Филологические науки: состояние, перспективы, новые



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/115
Sana23.02.2022
Hajmi3,3 Mb.
#159044
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Bog'liq
filologicheskie nauki sostoyanie perspektivy novye paradigmy issledovaniy

Sh. Haydarova, 
 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, 
Toshkent, O‘zbekistan 
Ilmiy rahbar: N.Sh. Ahmedova, 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, 
filologiya fanlari nomzodi, Toshkent, O‘zbekistan 
 
OLTIN O‘RDA VA XUROSON ADABIYOTIDA
ARAB TILINING TUTGAN O‘RNI 
 (Sayfi Saroyi va Alisher Navoiy asarlari misolida)
Til va adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Har bir 
xalqning madaniyati, ma’naviyati, tamadduni bevosita shu xalqning tili 
hamda adabiyoti bilan bog‘liq. Muayyan xalqning milliy merosi bo‘lgan 
asarlardagi ma’no-mazmunni anglash uchun, avvalo, asarning til 
xususiyatlari hamda ijtimoiy muhit ta’siriga e’tibor qaratish lozim.
Ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda 
borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oynayi hayoti til va adabiyotidur”, deya 
ta’kidlagan [2, 78]. Allomaning bunday fikrga kelishi bejiz emas edi. 
Chunki bunga tarixiy asos bor. Tarixda Oltin O‘rda deb nom olgan dav-
lat Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji nomi bilan bog‘liqdir. Bu dav-
latning nomi arab, fors va turkiy manbalarda deyarli uchramaydi. Bu 
nom rus tarixiy manbalaridagina keltirib o‘tiladi, xolos. Ammo bu dav-
latning madaniy hayoti va adabiyoti turkiy xalqlar tarixida alohida 
o‘ringa egadir. Xususan, Oltin O‘rda adabiy muhitida yaratilgan 
Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy”, Mahmud 
ibn Ali as-Saroyining “Nahju-l-farodis”, Rashididdin Fazlulloh 
Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix”, Qutbning “Xusrav va Shirin”, Xo-
razmiyning “Muhabbatnoma” asarlari hamda Sayfi Saroyining 
g‘azallarini sanab o‘tish mumkin. Ular bugungi kunda ham kitobxonlar 
tomonidan sevib mutolaa qilinayotgan asarlar qatoridan joy olganligin-
ing asosiy sababi bu asarlar tilining sodda, ravon va o‘ynoqiligidadir. 


27 
Shuningdek, bu asarlar xorazm tiliga yaqin bo‘lgan o‘g‘uz shevasida 
ekanligi ham ularning xalqqa yaqin bo‘lishini ta’minlagan. 
Mumtoz adabiyotimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Oltin O‘rda va 
Xuroson alohida-alohida hududda joylashgan bo‘lsa ham ularning tili, 
dini va madaniyati bir bo‘lgan turkiy xalqlar yurti edi, shu boisdan 
ulardagi adabiy muhit ham bir-biriga juda yaqin bo‘lgan. Buni qator 
ilmiy manbalar ham tasdiqlaydi. 
Adabiyotshunos Nasimxon Rahmonov “O‘zbek adabiyoti tarixi” 
nomli o‘quv qo‘llanmasida Oltin O‘rda o‘zbek adabiyoti vakillari sifa-
tida Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy, Mahmud ibn Ali as-Saroyi, 
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy, Qutb, Xorazmiy va Sayfi Saroy-
ilarni sanab o‘tadi [6, 554]. Ular yaratgan asarlar tilini o‘rganish jaray-
onida turkiy tilning keng imkoniyatlarga, betakror so‘z boyligiga egali-
giga yana bir bor guvoh bo‘lamiz. Masalan, Sayfi Saroyining ismi 
“qilich” degan ma’noni anglatadi. Shoir bir g‘azalining matla’sida tax-
allusi orqali chiroyli so‘z o‘yinidan foydalanadi. Qilich qinga solingani 
kabi meni ham falak o‘z izmida tutadi degan ma’noni shoir quyidagicha 
turkiy so‘zlar bilan ifodalaydi: 
Bu falak nechun meni doim qara qinda tutar 
Bu otim Sayf o‘ldug‘uchunmu qara qinda tutar.[5,137] 
Baytda qo‘llangan “falak”, “doim”, “Sayf”dan tashqari barcha 
so‘zlar bugungi kun o‘quvchisi uchun tushunarlidir [10,1-3-tomlar, 
636,321]. Shoir turkiy tilning so‘z boyligidan unumli foydalangan holda 
“qin” so‘zini “qilichning qini” hamda “asir” ma’nolarida qo‘llaydi. 
Turkiy tilda mavjud bo‘lgan shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlarni XI 
asrdayoq M.Qoshg‘ariy “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida ilmiy asoslab 
bergan edi.[7,141] 
Xuddi shu kabi so‘z o‘yini Alisher Navoiyda ham uchraydi. 
Navoiy taxallusi “kuy”, “navo”, “navo qiluvchi” ma’nolarini anglatadi 
[10,3-tom7]. Shoir bu ma’nolarni o‘zining “Bo‘ldum sanga” radifli 
g‘azalining maqta’sida shunday keltiradi: 

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish