  munosabatlar  

“Goʻroʻgʻli”  turkumi,  “Alpomish”, “Ravshanxon” dostonlarida  ham,  rivoyatlar,  

afsonalar,  ogʻzaki  hikoyalar  singari  folklor  janrlarida ham  oʻziga  xos  milliy  

koʻrinishlarda  namoyon  boʻladi.  Bularning  barchasi  xalqimiz  oʻz hayotida  roʻy  

berayotgan,    yoki    berishi    mumkin    boʻlgan    turli-tuman    muammolarni    xalq 

ogʻzaki  ijodi  namunalarida  aks  ettirib,  avlodlarni  ogohlantirganligini    koʻrsatadi. 

Biz bu dostonlar ichida ota-bola munosabati oʻzgacha talqin etilgan “Ravshanxon” 

dostoni  misolida  koʻrib  chiqamiz.  Haqiqiy  oʻzbekona  ruh  ufurib  turgan  bu 

dostonning  oʻziga  xosligi  shundaki,  unda  oila  munosabatlari,  ayniqsa  ota  va  bola 

munosabatlariga  zamon  va  makon  hech  qanday  ta’sirini  koʻrsatmaydi.  Bu 

munosabatlar samimiy va iliq koʻrinish kasb etadi. 

Ravshanxon  oʻz  baxtini  qidirib,  olis  safarga  otlanadi.  Hasanxon  esa 

oʻgʻlining  ahvolidan  havotir  olib,  uni  bu  yoʻldan  qaytarish  uchun  yoʻlini  toʻsadi. 

Shu payt ota-bola oʻrtasidagi boʻlgan suhbatga e’tibor qaratamiz: 

                                                           

14

 Ўзбек халқ эртаклари. Зумрад ва Қиммат. – Т.: Ўзбекистон, 1990. –Б. 285-296 




                                                                                      

                                                                                    21 

 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish