1.1. Jahon adabiyotidagi otalar va bolalar munosabatlariga
bagʻishlangan asarlarning umumiy tavsifi
B
adiiy adabiyotda insonlarning jamiyatdagi oʻzaro munosabatlari, xususan,
oila, otalar va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlar haqida va oʻsha
munosabatlarning turli koʻrinishlari, farzandlari oldida oʻz otalik burchini unutgan
otalar, farzandlik sadoqati, burchidan yiroq boʻlgan farzandlar yoki otalar va
bolalar oʻrtasidagi iliq munosabatlar, farzandlari oldidagi ma’naviy burchiga chin
dildan yondashgan otalar, otalarining nasihatlari va oʻgitlariga amal qilib
kamolga erishgan avlodlar taqdiri aks etgan asarlar juda qadimdan beri yaratib
kelinadi. Koʻplab xalq folklorlari, qadimgi Yunon va Rim afsonalariga , xususan,
antik davr adabiyotiga nazar tashlaydigan boʻlsak, yuqorida ta’kidlab oʻtgan
holatlarga guvoh boʻlishimiz mumkin.
Jahon adabiyotidagi otalar va bolalar munosabatining ilk koʻrinishlari antik
davr adabiyotida oʻz aksini topadi. Otaning farzandiga boʻlgan muhabbati ilk
adabiyot namunalaridan Gomerning “Illiada” dostonidayoq ifodalanadi unda
otaning farzandiga boʻlgan muhabbati juda ta’sirli tarzda yoritib berilgan.
Asarda oʻzining tutingan ukasi Patroklni oʻldirgan Hektordan qasd olish
uchun Axiles Troya saroyiga boradi va Troya shaxzodasi Hektorni yakkama-yakka
olishuvga chaqirib, uni magʻlub etadi. Uning jasadini esa xoʻrlab, itlarga yem
qilish maqsadida oʻzlarining qarorgohiga sudrab ketadi. Shundan soʻng Troya
shohi Priam ikki davlat oʻrtasida qattiq jang ketayotgan boʻlsa ham, farzandining
jasadini dushman qoʻlida xor qildirmaslik uchun oʻlimni boʻyniga olib, dushman
qarorgohiga borishi, Axilesga juda katta tovon toʻlab, Hektorning jasadini dafn
qilish uchun qaytarib olib kelishi, oʻzi Troyaning podshohi boʻlishiga qaramay,
dushmani boʻlgan Axilesning oldida oʻgʻlini qaytarib berishini soʻrab yigʻlashi,
mard otaning farzandiga boʻlgan muhabbati qanchalik kuchli ekanini koʻrsatib
bersa, Axilesni Priamning gaplaridan ta’sirlanib, oʻz otasini eslab koʻz yosh
10
toʻkishi va unga oʻgʻlini qaytarib berib, oʻn uch kun urush qilmaslikka vada berishi
yaxshi tarbiya koʻrgan farzandning otaga boʻlgan hurmat va sadoqatini koʻrsatadi.
Bularga dostonni oʻqish davomida guvoh boʻlishimiz mumkin. Asarda
Priamning farzandining hech boʻlmasa jasadini olib kelishda hech narsadan
qaytmasligi quyidagicha hikoya qilinadi: “…Priam shu zahotiyoq oʻrnidan turdi
va oʻgʻillariga sovgʻayu tortiqlar uchun oyoq-ulov va mahodani tayyorlashni amr
etarkan, saroyga yoʻl oldi. Saroyga kirayotib Priyam oʻzining keksayib, munkillab
qolgan xotini Hekubani chaqirib, unga yunonlar qarorgohiga bormoqchi ekanini
bayon etdi. Hekuba qoʻrqib ketdi. U eriga koʻra-bila turib oʻlimga bormagin deya
yalinardi. Lekin Priam unga Olimp sohib xudolar irodasiga boʻyin egib, Axill
xuzuriga borayapman deya yupatmoqda edi. Priam eng yaxshi sovgʻalarni tanladi
va yoʻlga ravona boʻlish tadorigini koʻra boshladi. Priam mahodaga oʻtirarkan
otlarini haydab ketdi. Mahodadan oldingi aravaga xachirlar qoʻshilgan boʻlib,
Do'stlaringiz bilan baham: |