I. Bir so‘z turkumining turli ma’no turlarini yasashga xizmat
qiluvchi polisemantik qo‘shimchalar asosan ot so‘z turkumida
uchraydi. Masalan:
-lik ot yasovchisi:
1.Tug‘ishganlik, qarindoshlik nomlariga (ota, ona, aka, amma kabi
so‘zlarga) qo‘shilib, asosdan anglashilgan qarindoshlik(tug‘ishganlik)
munosabatini bildiruvchi ot yasaydi: otalik, onalik, akalik, ukalik,
ammalik kabi.
2.Kishi hayoti (umri)ning ma’lum belgi-xususiyatlari bilan
xarakterlanuvchi davrini (bosqichini) bildiradigan so‘zlardan ot
yasaydi: bolalik, yoshlik o‘smirlik, yigitlik, kuyovlik, keksalik kabi.
3.Asosdan anglashilgan amal, unvon nomini bildiruvchi ot yasaydi:
prezidentlik, direktorlik, mudirlik, laborantlik kabi
4.Kasb egasini bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, kasb-hunarni
bildiruvchi ot yasaydi: rassomlik, aktyorlik, savdogarlik, hammollik.
5.Sifat va ravishlarga qo‘shilib, belgini bildiruvchi ot yasaydi:
qizillik, semizlik, xursandlik, aniqlik, mardlik, mustaqillik, saxiylik
kabilar.
11
6.O‘rin-joy oti yasovchi: jarlik, tepalik, botqoqlik.
7. Narsa oti yasovchi: darslik.
-ma ot yasovchisi narsa oti yasovchi sifatida:
1.Fe’ldan anglashilgan ish-harakat uchun mo‘ljallangan, shunga
belgilangan narsani bildiruvchi otlar yasaydi: qoplama, tirkama,
yo‘qlama.
2.Fe’ldan anglashilgan ish-harakat natijasida yuzaga keladigan,
uning mahsuli sifatidagi narsani bildiruvchi otlar: qatlama, cho‘zma,
suzma (ovqat nomlari), qorishma, qurilma, eritma, cho‘kma.
3.Fe’ldan anglashilgan ish-harakat bilan belgilanuvchi, shunday
harakat tarzida yuz beruvchi va nomlanuvchi narsani bildiruvchi otlar:
isitma, terlama, qichima (kasallik nomlari), tortma, buyurtma.
4.Fe’ldan anglashilgan ish-harakatning nomini bildiruvchi otlar:
boshlama,o‘xshatma, eslatma, boshqotirma.
5. Otishma, yozishma so‘zlari esa umuman otish, yozish ma’nosini
emas, balki o‘zaro otishish, yozishish ma’nolarini anglatadi.
6. O‘rin-joy otlari yasaydi: bostirma, pistirma.
Fe’l yasovchi qo‘shimchalar ichida eng faoli va ko‘p ma’nolilik
xususiyatiga ega affiks -la affiksidir. -la fe’l yasovchi affiks:
1.Asbob-qurol
bildiruvchi
so‘zlarga
qo‘shilib,
asosdan
anglashilgan asbob-qurol bilan bajariladigan ishni qilish ma’noli fe’l
yasaydi:
egovlamoq,
arralamoq,
randalamoq,
molalamoq,
dazmollamoq.
2. So‘z yasalish asosidan anglashilgan narsa bilan ta’minlash,
shunga ega qilish ma’noli fe’llar yasaydi: moylamoq, mumlamoq,
asfaltlamoq kabi.
3.Predmetning so‘z yasalish asosidan (bunda yasalish asosi kishi
tana a’zolarini bildiruvchi so‘zlar) anglashilgan joy, holatga olish
ma’noli fe’llar yasaydi: orqalamoq, yelkalamoq, quchoqlamoq,
changallamoq.
4.Narsa-predmetdan so‘z yasalish asosi anglatgan narsani yuzaga
keltirish, hosil qilish ma’noli fe’llar yasaydi: buklamoq, burdalamoq,
zuvalalamoq.
5. So‘z yasalish asosidan anglashilgan narsani, ish-harakatni qilish,
bajarish, yuzaga keltirish ma’noli fe’llar yasaydi: davolamoq,
yakunlamoq, jazolamoq, hisoblamoq, yaganalamoq.
12
6.Shaxs yoki predmetda so‘z yasalish asosi anglatgan narsani
yuzaga keltirish, paydo bo‘lish ma’noli fe’llar yasaydi: gullamoq,
boshoqlamoq, ko‘saklamoq, shoxlamoq, terlamoq.
7. Joy, makon, shuningdek, narsaning yo‘nalishi, joylashish
o‘rnini, tomonini bildiruvchi so‘zlardan shaxs yoki predmetning shu
o‘rin, tomonga bo‘lgan, shu obyektdagi harakatini, yo‘nalishini
bildiruvchi fe’llar yasaydi: balandlamoq, pastlamoq, ichkarilamoq,
olislamoq.
8.Shaxs yoki predmetning so‘z yasalish asosidan anglashilgan
narsa, holat, vaqt va shu kabilarda bo‘lish ma’noli fe’llar yasaydi :
salqinlamoq, tomoshalamoq,o‘tlamoq, donlamoq.
- lan fe’l yasovchisi:
1.Shaxs, narsa- predmetda so‘z yasalish asosidan anglashilgan
narsa, holat va shu kabilarning yuz berishi, unda shunday narsa,
holatning paydo bo‘lishi ma’noli fe’l yasaydi: rohatlanmoq,
odatlanmoq,
sarosimalanmoq,
tashvishlanmoq,
shubhalanmoq,
qanoatlanmoq;
2.Shaxs, narsa –predmetning so‘z yasalish asosi anglatgan ish,
narsani
qilish
ma’nosidagi
fe’llar
yasaydi:
harakatlanmoq,
himoyalanmoq, mudofaalanmoq, ovqatlanmoq;
3.So‘z yasalish asosi bildirgan narsa-predmetga o‘zini ega qilish (u
bilan ta’min etish) ma’noli fe’llar yasaydi: qurollanmoq, yarog‘lanmoq,
otlanmoq;
- lash fe’l yasovchisi:
1. Otlardan yasalgan fe’llar so‘z yasalish asosidan anglashilgan
narsa, ish-harakatni qilish ma’nosini bildiradi: musobaqalashmoq,
maslahatlashmoq, hazillashmoq.
2. Muomalada qo‘llanadigan salom, xayr kabi sanoqli undovlardan
-lash affiksi yordamida shu so‘z (asos)dan anglashilgan so‘z
(muomala), ishni qilish(aytish) ma’nosidagi fe’llar yasaydi:
salomlashmoq, xayrlashmoq, esonlashmoq;
Do'stlaringiz bilan baham: |