Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

muhabbat  telbalik  darajasiga  yetdi.  Xotinining  oʻlimi  tufayli  chuqur  iztirobga 

mahkum  etilgan  qaynoq  muhabbatini  u  farzandlariga  qaratdi.  Qizlari  ham 

dastlabki paytlarda ota muhabbatiga muhabbat bilan javob berib yurdilar”. 

Ushbu  parchada  koʻrinadiki,  jonidan  ortiq  koʻrgan  xotini  favot  etgandan 

soʻng  ota  barcha  mehr-muhabbatini  ikkalalarining  muhabbat  mevasi  boʻlgan  ikki 

qizi,  Anastazi  va  Delfinaga  bahshida  etadi.  Keksa  avlod  vakili  boʻlgan  Gorioda 

oʻzining  taqdiri  ikkinchi  darajaga  tushadi.  Uning  qizlari  uchun  hamma  narsaga 

tayyor ekanliklarini quyidagi parchada guvohi boʻlamiz: 



“Ikkala  qizining  tarbiyasi  juda  bemani  olib  borilgani  oʻz-oʻzidan  ma’lum. 

Yiliga  oltmish  ming  frank  daromad  qilishiga  qaramay,Gorio  oʻziga  bir  ming  ikki 

yuz  frank  ham  sarflamasdi,  lekin  qizlarining  har  bir  istagini  joyiga  yetkazishni 

baxt  deb  bilardi:  qizlariga  eng  yaxshi  murabbiylar  hamma  sohadan  saboq 

berishardi; qizlarni  kompanonka  nazorat qilib turardi, bularning baxtidan boʻlib, 

u aqlli va didli xotin edi. Qizlar ot minib sayrga chiqishar, oʻz aravalari bor edi – 

qisqasi,  ilgarigi  vaqtlarda  biror  qari,  badavlat  amaldorning  mahbubasi  qanday 

dabdaba bilan kun kechirgan boʻlsa, qizlar ham shunday yashashardi; ular nimani 

xohlashsa,  u  buyum  qanchalik  qimmat  turishiga  qaramay,  ota  ularning  istagini 

bajo  keltirishga  oshiqar,  bu  qilgan  ishi  evaziga  qizlaridan  faqat  shirin  soʻz  va 

mehr  kutardi.  Bechora,  qizlarini  farishtalar  bilan  tenglashtirib,  bu  qilmishi  bilan 

qizlarini  oʻzidan  ham  yuqoriga  qoʻyar;  uning  uchun  xatto  qizlarining  qilgan 

yomonliklari ham aziz edi”.

9

 

Muallif  tili  bilan  aytilgan  “Ikkala  qizining  tarbiyasi  juda  bemani  olib 



borilgani oʻz-oʻzidan ma’lum” degan jumlalarga e’tiborimizni qaratsak. oʻsha davr 

tarbiyasi  shuni  taqazo  etardi.  Ota-onaning  asosiy  yutugʻi  farzandlarini  jamiyatga 

                                                           

9

 Оноре Балзак. “Горио ота” Т.: -  Ғофур Ғулом номидаги Бадиий адабиёт нашриёти, 1968- йил 296 б. 




                                                                                      

                                                                                    15 

 

qoʻsha olish edi. Bu jamiyatda esa dabdababozlik va manfaatparastlik avj olgan edi. 



Xatto inson taqdirini ham pul hal qilardi.  Gorio ota ham oʻzining yillar davomida 

misqollab  yigʻgan  boyligini  farzandlarining  xursandchiligi  hamda  lahzalik  baxti 

uchun ayamay sarflaydi. Ulardan esa arzimagan shirin soʻz va mehr kutadi, xolos. 

Lekin  qizlari  shu  arzimagan  narsani  bera  olishdimi?  Ha,  bera  olishdi,  ammo 

oʻzlarining  manfaati  uchun,  otasidan  biror  narsa  undirish  uchun.    “Beli 

ogʻimaganning  non  yeyishini  koʻr”  deganlaridek  uning  qizlari  otasidan  olgan 

pullarni  koʻngil  xushliklari,  qimmatbaho  taqinchoqlar  va  shohona  hayot  uchun 

sarflashdi.  Gorio  ota  oʻlimi  oldidan  xatto  kafanlikka  ham  puli  qolmaganiga 

qaramay,  oʻshanda  ham  qizlarining  muammolarini  hal  qilish uchun    oʻgʻirlik  qilib 

boʻlsa-da,  pul  topib  berishga  tayyor  ekanligini  koʻramiz.  Ular  shuncha  yil  mehr-

muhabbatini,  bor-yoʻgʻini,  xatto  jonini  ham  ayamagan  otasiga  ehtiyojlarini 

qondiruvchi pul manbai sifatida qarashardi. 

Oʻsha  davr  ijtimoiy  hayotidagi  kapitalist  va  burjua  oʻrtasidagi  farqlar, 

odamlarning  manfaatparastlik  va  shon  shuhratga  berilib  ketganligi,  bu  yoʻlda  eng 

ezgu  tuygʻulardan  ham  voz  kechib,  faqat  fikr-u  xayoli  boylik  orttirish  boʻlib 

qolganini,  oilasidagilar  qashshoq  hayot  kechirishiga  qaramay,  odamlar  qarzga 

botib  boʻlsa  ham,  boshqalarning  e’tiboriga  tushish  uchun  har  xil  ball  va 

dabdabalarga  berilib  ketganini  Balzak  shu  asarida  yana  boshqa  qahramomlar 

misolida ham ochib beradi.  

Gorio  oʻlim  toʻshagida  yotib,  qizlarini  soʻnggi  bor  koʻrishni  xohlaydi  va 

tutingan  oʻgʻli  Ejendan  ularga  xabar  berishini  iltimos  qiladi. Ejen  Gorioning  katta 

qizi  Anastazining  oldiga  borib,  shu  xabarni  yetkazganida  u  oʻzining  katta 

muammolari  bilan  band  ekanini,  shu  sabab  bora  olmasligini,  otasiga  aytsa,  otasi 

uni tushunishini aytadi. 




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish