Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

 

 

Yodingdami qoʻllarimdan tomgan qon, 

 

 

Qalbim qoni, otam qoni, issiq qon? 

 

 

Nega yorilmaydi bu yer, aytinglar, 

 

 

Nimaga yutmaydi meni qa’riga!..(68-b.) 

Sofokl  bu  asarida  taqdir  hukmiga  hech  kim  qarshi  chiqa  olmasligini, 

padarkushning achinarli qismatini oʻsha davr talqinida mohirona ochib beradi. Shu 

oʻrinda bir savol tugʻilishi tabiiy. Axir Edip otasini ataylab, bila turib  oʻldirmadi-

ku?  Nima  boʻlsa  ham,  uning  qoʻli  oʻz  padarining  qoniga  belandi.  U  bilib 

oʻldiradimi, yoki bilmay, baribir, padarkush boʻlib qolaveradi.  

Xuddi    shunga  oʻxshash    gʻoya    va    obraz  Sharq  adabiyotining  ulugʻ 

namoyondalaridan  Abulqosim  Firdavsiyning  “Shohnoma”  dostonida  ham  badiiy 

ifodasini  topadi.  Toʻrt  ming  yillik  tarixni  oʻz  ichiga  olgan  ushbu  dostonda  juda 

koʻp shohlar va shahzodalar oʻrtasidagi munosabatlar turli , samimiylik va sadoqat 

yoki ziddiyatli va keskin holatlarda  aks etadi.  Biz ulardan Zahhok va uning taqdiri 

bayon  etilgan  oʻrinlarga  toʻxtalib  oʻtamiz.  Dostonda    Nayzadorlar  choʻli  unga 

makon  boʻlgan  Mardos  ismli  shoh  haqida  gap  boradi.  U  juda  xalqparvar, 

adolatpesha  shoh  boʻlib,  nochorlarga  ehson  va  yaxshilik  qilishni  kasb  etgan  edi.  

“tagi toza, oʻzi koʻp yaxshi kishi” boʻlgan hukmdor Mardosning yakka-yu yolgʻiz 

oʻgʻli Zahhok esa otasiga oʻxshamaydi: 

                                                           

33

 Софокл. Шоҳ Эдип. – Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,  1979 – 44-б 



 


                                                                                      

                                                                                    33 

 

 

 

Bir oʻgʻli bor edi, misoli zahra 

 

 

Mehru muhabbatdan dili bebahra. 

 

 

 

Dunyo izlar edi nomi ham Zahhok 

 

 

Dadil va yengiltak edi koʻp nopok.

34

  

Bu  nopoklikning  ildizi  Zahhokning  ona  tomonidan  iblisga  mansubligi 



hamda tarbiyaviy-axloqiy tomondan zaifligiga borib taqaladi. Shuning uchun ham 

Zahhok  iblisning  gapiga  osongina  quloq  tutadi  va  oʻzi  bilmagan  holda  uning 

asiriga aylanadi. 

 

 

Bir kuni pok niyat bir insonsifat, 

 

 

Dargohiga keldi iblis – kasofat. 

 

 

 

Oʻspirin dilini toydirdi yoʻldin, 

 

 

Soʻz bilan boshini aylantirdi jin. 

 

 

 

Iblis soʻzi unga juda xush yoqdi, 

 

 

Kir niyatin bilmay, mehr ila boqdi.(71-b.) 

Zahhokning  ishonchiga  kirib  olgan  iblis  uni  jirkanch  ishlar  qilishga  unday 

boshladi. Eng avvalo, otasini oʻldirib taxtni egallashini aytib, avraydi: 

 

 

Iblis der: “Ey nomdor, oqil pahlavon, 

 

 

Ne uchun taxt uzra boshqa bir inson? 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish