Филологические науки: состояние, перспективы, новые



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/115
Sana23.02.2022
Hajmi3,3 Mb.
#159044
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
Bog'liq
filologicheskie nauki sostoyanie perspektivy novye paradigmy issledovaniy

Sh.M. Muhammadaliyeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 
Toshkent, O‘zbekiston 
Ilmiy rahbar: N. Sh. Ahmedova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, 
filologiya fanlari nomzodi, Toshkent, O‘zbekiston 
O‘ZBEK TILIDA FE’LLAR ORQALI
PRESUPPOZITSIYANING IFODALANISHI
 
Hozirda tilshunoslarning e’tiborini tortayotgan pragmatika 
yo’nalishining asosiy tushunchalaridan biri presuppozitsiyadir.
Presuppozitsiya termini lotincha sub-osti, tagi va ponere-
joylashtirmoq, joylashmoq kabi so‘zlardan olingan bo‘lib, asosga, 
o‘zakka joylashtirmoq ma’nolarini ifodalaydi. Presuppozitsiya 
hodisasining o‘rganilish tarixi nemis mantiqshunos faylasufi G.Frege 
nomi bilan bog‘liq [6, 11]. Presuppozitsiya atamasi ostida “Gapda 
ifodalangan hukmning tabiiy asosi” (G.Frege), “Bilishning umumiy 
xazinasi” 
(N.D.Arutyunova), 
“Oldindan 
bilishning 
jami” 
(G.V.Paducheva) kabi ma’nolar tushunilib, u gapning sintaktik uzvlari 
orqali nutqiy vaziyat, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi shartnomaviy 
munosabat (so‘zlovchi va tinglovchining yoshi, kasbi, millati, yashash 
tarzi, umumiy bilish xazinasi), til ko‘nikmasi yordamida 
anglashiladigan qo‘shimcha yoki yashirin axborotga nisbatan 
ishlatilmoqda. Presuppozitsiya gapda ishtirok etayotgan bo‘laklar orqali 
ifodalangan ma’no emas, balki zohiriy ma’no ostidagi qo‘shimcha - 
botiniy ma’no. U ekstralingvistik (psixologik, sotsiologik, prosodik, 
paralingvistik, geografik, etnik) asoslar yoki lisoniy “fonetik, leksik, 
morfemik, morfologik sintaktik” birliklarning ishorasi orqali 
anglashiladi.
Presuppozitsiyaning til sathidagi ahamiyati tilning mohiyatini 
belgilaydigan tejamlilik tamoyillari bilan belgilanadi. Presuppozitsiya 
hodisasi, hammaga ma’lumki, dastlab falsafa fani tarkibida, so‘ng 


22 
mantiq ilmida o‘rganilgan. Keyinchalik esa tilshunoslik sohasiga 
ko‘chgan va shu sohalar tarkibida o‘rganilgan va hozirgacha o‘rganilib 
kelinayotgan hodisa sanaladi. Presuppozitsiya jahon tilshunosligida, 
asosan, semantik sintaksis doirasida o‘rganilgan va mazmuniy 
sintaksisning dolzarb masalalaridan biri sifatida baholangan. Mazkur 
hodisaning 
o‘zbek 
tilshunosligidagi 
tadqiqi 
N.Mahmudov, 
A.Nurmonov, D.Lutfullayeva va ularning shogirdlari faoliyati bilan 
bog‘liq. Presuppozitsiya semantik sintaksis tushunchasi bo‘lishiga 
qaramay diskurs nazariyasi va diskursiv tahlilda alohida ahamiyatga 
ega. Bu atama tilimizdagi tagma’no, ya’ni yuzada berilmagan, lekin 
tinglovchi tushunishi, anglashi ko‘zlangan maqsad va ifoda bilan uzviy 
bog‘liq tushunchadir. Shuning uchun u tinglovchi farosati – yuzada bir 
narsani ko‘rib turgani holda uning ostida nima yotganligini uqishi, 
ilg‘ay olishi bilan bog‘liq. Bu ma’no va maqsadni xalqimiz yana 
“Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” hikmatli so‘zi bilan ham 
ifodalaydi. So‘zlovchi obyektiv voqelik haqidagi muayyan axborotni
gapda ochiq ifoda etishni xohlamaganda presuppozitsiyaga yo‘l 
ochiladi.
Ma’lumki, presuppozitsiya ifodalovchi birliklarga leksik, 
morfemik, morfologik va sintaktik vositalar kiradi. Bu vositalarning 
ayrimlari o‘zbek tilshunosligida atroflicha o‘rganilgan. Biz ushbu 
maqolada 
harakat-holat 
ma’noli fe’l turkumidagi so`zlarning 
presuppozitsiya ifodalashiga e’tibor qaratamiz.
Binobarin, Akbar chekishni tashladi (a), U dod-voy qila boshladi 
(b), Guli yana ketib qoldi (v) gaplari orqali “Akbar chekar edi” (a), 
Ilgari u dod-voy qilmas edi” (b), Guli oldin ham ketib qolgan edi” (v) 
presuppozitsiyalari ifodalangan bo‘lib, bu presuppozitsiyalarga 
gaplardagi tashlamoq, boshlamoq, yana lug‘aviy birliklari yo‘l ochgan. 
Quyidagi so‘roq gaplarda ham presuppozitsiya namoyon bo‘ladi: 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish